“15-modda. Madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi
“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida (O‘RQ-228-son) · Sana: 09.10.2009 · Amalda
Madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi:
madaniy meros obyekti Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritilishini asoslash;
moddiy madaniy meros obyektining toifasini belgilash;
moddiy madaniy meros obyektining toifasi oʻzgartirilishini asoslash;
moddiy madaniy meros obyektini Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarish;
moddiy madaniy meros obyektlari muhofaza tegralari loyihalarining shaharsozlik va loyihalash hujjatlariga, shuningdek moʻljallanayotgan yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik ishlari va boshqa ishlarning moddiy madaniy meros obyektlarini asrash talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etiladi va amalga oshiriladi”;
9) 16-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tarixiy-madaniy ekspertiza obyektlari quyidagilardir:
xoʻjalik jihatidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan yer uchastkalari, agar ularda moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan boʻlsa;
madaniy meros obyektlari Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritilishini asoslovchi materiallar;
moddiy madaniy meros obyektlari Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarilishini asoslovchi materiallar;
moddiy madaniy meros obyektining toifasi belgilanishini yoki oʻzgartirilishini asoslovchi materiallar;
ushbu Qonunda belgilangan hollarda shaharsozlik va loyiha hujjatlari;
moddiy madaniy meros obyektlariga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik ishlari va boshqa ishlarni asoslovchi hujjatlar”;
10) 17-moddaning nomi va birinchi qismidagi “Madaniy meros” degan soʻzlar “Moddiy madaniy meros” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
