Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (2000-son)
30.08.2009
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 30-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2000]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:
1. Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2002-yil 7-iyundagi 2002-10-sonli “Korporativ obligatsiyalarni chiqarish, chiqariluvni davlat roʻyxatiga olish va soʻndirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1158, 2002-yil 10-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 13-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2002-yil 7-iyundagi 2002-11-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari chiqariluvini davlat roʻyxatiga olish va chiqariluvini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1159, 2002-yil 10-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 13-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2003-yil 5-sentabrdagi 2003-17-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari chiqariluvini davlat roʻyxatiga olish va chiqariluvini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1159-1, 2003-yil 12-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 21-22-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2004-yil 10-maydagi 2004-08-sonli “Korporativ obligatsiyalarni chiqarish, chiqariluvni davlat roʻyxatiga olish va soʻndirish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1158-1, 2004-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 21-son, 258-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2005-yil 16-dekabrdagi 2005-17-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari chiqariluvini davlat roʻyxatiga olish va chiqariluvini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1159-2, 2006-yil 20-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 3-son. 21-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2006-yil 6-sentabrdagi 2006-09-sonli “Korporativ obligatsiyalarni chiqarish, chiqariluvni davlat roʻyxatiga olish va soʻndirish tartibi toʻgʻrisida nizomga qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1158-2, 2006-yil 11-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 383-modda).
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-iyul,
2009-40-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 16-iyuldagi 2009-40-son buyrugʻiga ILOVA
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni (bundan buyon matnda qimmatli qogʻozlar deb yuritiladi) chiqarish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Mazkur Qoidalar talablari davlat qimmatli qogʻozlariga tatbiq qilinmaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
aksiya — oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻoz;
aksiyalarni birlamchi chiqarish — aksiyadorlik jamiyatining muassislari orasida joylashtiriladigan aksiyalarning paydo boʻlishiga qaratilgan harakatlari;
aksiyalarni qoʻshimcha chiqarish — aksiyadorlik jamiyatining birlamchi chiqarilgan aksiyalar joylashtirilgandan soʻng amalga oshiriladigan aksiyalarning paydo boʻlishiga qaratilgan harakatlari;
yopiq obuna — qimmatli qogʻozlarni oldindan maʼlum boʻlgan, soni cheklangan investorlar orasida ommaviy eʼlon bermagan va reklama kampaniyasi oʻtkazmagan holda joylashtirish;
korporativ obligatsiyalar — aksiyadorlik jamiyatlari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;
korporativ va infratuzilma obligatsiyalari (bundan buyon matnda obligatsiyalar deb yuritiladi) muomala muddatlarining tugashi toʻgʻrisidagi bildirishnoma – emitentning obligatsiyalarni soʻndirish davrida nominal qiymati toʻlanganligi yoki obligatsiyalarni muddatidan oldin qaytarib sotib olganligi toʻgʻrisidagi hisoboti;
ochiq obuna — qimmatli qogʻozlarni soni cheklanmagan investorlar orasida reklamadan foydalangan holda joylashtirish, shu jumladan qimmatli qogʻozlarni ommaviy taklif etish orqali joylashtirish;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
chiqarish natijalari toʻgʻrisidagi bildirishnoma — qimmatli qogʻozlarni joylashtirish natijalari toʻgʻrisidagi emitentning hisoboti;
emissiyaviy qimmatli qogʻozlar — bitta chiqarilishi doirasida bir xil belgilar va rekvizitlarga ega boʻlgan, mazkur chiqarilish uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomalada boʻladigan qimmatli qogʻozlar;
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestri (bundan keyingi oʻrinlarda YADR deb yuritiladi) — roʻyxatdan oʻtkazilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarining roʻyxati;
emitent — emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qogʻozlarning egalari oldida majburiyatlari boʻlgan yuridik shaxs;
emitentning boshqaruv organi — aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi yoki aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi, shuningdek, masʼuliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi yoki kuzatuv kengashi;
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi — depo hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarni saqlashning, bunday qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning va qimmatli qogʻozlar harakatining yagona tizimini taʼminlovchi tashkilot;
qimmatli qogʻozlarni joylashtirish — qimmatli qogʻozlarni ularning dastlabki egalariga berish;
qimmatli qogʻozlarning muomalasi — qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan, qimmatli qogʻozlarning egasi almashuviga olib keladigan boshqa harakatlar;
qimmatli qogʻozlarni soʻndirish — emitentning oʻz qimmatli qogʻozlarini mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda YADRga tegishli yozuvlarni kiritgan holda qayta sotib olishi va ushbu qimmatli qogʻozlarni muomaladan chiqarish;
qimmatli qogʻozlarni chiqarish — yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarining obyekti sifatida qimmatli qogʻozlar paydo boʻlishiga qaratilgan harakatlari;
qimmatli qogʻozlar egasi — qimmatli qogʻozlar oʻziga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
qimmatli qogʻozlar emissiya risolasi (bundan keyingi oʻrinlarda risola deb yuritiladi) — emitent va u chiqaradigan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, investorning qimmatli qogʻozlar olish toʻgʻrisidagi qaroriga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa axborotni aks ettiruvchi hujjat;
qimmatli qogʻozlar emissiyasi — emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish va joylashtirish;
qimmatli qogʻozlarning yangi chiqarilishi — aksiyadorlik jamiyatining ilgari chiqarilgan qimmatli qogʻozlari toʻliq joylashtirilgandan soʻng nominal qiymatining kamayishi, huquqlarning oʻzgarishi, yiriklashtirish yoki maydalashda qimmatli qogʻozlarni paydo boʻlishiga qaratilgan harakatlari;
infratuzilma obligatsiyalari — ishlab chiqarish infratuzilmasini va boshqa infratuzilmani barpo etish va (yoki) rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish uchun pul mablagʻlarini jalb etish maqsadida xoʻjalik jamiyatlari va davlat korxonalari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar.
ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar (bundan buyon matnda AQQ deb yuritiladi) — emitentning oddiy aksiyalariga aylantirilishi mumkin boʻlgan imtiyozli aksiyalari, korporativ obligatsiyalari.
