“227-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 227-moddasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-215-son) · Sana: 08.09.2009 · Amalda
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning qatʼiy hisobidagi hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, shuningdek avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, xuddi shuningdek ularni nobud qilish, ularga shikast yetkazish, ularni yashirish gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan boʻlsa”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 8-sentabr,
OʻRQ-215-son
