Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasida qurollar, oʻq-dorilar va portlovchi moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Dushanbe, 2008-yil 28-avgust) ratifikatsiya qilish haqida (O‘RQ-219-son)
14.09.2009
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 20-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2009-yil 29-avgustda maʼqullangan
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasida qurollar, oʻq-dorilar va portlovchi moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim (Dushanbe, 2008-yil 28-avgust) quyidagi bildirish va shart bilan ratifikatsiya qilinsin:
1) Bitimning 2-moddasi 2-bandi boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, Oʻzbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona koʻmitasi va Bosh prokuraturasi Bitimni bajarishga masʼul boʻlgan vakolatli organlar etib belgilangan”;
2) Bitimning 3 va 4-moddalari boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi hamkorlikni oʻz milliy qonunchiligiga zid kelmaydigan qismi boʻyicha amalga oshiradi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 14-sentabr,
OʻRQ-219-son