II. Aksiyalarni chiqarish
2. Emitent aksiyadorlik jamiyati shaklida tuzilayotganda barcha aksiyalar uning muassislari orasida joylashtirilishi lozim.
3. Emitent aksiyadorlik jamiyati shaklida tuzilayotganda muassislar oʻrtasida joylashtirilishi lozim boʻlgan aksiyalarning tiplari, ular boʻyicha toʻlov miqdori, shakli va tartibi, shuningdek ustav kapitalining miqdori qonunchilik hujjatlari talablarini hisobga olgan holda uni tuzish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasi yoki emitent ustavi bilan belgilanadi.
4. Emitent ustavida aksiyadorlar tomonidan sotib olingan aksiyalarning (joylashtirilgan aksiyalar) tiplari, soni va nominal qiymati belgilangan boʻlishi kerak.
Emitent ustavida emitent joylashtirilgan aksiyalarga (eʼlon qilingan aksiyalar) qoʻshimcha ravishda joylashtirishga haqli boʻlgan aksiyalarning soni, nominal qiymati va tiplari belgilanishi mumkin. Ustavda ushbu Qoidalar mavjud boʻlmaganda emitent qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli emas. Emitentning ustav kapitali qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan oshirish toʻgʻrisidagi qarorining qabul qilinishi faqat ustavga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda emitentning eʼlon qilingan aksiyalari sonini aniqlash yoki oshirish qismiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilganidan keyin amalga oshirilishi mumkin. Qoʻshimcha aksiyalar faqat emitent ustavida belgilangan eʼlon qilingan aksiyalar soni doirasida joylashtirilishi mumkin.
Agar emitent ustavida muayyan tipdagi eʼlon qilingan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari belgilab qoʻyilgan boʻlsa, ularni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan ushbu tipdagi qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari emitent ustavining koʻrsatilgan qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
5. Aksiyalarni qoʻshimcha chiqarish faqat emitentning ilgari joylashtirilgan barcha aksiyalari toʻliq toʻlangandan keyingina amalga oshirilishi mumkin. Aksiyalarni qoʻshimcha chiqarish toʻgʻrisidagi qaror faqat emitent ustaviga kiritiladigan aksiyalarning oldingi chiqarilishi natijalariga koʻra joylashtirilgan va eʼlon qilingan aksiyalar sonining yangi miqdoriga nisbatan kiritilgan oʻzgarishlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin qabul qilinishi mumkin.
6. Aksiyalarning nominal qiymati Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanishi lozim.
7. Emitent bir chiqarilish doirasida oddiy va imtiyozli aksiyalarni joylashtirishni nazarda tutuvchi aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Bunda agar barcha imtiyozli aksiyalarni joylashtirilganda va bir dona ham oddiy aksiyalar joylashtirilmaganda emitent imtiyozli aksiyalarining nominal qiymati uning ustav kapitalining 25 foizidan oshsa, obuna yoʻli bilan joylashtirilayotgan oddiy va imtiyozli aksiyalarning chiqarilishlarini bir vaqtning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirish mumkin emas.
Bir chiqarilish doirasida turli qimmatli qogʻozlar turlarini chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati emitent ustav kapitalining 25 foizidan oshmasligi lozim. Bir yoki bir nechta tipdagi imtiyozli aksiyalarning chiqarilish ehtimoli, ularning har biri boʻyicha dividend miqdori va (yoki) tugatilish qiymati, ular bergan huquqlar hajmi emitent ustavi bilan belgilanadi. Bir tipdagi imtiyozli aksiyalar ularning egalariga bir xil hajmdagi huquqlarni beradi.
9. Emitent qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirishni obuna yoki ayirboshlash orqali amalga oshirishga haqlidir.
Emitent tomonidan aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish usullari (ochiq yoki yopiq obuna) emitent ustavida belgilab qoʻyiladi, emitent ustavida bu xususda koʻrsatmalar mavjud boʻlmasa, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori bilan belgilanadi. Emitentning ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarorida emitentning aksiyalarini va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarini joylashtirish usuli toʻgʻrisida koʻrsatmalar mavjud boʻlmasa, joylashtirish faqat ochiq obuna vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Aksiyalarning ochiq obunasi qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosidagina oʻtkaziladi.
10. Emitent aksiyadorlari ochiq obuna vositasida joylashtirilayotgan qoʻshimcha aksiyalarni emitent ustavida belgilangan tartibda ularga tegishli ushbu tipdagi aksiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqiga ega.
11. Aksiyalarni imtiyozli olish huquqini boshqa shaxsga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ushbu bandning qoidalari, shuningdek, aksiyalarni ayirboshlash shartnomasi boʻyicha boshqa shaxsga berishda qoʻllaniladi.
III. Ustav kapitali hajmining oʻzgarishi sodir boʻlganda aksiyalar chiqarish
12. Aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yurituvchi emitentning ustav kapitali qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirilishi mumkin.
14. Ustav kapitalini koʻpaytirish emitentning jalb qilingan investitsiyalari, oʻz kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Emitent ustav kapitalini oʻz kapitali hisobidan koʻpaytirishda qoʻshimcha aksiyalar barcha aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi tipdagi aksiyalar tegishli boʻlsa, ayni oʻsha tipdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Emitentning aksiyadorlari orasida qoʻshimcha aksiyalarini taqsimlash ularni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan reyestrni yopish sanasiga amalga oshiriladi. Koʻrsatilgan sana aksiyalarning qoʻshimcha chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kunidan boshlab oʻttiz kundan kechikmasdan boshlanishi lozim.
Qoʻshimcha aksiyalarni taqsimlash natijasida aksiyadorlarning — butun aksiyalar egalarining kasriy aksiyalari paydo boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
141. Soliqqa oid yoki davlat oldidagi boshqa qarzdorlik hisobiga emitent ustav kapitalidagi davlat ulushini shakllantirish yoki oshirish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan emitentning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining kamida uchdan ikki qismi egalari boʻlgan aksiyadorlarning (davlatdan tashqari) roziligi mavjud boʻlgan taqdirda, aksiyadorlarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
16. Aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritayotgan emitentning ustav kapitali aksiyalarning nominal qiymatini pasaytirish yoki ularning umumiy sonini qisqartirish yoʻli bilan, shu jumladan emitent tomonidan aksiyalarning bir qismini ularni keyinchalik bekor qilish sharti bilan sotib olishi yoʻli bilan kamaytirilishi mumkin.
