5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida (O‘RQ-229-son) · Sana: 13.10.2009 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshiradi;
arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish va arxeologiya tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
Arxeologiya ashyolari davlat katalogi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
arxeologiya ashyolarini Arxeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi;
arxeologiya ashyolarini davlatga topshirish hamda ularni fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyish tartibini belgilaydi;
fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyilgan arxeologiya ashyolaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli muassasani (bundan buyon matnda maxsus vakolatli muassasa deb yuritiladi) belgilaydi;
xalqaro arxeologiya tadqiqotlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
