18-modda. Arxeologiya ashyolarini asrash chora-tadbirlari
Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida (O‘RQ-229-son) · Sana: 13.10.2009 · Amalda
Arxeologiya ashyolarini asrash chora-tadbirlari konservatsiyalash, taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlarini oʻz ichiga oladi.
Arxeologiya ashyosini konservatsiyalash — arxeologiya ashyosini mavjud koʻrinishida asrash va uning holati yomonlashuvining oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Arxeologiya ashyosini taʼmirlash — arxeologiya ashyosining tarixiy va estetik qimmatini aniqlash hamda saqlab qolish va uning but saqlanishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Arxeologiya ashyosini rekonstruksiya qilish — butunlay yoki qisman shikastlangan arxeologiya ashyosini tiklash boʻyicha uning saqlanib qolgan asl boʻlaklarini imkon boricha aniqlashtirish maqsadida, biroq kiritilgan toʻldirishlar yaqqol bilinib turadigan tarzda amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Arxeologiya ashyosini konservatsiyalash, taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlari mazkur arxeologiya ashyosi biriktirib qoʻyilgan fan, madaniyat va taʼlim muassasasi maʼmuriyatining qarori asosida amalga oshiriladi.