17. Ustav kapitalini joylashtirilgan aksiyalar nominal qiymatini pasaytirish yoʻli bilan kamaytirishda emitent tomonidan pasaytirilgan nominal qiymatga ega aksiyalarning yangi chiqarilishi amalga oshiriladi.
Bunda, yuqori nominal qiymatga ega boʻlgan joylashtirilgan aksiyalar yangidan chiqarilgan nominal qiymati pasaytirilgan aksiyalarga ayirboshlanadi.
18. Emitent ustav kapitalining kamaytirilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda taqdim etishi shart.
IV. Aksiyalarni yiriklashtirish va maydalashda aksiyalarni chiqarish
19. Emitent aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra joylashtirilgan aksiyalarni ustav kapitali miqdorini oʻzgartirmagan holda xuddi shu tipdagi aksiyalarning yangi chiqarilishini amalga oshirish yoʻli bilan maydalashni yoki yiriklashtirishni oʻtkazishi mumkin.
Maydalangan yoki yiriklashtirilgan taqdirda kasriy aksiyalarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
20. Joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish yoki maydalashda emitent tomonidan koʻpaytirilgan yoki kamaytirilgan nominal qiymatga ega aksiyalarning yangi chiqarilishi amalga oshiriladi.
Bunda, joylashtirilgan aksiyalar boshqa nominal qiymatga ega yangi chiqarilgan aksiyalarga ayirboshlanadi.
V. Obligatsiyalarni chiqarish
21. Emitent tomonidan obligatsiyalarni chiqarish agar emitentning ustavida boshqacha holat nazarda tutilmagan boʻlsa, kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
22. Korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi oʻz kapitali miqdori doirasida, bundan ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari mustasno. Agar korporativ obligatsiyalar summasi emitentning oʻz kapitali miqdoridan oshsa, emitent oshgan summa uchun taʼminot berishi shart;
soʻnggi bir yilda rentabellik, toʻlovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning ijobiy koʻrsatkichlariga ega boʻlgan emitentlar tomonidan;
obligatsiyalar chiqarilishidan oldingi bir yil uchun moliyaviy hisobot boʻyicha auditorlik xulosasi mavjud boʻlganda;
investorlarga tegishli mablagʻlarning emitentlar tomonidan toʻlanishi boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi.
Bunda, korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda joylashtiriladi:
a) oʻz kapitali miqdori doirasidan yuqori boʻlgan taqdirda, emitent ortiqcha boʻlgan summaga uchinchi shaxsning quyidagi taʼminotidan birini taqdim etadi:
koʻchmas mulk garov taʼminoti;
pul yoki ularga tenglashtirilgan mablagʻlar;
bank kafolati;
sugʻurta tashkilotining sugʻurta polisi;
garov xati;
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining banklarga nisbatan talab qilish huquqi;
b) mustaqil reyting bahosi mavjudligi;
v) majburiy tartibda anderrayterni (anderrayterlar guruhini) jalb etgan holda.
221. Infratuzilma obligatsiyalari quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi, oʻz kapitali miqdori doirasida. Agar infratuzilma obligatsiyalar summasi emitentning oʻz kapitali miqdoridan oshsa, emitent oshgan summa uchun taʼminot berishi shart;
obligatsiya chiqarilishidan oldingi yil uchun moliyaviy hisobot boʻyicha ijobiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi mavjud boʻlganda;
infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan olingan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida nazarda tutilgan loyihani moliyalashtirish uchun foydalanilsa.
Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, shuningdek, davlat korxonalari infratuzilma obligatsiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqaradi.
23. Obligatsiyalar ularning egalariga emitentni boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi.
24. Emitent tomonidan chiqarilgan (taʼminlanmagan) va soʻndirilmagan (bekor qilinmagan) barcha korporativ obligatsiyalarning nominal qiymati oʻz kapitalining miqdoridan oshmasligi kerak.
25. Obligatsiya uning olingan vaqtidan qatʼi nazar, bir chiqarilish ichida huquqlarni amalga oshirishda teng hajmlar va muddatlarga ega.
26. Ustav fondining shakllanganiga qadar (tijorat banklari ustav fondining shakllanish hollari bundan mustasno), shuningdek, uni toʻldirish yoki emitentning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq zararlarni qoplash uchun korporativ obligatsiyalar chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
27. Obligatsiyalar hujjatsiz shaklda chiqariladi.
29. Foizli, diskontli, yutuqli, seriyali (obligatsiyaviy dasturga asoslangan) va maqsadli (foizsiz) obligatsiyalar chiqarilishi mumkin.
Foizli obligatsiyaning daromadi chiqarilish shartlari bilan belgilanadigan nominal qiymati boʻyicha belgilangan muddatda soʻndirish va qayd etilgan foizlarni toʻlash hisobiga tashkil etadi.
Diskontli obligatsiyaning daromadi nominal qiymati boʻyicha belgilangan muddatda soʻndirish hisobiga, bunda daromad sotish bahosi va obligatsiyaning nominal qiymati oʻrtasidagi farq hisobiga tashkil etadi.
Yutuqli obligatsiyalarni chiqarishda nominal qiymatga foiz yoki diskont koʻrinishida belgilangan daromadga qoʻshimcha ravishda muntazam oʻtkazib turiladigan tirajlar boʻyicha yutuq koʻrinishida toʻlanadigan daromad belgilanishi kerak. Daromadi muntazam ravishda oʻtkazib turiladigan tirajlar boʻyicha yutuq koʻrinishida belgilanadigan obligatsiyalarni chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Maqsadli (foizsiz) obligatsiyalar boʻyicha daromad tovar (xizmat) koʻrinishida belgilanadi. Qaysi tovar (xizmat) asosida chiqarilganligini koʻrsatish maqsadli obligatsiyalarning majburiy rekviziti hisoblanadi.
