Qishloq xoʻjalik korxonalari pul mablagʻlarini “Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlari koʻrsatgan xizmatlari, yetkazib bergan qishloq xoʻjalik texnikalari va ehtiyot qismlar uchun oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1082-1-son)
25.09.2009
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 25-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1082-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-sonli “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 155-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-martdagi 89-sonli “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 158-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2001-yil 2-noyabrdagi 117-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1082, 2001-yil 10-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 21-son) bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjalik korxonalari pul mablagʻlarini “Oʻzagromashservis” uyushmasi MTPlari koʻrsatgan xizmatlari, yetkazib bergan qishloq xoʻjalik texnikalari va ehtiyot qismlar uchun oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-sentabr,
89-son
