Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (PF-3077-son)
20.05.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Xalqaro valyuta fondi bilan imzolangan iqtisodiy va moliyaviy siyosat toʻgʻrisidagi Memorandumga muvofiq hamda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, tashqi iqtisodiy sohada va bank tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida:
2. “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmoni 4-ilovasidagi “6. Quruq sut (Tashqi iqtisodiy faoliyat TN boʻyicha kodi — 0402 10 — 0402 21)”, “7. Choy xom-ashyosi, choy (0902)” va “9. Etil spirti (2207)” satrlari chiqarib tashlansin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 20-may,
PF-3077-son