Seriyali (obligatsiyaviy dasturga asoslangan) obligatsiyalar toʻlov muddati davriy ravishda tegishli emissiya qarori (risolasi) bilan belgilangan muddatlarda yuzaga keladigan obligatsiyalar hisoblanadi.
Obligatsiyalarning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini, shu jumladan, yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar uchun korporativ obligatsiyalarni (keyingi oʻrinlarda — yashil korporativ obligatsiyalar) muomalaga chiqarishga yoʻl qoʻyiladi.
Yashil korporativ obligatsiyalarni chiqarish va muomalasi boʻyicha uslubiy qoʻllanma qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
291. Seriyali (obligatsiya dasturi asosida) obligatsiyalar dasturi (bundan buyon matnda obligatsiya dasturi deb yuritiladi) emitentga uning doirasida bir nechta obligatsiya emissiyalarini (ochiq yoki yopiq tarzda joylashtirish) ketma-ket chiqarish huquqini beradi. Obligatsiya dasturi doirasida joylashtiriladigan barcha chiqarilgan obligatsiyalar nominal qiymatlarining umumiy summasi obligatsiya dasturida koʻrsatilgan summadan oshmasligi kerak. Obligatsiya dasturi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan roʻyxatga olinadi.
Obligatsiya dasturida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
emitentning vakolatli boshqaruv organi tomonidan obligatsiya dasturi boʻyicha qabul qilingan qaror;
obligatsiya dasturi doirasidagi obligatsiyalarning turi va soni, ularni chiqarish shakli, nominal qiymati va umumiy hajmi;
obligatsiya dasturining amal qilish muddati (ikki yildan oshmasligi lozim);
obligatsiyalar chiqarilishining muomala muddatlari;
obligatsiya dasturi doirasida joylashtiriladigan obligatsiyalar egalarining huquqlari;
obligatsiyalar boʻyicha daromadlarni toʻlash tartibi va shartlari (obligatsiyalar boʻyicha daromadlar obligatsiya dasturi doirasida chiqariladigan har bir chiqarish boʻyicha emitentning vakolatli boshqaruv organi tomonidan bozor talab va takliflaridan kelib chiqib tasdiqlanadigan alohida qarorda (risolada) belgilanadi);
obligatsiya dasturi doirasida joylashtiriladigan obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish kafolatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
obligatsiya dasturi doirasida obligatsiyalarni joylashtirish shartlari;
boshqa maʼlumotlar.
Obligatsiya dasturi doirasidagi har bir chiqarish boʻyicha obligatsiyalar chiqarilishini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror mazkur Qoidalarning 1a-ilovasida keltirilgan shaklda hamda risola ushbu Qoidalarning 40-bandida belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Obligatsiya dasturining amal qilish muddati 2 yildan oshmagan holda tasdiqlanadi.
Obligatsiya dasturi doirasida chiqariladigan obligatsiyalarning joylashtirish muddati obligatsiyalar dasturining amal qilish muddatidan oshmasligi lozim.
Obligatsiya dasturining amal qilish muddati tugaganidan soʻng dastur doirasida chiqarilmagan obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
30. Bankning berilgan kreditlar va boshqa aktivlarini taʼminlash boʻyicha qimmatli qarz qogʻozlari mazkur Qoidalar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda obligatsiyalar koʻrinishida chiqarilishi mumkin.
VI. Qimmatli qogʻozlar emissiyasining bosqichlari
31. Qimmatli qogʻozlar emissiyasi, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha holat nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
a) qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va tasdiqlash;
b) risolani tasdiqlash (qimmatli qogʻozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda);
g) qimmatli qogʻozlar chiqarishni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
d) qimmatli qogʻozlar chiqarishni Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida hisobga olish;
e) qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi axborotni qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda oshkor qilish;
j) chiqarilishdagi qimmatli qogʻozlarni joylashtirish;
z) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga qimmatli qogʻozlarni chiqarish natijalari toʻgʻrisida bildirishnoma taqdim etish.
VII. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror
32. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qonunchilik hujjatlari va emitent ustaviga muvofiq emitentning boshqaruv organi tomonidan qabul qilinadi va tasdiqlanadi.
33. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror:
aksiyalar chiqarishda (qoʻshimcha, yangi chiqarishda) mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq;
obligatsiyalar chiqarishda mazkur Qoidalarning 1a-ilovasiga muvofiq barcha axborotni oʻz ichiga olishi lozim.
Obligatsiya dasturi mazkur Qoidalarning 1b-ilovasiga muvofiq axborotni oʻz ichiga olishi lozim.
34. Qimmatli qogʻozlarning har bir chiqarilishi boʻyicha bu toʻgʻrisida alohida qaror roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (bundan buyon matnda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi deb yuritiladi) yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan risola davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda aksiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarori boʻlib hisoblanadi.
36. Emitent majburiyatlarining bajarilishi garov, bank kafolati yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullar bilan taʼminlanadigan obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, taʼminot taqdim etgan shaxs toʻgʻrisidagi va taʼminot shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak. Bunda, obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, taʼminot taqdim etgan shaxs tomonidan imzolanishi kerak.
37. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror bir vaqtning oʻzida bir chiqarilishdagi qimmatli qogʻozlarni xususiy va ommaviy joylashtirishni nazarda tutmasligi kerak (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati qarorlaridan kelib chiquvchi holatlar bundan mustasno).
38. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda emitent tomonidan qimmatli qogʻozlar uchun toʻlov sifatida olingan mablagʻlarni investorga qaytarish tartibi nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
39. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror oʻz navbatida chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda mavjud barcha axborotning ishonchliligi va toʻliqligini tasdiqlovchi emitentning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi yoki kollegial ijroiya organi rahbari vazifasini bajaruvchi shaxs, shuningdek emitentning bosh hisobchisi (uning vazifasini bajaruvchi boshqa shaxs) tomonidan imzolanishi kerak. Agar emitentning joriy faoliyatini boshqarish tijorat tashkilotiga berilgan boʻlsa, chiqarish toʻgʻrisidagi qaror mazkur tashkilot rahbari tomonidan imzolanishi kerak.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilot majburiy tarzda jalb etilgan taqdirda, qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror unda koʻrsatilgan mol-mulkning baholash qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlagan holda baholovchi tashkilot tomonidan ham imzolanishi shart.
