12-modda. Arxeologiya ashyolarini davlat hisobiga olish va saqlash
Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida (O‘RQ-229-son) · Sana: 13.10.2009 · Amalda
Arxeologiya ashyolarini davlat hisobiga olishga ularni aniqlash, batafsil tavsifi bilan ularning roʻyxatini tuzish, ilmiy va madaniy qimmatini aniqlash, ilmiy hisobot taqdim etish, arxeologiya ashyolarini Arxeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazish, fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyilgan arxeologiya ashyolarini hisobga olish kiradi.
Arxeologiya ashyolarini saqlash ularning but saqlanishini taʼminlash uchun moddiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.
Fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyilgan arxeologiya ashyolarini hisobga olish va saqlash Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
