Qurilish materiallari sanoati xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlarini tasdiqlash haqida (2006-son)
15.09.2009
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 15-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2006]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Qurilish materiallari sanoati xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning Namunaviy meʼyorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 25-avgust,
55-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 25-avgustdagi 55-B-sonli buyrugʻiga ILOVA
Qurilish materiallari sanoati xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning
NAMUNAVIY MEʼYORLARI
Izoh: qurilish materiallarini yer osti va ochiq konlarda qazib olishda “Kon-metallurgiya ishlab chiqarishlari korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning Namunaviy meʼyorlari”dan (roʻyxat raqami 1902, 13-fevral 2009-yil) foydalaniladi.
XVII. Yakuniy qoida
Mazkur Namunaviy meʼyorlar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksionerlik kompaniyasi tomonidan kelishilgan.
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2009-yil 20-avgust
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XOʻJAYEV
2009-yil 20-avgust
“Oʻzqurilishmateriallari” aksionerlik kompaniyasi raisi E. AKRAMOV
2009-yil 20-avgust