VIII. Risolani tayyorlash
40. Risola emitent boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi va quyidagilarga muvofiq barcha axborotni oʻz ichiga oladi:
davlat korxonalari aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilayotganda — mazkur Qoidalarning 2a-ilovasiga;
boshqa aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek masʼuliyati cheklangan jamiyatlari uchun — mazkur Qoidalarning 2b-ilovasiga;
investitsiya fondlari uchun — mazkur Qoidalarning 2v-ilovasiga;
Emitentning moliyaviy hisobotlari auditor tomonidan tekshirishdan oʻtkazilganligini tasdiqlash uchun qimmatli qogʻozlar emissiya risolasiga soʻngi yil boʻyicha auditorlik xulosa ilova qilinadi.
Emitentning oxirgi yil uchun moliyaviy hisobotining auditor tomonidan tekshiruvi tugaguniga qadar emitent risolani oxirgi tugallangan yil uchun auditorlik xulosasi nusxasini ilova qilmagan holda taqdim etishga haqli, bundan korporativ va infratuzilma obligatsiyalarini chiqarish holatlar mustasno.
41. Agar emitent obyektiv sabablarga koʻra risolada talab qilinadigan biron-bir axborotni koʻrsata olmasa, risolaning tegishli bandiga axborot yoʻqligining sababi koʻrsatilgan holda (masalan: “Operatsiyalar oʻtkazilmadi”, “Jazolar qoʻllanilmadi” va shu kabilar), “maʼlumotlar yoʻq” (yoki boshqa shunga oʻxshash mazmundagi) yozuvi kiritiladi.
42. Risola oʻz navbatida risolada mavjud barcha axborotning toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlovchi emitentning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi yoki kollegial ijroiya organi rahbari vazifasini bajaruvchi shaxs, shuningdek emitentning bosh hisobchisi (uning vazifasini bajaruvchi boshqa shaxs) tomonidan imzolanishi lozim. Agar emitentning joriy faoliyatini boshqarish tijorat tashkilotiga berilgan boʻlsa, risola mazkur tashkilot rahbari tomonidan imzolanishi kerak.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilot majburiy tarzda jalb etilgan taqdirda, risola unda koʻrsatilgan mol-mulkning baholash qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlagan holda baholovchi tashkilot tomonidan ham imzolanishi shart.
Qoʻshimcha taʼminotga ega obligatsiyalar chiqarilgan taqdirda qoʻshimcha taʼminot taqdim etgan shaxs qoʻshimcha taʼminot toʻgʻrisidagi axborotning toʻgʻriligini tasdiqlagan holda risolani imzolashi shart.
Obligatsiyalar chiqarilishi boʻyicha qoʻshimcha taʼminot taqdim etgan shaxs tugatilganda (vafot etganda), emitent bu toʻgʻrisida unga maʼlum boʻlgan paytdan ikki ish kuni ichida mazkur chiqarilishdagi obligatsiya egalarini va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni yozma xabardor qilishi shart.
IX. Qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
43. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun emitent roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
a) quyidagilar koʻrsatilishi lozim boʻlgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza:
tashkilot nomi;
tashkilotning yuridik manzili;
qimmatli qogʻozlarning soni, koʻrinishlari va turlari;
bir dona qimmatli qogʻozning nominal qiymati;
chiqarilishning umumiy hajmi;
qimmatli qogʻozlar chiqarilishining tartib raqami;
qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish uchun toʻlov summasi, toʻlov qogʻozi sanasi va raqami (qonunchilikda koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno);
emitentning masʼul hodimi haqida maʼlumot va uning aloqa maʼlumotlari;
b) mazkur Qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilgan qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror (uch nusxada);
v) mazkur Qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilgan risola (uch nusxada) (qimmatli qogʻozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda);
g) qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror chiqarilganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning yoki jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, agar mazkur qaror aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi tomonidan qaror qabul qilingan boʻlsa — ovoz berishda ishtirok etgan aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, shariflari koʻrsatilgan yigʻilish bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma;
d) qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning yoki jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, kuzatuv kengashi tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror tasdiqlangan taqdirda esa — ovoz berishda ishtirok etgan aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, shariflari koʻrsatilgan yigʻilish bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma;
e) risola tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning yoki jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi tomonidan risola tasdiqlangan taqdirda esa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, shariflari koʻrsatilgan yigʻilish bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma;
j) qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik uchun belgilangan yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
Arizalarga hujjatlar roʻyxati ilova qilinib, nusxalar va varaqlar soni koʻrsatiladi.
Ariza tashkilot rahbari hamda bosh hisobchisi tomonidan imzolanishi kerak.
Agarda ushbu bandning “g” — “e” kichik bandlarida koʻrsatilgan qarorlar:
aksiyadorlik jamiyati umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilingan taqdirda, qoʻshimcha ravishda sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan koʻchirma;
jamiyatning yagona aksiyadori yoki ishtirokchisi tomonidan qabul qilingan taqdirda, aksiyadorning yoki jamiyat ishtirokchisining tegishli qarorining nusxasi taqdim etiladi.
44. Obligatsiyalarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etilishi kerak:
a) agar obligatsiyalarning chiqarish majburiyatlarining bajarilishini taʼminlashga mol-mulkning taqdim etilsa, Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq mol-mulkni baholanganligini tasdiqlovchi baholash toʻgʻrisidagi hisobot nusxasi, shuningdek, ushbu mol-mulkning garov faktini tasdiqlovchi hujjat;
b) obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror tasdiqlanishidan oldingi oxirgi tugallangan moliyaviy yil uchun va oxirgi chorak uchun obligatsiyalarni chiqarish boʻyicha taʼminotni taqdim etgan uchinchi shaxs(lar)ning buxgalteriya hisobotlari;
v) emitentga uchinchi shaxs(lar) tomonidan ushbu emitentning chiqarilayotgan obligatsiyalari majburiyatlari boʻyicha bunday taʼminot mavjud boʻlganda taʼminot (garov, bank kafolati, yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usul) berilganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
g) emitentning soʻngi tugallangan yil davomida rentabellik, toʻlov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va likvidlik boʻyicha ijobiy koʻrsatkichlari mavjudligini tasdiqlovchi auditorlik tashkiloti xulosasining asl nusxasi (yoki tasdiqlangan nusxasi) (korporativ obligatsiyalar chiqarilgan taqdirda);
d) emitentning obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror tasdiqlangan sana uchun oʻz kapitali miqdorini (Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida) tasdiqlovchi auditorlik tashkiloti xulosasining asl nusxasi (yoki tasdiqlangan nusxasi);
e) emitentning mustaqil reyting bahosi mavjud hujjat nusxasi (korporativ obligatsiyalar ochiq obuna orqali chiqarilgan taqdirda). Bunda, emitentga reyting bahosini berish sanasi obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanagacha bir yildan oshmasligi kerak;
j) obligatsiyalar anderrayter (anderrayterlar guruhi) tomonidan joylashtirilganda emitent va anderrayter (anderrayterlar guruhi) oʻrtasida obligatsiyalarni joylashtirish shartlari koʻrsatgan holda tuzilgan shartnoma nusxasi;
z) agar obligatsiyalar chiqarilishida obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarning naqd pulda toʻlanishi koʻzda tutilgan boʻlsa emitent tomonidan investorlarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni toʻlash boʻyicha emitent va tijorat banki oʻrtasida tuzilgan, ushbu bank tomonidan toʻlov agenti vazifasining bajarilishi toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi. Bank tomonidan obligatsiyalar chiqarilganda investorlarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni toʻlash boʻyicha toʻlov agenti vazifasi bank-emitent tomonidan mustaqil ravishda yoxud boshqa bank tomonidan amalga oshirishi mumkin.
i) Xalqaro kapital bozorlari assotsiatsiyasi (ICMA) tomonidan vakolat berilgan yoki Iqlim obligatsiyalari tashabbusi (CBI) tomonidan tasdiqlangan yoxud Yevropa qimmatli qogʻozlar va bozorlar boshqarmasi (ESMA) tomonidan roʻyxatdan oʻtgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlardan asos dasturi boʻyicha yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatini olganlik toʻgʻrisidagi xulosa nusxasi, shuningdek yashil obligatsiyalarni chiqarish uchun asos dasturi (yashil korporativ obligatsiyalar uchun);
k) korporativ obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablagʻlardan foydalanish maqsadi va ularning Oʻzbekiston Respublikasi Milliy “yashil” taksonomiyasi va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiqligi boʻyicha emitent rahbari va bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma (yashil korporativ obligatsiyalar uchun).
Mazkur bandning “g”, “d” va “e” kichik bandlaridagi hujjatlar obligatsiya dasturi doirasida chiqarilgan obligatsiyalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda taqdim etilishi talab etilmaydi.
441. Obligatsiya dasturini roʻyxatdan oʻtkazish uchun emitent roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
a) quyidagilarni oʻz ichiga olgan obligatsiya dasturini roʻyxatdan oʻtkazishga ariza:
emitentning nomi;
emitentning yuridik manzili;
obligatsiyalarning soni, koʻrinishlari va turlari;
bir dona obligatsiyaning nominal qiymati;
chiqarilishning umumiy hajmi;
obligatsiya dasturini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish uchun toʻlov summasi, toʻlov qogʻozi sanasi va raqami;
emitentning masʼul xodimi haqidagi maʼlumot va uning aloqa maʼlumotlari;
b) mazkur Qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilgan obligatsiyalar dasturi (uch nusxada);
g) obligatsiya dasturini qabul qilinganligini va uni tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning yoki jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bayonnoma nusxasi, agar mazkur qaror aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi tomonidan qaror qabul qilingan boʻlsa — ovoz berishda ishtirok etgan aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi koʻrsatilgan yigʻilish bayonnoma nusxasi;
d) emitentning obligatsiyalar dasturini qabul qilish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangan sanadan oldingi tugallangan yil davomida rentabellik, toʻlov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va likvidlik boʻyicha ijobiy koʻrsatkichlari mavjudligini tasdiqlovchi auditorlik tashkiloti xulosasining asl nusxasi (yoki tasdiqlangan nusxasi);
e) emitentning obligatsiyalar dasturini qabul qilish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangan sana uchun oʻz kapitali miqdorini (Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida) tasdiqlovchi auditorlik tashkiloti xulosasining asl nusxasi (yoki tasdiqlangan nusxasi);
j) emitentning mustaqil reyting bahosi mavjud hujjat nusxasi. Bunda, emitentga reyting bahosini berish sanasi obligatsiya dasturini chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan bir yildan oshmasligi kerak.
451. Qimmatli qogʻozlar chiqarish va (yoki) ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlar kiritishga doir hujjatlarni tayyorlash uchun emitent investitsiya maslahatchisini jalb qilishi mumkin.
Emitent tomonidan investitsiya maslahatchisi jalb qilingan taqdirda mazkur Qoidalarga muvofiq qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror, risola va ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlar matni investitsiya maslahatchisi rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Investitsiya maslahatchisi emitentga mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan hujjatlarni tayyorlashga doir xizmatlar koʻrsatadi va davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan taqdirda ular oʻrtasida tuzilgan shartnoma va qonunchilik hujjatlariga muvofiq emitent oldida javobgar boʻladi.
46. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror va risola emitent tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga qogʻoz koʻrinishda taqdim etiladi.
47. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga agar mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarni taqdim etish belgilanmagan boʻlsa, hujjatlarning faqat asl nusxalari taqdim etiladi. Agar mazkur Qoidalarda nusxaning kim tomonidan tasdiqlanishi koʻrsatilmagan boʻlsa, emitentning rahbari va bosh hisobchisining imzolari bilan tasdiqlangan hujjat nusxasi taqdim etiladi.
