Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari toʻgʻrisidagi nizomiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1550-2-son)
19.09.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 19-sentabrda 1550-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 147-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-apreldagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 104-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1550, 2006-yil 6-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil 10-son, 78-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. JABBOROV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-avgust,
802-son