Bunda taqdim etilgan hujjatlardagi vakolatli shaxslarning imzolari faksimil orqali qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
48. Emitent aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmasdan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda aksiyalarning birlamchi chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etishi shart.
49. Emitent qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch oy ichida, biroq qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qarorni tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishga hujjatlarni taqdim etishi shart.
50. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga emitent javobgar boʻladi.
51. Emitentning qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etilgan hujjatlari emitentga uning yozma soʻroviga koʻra qaytarilishi mumkin, davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish hollari bundan mustasno.
52. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish muddati ular roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan olingan sanadan boshlab oʻttiz kundan oshmasligi kerak. Ushbu muddat davomida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi yoki qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan qaror qabul qiladi.
53. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning har bir nusxasida qimmatli qogʻozlar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi va qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga berilgan roʻyxat raqami koʻrsatiladi.
54. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga roʻyxat raqamini berish, shuningdek YADRga yozuv kiritish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
55. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning bir nusxasi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda qoladi, bir nusxasi emitentga beriladi va bir nusxasi qimmatli qogʻozlar chiqarilishini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga topshiriladi. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning nusxalari matnida farqlar mavjud boʻlganda hujjatning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda saqlanayotgan matni imtiyozli kuchga ega boʻladi.
56. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ faqat qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarda mavjud maʼlumotlarning toʻliqligi uchun javobgar boʻladi.
57. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish:
a) agar qimmatli qogʻozlar emissiyasi tijorat banklari, sugʻurtachilar, birjalar, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlariga binoan tashkil etilgan xoʻjalik birlashmalari tomonidan amalga oshirilsa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning markaziy apparatida;
b) boshqa hollarda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning emitent yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi hududiy boshqarmalarida amalga oshiriladi.
58. Emitentning mazkur Qoidalarning 57-bandida nazarda tutilgan maqomi oʻzgargan taqdirda, qimmatli qogʻozlar chiqarilishini keyingi davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur Qoidalarning 57-bandida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Qimmatli qogʻozlar chiqarishni davlat roʻyxatidan oʻtkazish qimmatli qogʻozlarning birlamchi chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan organda amalga oshiriladi, ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Qimmatli qogʻozlar chiqarilishining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ markaziy apparati tomonidan amalga oshirilgan emitent hujjatlari, shuningdek keyingi qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini amalga oshirish, ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlar kiritish va ushbu emitentlar qimmatli qogʻozlari chiqarilishlarini YADRdan chiqarib tashlash roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ markaziy apparati rahbarining buyrugʻi bilan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning emitent yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi hududiy boshqarmalariga berilishi mumkin.
X. Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tuzilayotganda aksiyalar birlamchi chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
59. Davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tuzish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
60. Davlat korxonasidan qayta tuzilgan aksiyadorlik jamiyati davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga aksiyalarning birlamchi chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
a) quyidagilar koʻrsatilishi lozim boʻlgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza:
tashkilot nomi;
tashkilotning yuridik manzili;
qimmatli qogʻozlarning soni, turi va tipi;
bir dona qimmatli qogʻozning nominal qiymati;
chiqarishning umumiy hajmi;
aksiyalar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish uchun toʻlov summasi, toʻlov qogʻozi sanasi va raqami (qonunchilikda koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno);
emitentning masʼul hodimi haqida maʼlumot va uning aloqa maʼlumotlari.
Arizalarga nusxalar va varaqlar soni koʻrsatilgan holda hujjatlar roʻyxati ilova qilinadi.
Ariza tashkilot rahbari hamda bosh hisobchisi tomonidan imzolanishi lozim.
g) mazkur Qoidalarning 40-bandida koʻrsatilgan ilovalarga muvofiq shakldagi risola, uch nusxada;
d) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori yoki uning hududiy boshqarmasi boshligʻining davlat korxonasini qayta tuzish toʻgʻrisidagi buyrugʻi;
61. Davlat korxonasini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatini taʼsis etishda risola (aksiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
62. Davlat korxonasini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatini taʼsis etishda aksiyalar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
63. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan hujjatlarning toʻliq paketi taqdim etilmaganda, shuningdek, boshqa qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ aksiyalar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etadi.
64. Davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga qayta tuzish jarayonida emissiya qilingan aksiyalar ular belgilangan tartibda yangi egalariga sotilguniga qadar birlamchi joylashtirilgan davlat aktivlari boʻlib hisoblanadi.
641. Davlat muassasasi aksiyadorlik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda aksiyalarni birlamchi chiqarishni davlat roʻyxatidan oʻtkazish mazkur bob talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
XII. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini va (yoki) ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga doir oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yigʻim
68. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini va (yoki) ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga doir oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yigʻim Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasida belgilangan miqdorda va tartibda undiriladi.
69. Davlat roʻyxatidan oʻtkazishda hujjatlarni koʻrib chiqqanlik uchun qimmatli qogʻozlar emitentlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi miqdorda yigʻim toʻlanadi:
a) korporativ obligatsiyalar boʻyicha — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari;
b) korporativ obligatsiyalardan tashqari boshqa qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi boʻyicha — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;
v) korporativ obligatsiyalardan tashqari ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish boʻyicha — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari;
g) ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan korporativ obligatsiyalar chiqarilishiga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish boʻyicha — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari.
70. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan qimmatli qogʻozlar chiqarilishini va (yoki) ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga doir oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻim qaytarilmaydi.
XIII. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish
71. Emitent tomonidan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish qimmatli qogʻozlar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin qimmatli qogʻozlar chiqarilishining shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
72. Qimmatli qogʻozlar ochiq obuna yoʻli bilan joylashtirilganda emitent qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni va risolada mavjud axborotdan istalgan manfaatdor shaxsning foydalanish tartibini oshkor qilishi shart. Bunda qimmatli qogʻozlar qoʻshimcha chiqarilishini qimmatli qogʻozlar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot oshkor etilganidan keyin kamida ikki hafta oldin ochiq obuna yoʻli bilan joylashtirish taqiqlanadi.
73. Emitentning qimmatli qogʻozlari ochiq obuna yoʻli bilan joylashtirilgan taqdirda bir investorning (investorlarning) boshqasi (boshqalari) oldidagi ustunligini belgilash taqiqlanadi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
a) aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyadorlariga qimmatli qogʻozlarni belgilangan tartibda ularga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqini berish;
b) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan qimmatli qogʻozlarni olishga qonunchilik hujjatlarida va (yoki) emitent ustavida cheklovlar mavjud boʻlishi;
74. Aksiyalarni joylashtirish quyidagi usullarda amalga oshirilishi mumkin:
a) emitent va oluvchi oʻrtasida tegishli shartnoma tuzilganda obuna qilish. Bunda, aksiyadorlar oʻzining hisoblangan, lekin olinmagan dividendlarini emitentning qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalarini olishda foydalanishiga haqlidir.
b) emitentning ustav kapitali oʻz kapitali hisobidan toʻlanadigan qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi orqali oshirilganda aksiyalarni aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlash. Bunda, aksiyalarni emitentning aksiyadorlari oʻrtasida joylashtirish emitent oliy boshqaruv organining oʻz kapitalini ustav kapitaliga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi qarori asosida hech qanday shartnomalar tuzilmagan holda amalga oshiriladi. Aksiyalarni aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlash qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan kundagi reyestr maʼlumotlari boʻyicha amalga oshiriladi;
v) ularga ayirboshlashda:
ustav, qonunchilik hujjatlari, shu jumladan mazkur Qoidalarga muvofiq avval chiqarilgan AQQ;
past nominal qiymatiga ega avval chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni (aksiyalarni yiriklashtirishda);
yuqori nominal qiymatiga ega avval chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni (aksiyalar nominal qiymatini kamaytirish yoʻli bilan aksiyalar maydalanganda yoki ustav kapitali kamaytirilganda);
qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratib chiqarish orqali qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning qimmatli qogʻozlari va (yoki) ulushlarini, shuningdek, yuridik shaxsning aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tuzilishida kiritilgan ulushlarini.
Qimmatli qogʻozlar va (yoki) ulushlarni ayirboshlash qimmatli qogʻozlar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 15 kalendar kunidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Qimmatli qogʻozlarni ayirboshlash orqali joylashtirilganda biror bir shartnoma tuzilishi talab etilmaydi.
75. Banklar aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirish muomalaga yangi chiqarilgan hajmining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda fond birjasida amalga oshiriladi (xususiy banklar bundan mustasno). Bunda, bank aksiyalari ommaviy joylashtirilishi boshlangan kundan boshlab fond birjasiga sotish uchun qoʻyilishi kerak.
76. Obligatsiyalarni joylashtirish obuna yoʻli bilan (emitent va oluvchi oʻrtasida kelishilgan obligatsiyalar soniga oldi-sotdi shartnomasini tuzish) amalga oshirilishi mumkin.
77. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirilishi:
a) aksiyalar birlamchi chiqarilgan taqdirda — qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan muddatda, lekin emitent yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab bir yildan kechiktirmasdan;
b) boshqa holatlarda — qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan muddatda, lekin ushbu qimmatli qogʻozlar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab bir yildan kechiktirmasdan tugallanishi kerak.
Emitent qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan barcha jarayonlarga rioya etgan holda qimmatli qogʻozlarni joylashtirishga haqli boʻlgan sana joylashtirish boshlangan sana deb tushuniladi.
78. Joylashtirilayotgan qimmatli qogʻozlar soni qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan sonidan (donalarda) oshmasligi kerak.
79. Joylashtirish jarayonida chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan soniga (donalarda) nisbatan kamroq sondagi qimmatli qogʻozlar joylashtirilishi mumkin.
80. Emitent roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish muddati oʻtgan kundan keyin oʻttiz kundan kechiktirmasdan, agar barcha qimmatli qogʻozlar ushbu muddat oʻtishidan oldin joylashtirilgan boʻlsa — ushbu chiqarishdagi soʻnggi qimmatli qogʻozni joylashtirish kunidan keyin oʻttiz kundan kechiktirmasdan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga qimmatli qogʻozlarni chiqarish natijalari toʻgʻrisidagi bildirishnomani taqdim etadi. Ushbu talab qimmatli qogʻozlarning yangi chiqarilishiga tatbiq etilmaydi.
81. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish natijalari toʻgʻrisidagi bildirishnoma mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etiladi.
Qimmatli qogʻozlarni chiqarish natijalari toʻgʻrisidagi bildirishnoma emitentning rahbari, uning bosh buxgalteri yoki ularning vazifalarini bajaruvchi shaxslar tomonidan imzolash sanasi koʻrsatilgan holda imzolanadi.
82. Hujjatsiz shakldagi qimmatli qogʻozlar ushbu qimmatli qogʻozlar joylashtirilishi muddati ichida ularning haqi toʻliq toʻlanganidan va ular oluvchilarning depo hisobvaraqlariga oʻtkazilganidan keyin joylashtirilgan hisoblanadi.
Joylashtirilmagan qimmatli qogʻozlar bekor qilinishi lozim.
83. Emitent roʻyxatdan oʻtkazilgan obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan obligatsiyalar muomalasining muddati oʻtgan kundan keyin oʻttiz kundan kechiktirmasdan, agar barcha obligatsiyalar ushbu muddat oʻtganicha keyinchalik ularni soʻndirish maqsadida qaytarib sotib olingan boʻlsa — ushbu chiqarishdagi oxirgi obligatsiya qaytarib sotib olingan kundan keyin oʻttiz kundan kechiktirmasdan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga obligatsiyalarning muomala muddati tugaganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomani taqdim etadi.
84. Obligatsiyalarning muomala muddati tugaganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etiladi.
XIV. Avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarishlariga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish
85. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish muddati davomida qimmatli qogʻozlarni chiqarish natijalari boʻyicha bildirishnoma taqdim etilishiga qadar qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorga va risolaga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish faqat quyidagi holatlarda emitentning yozma arizasi asosida amalga oshiriladi:
a) emitentning firma nomi oʻzgarganda, shu jumladan kirill harflaridan lotin harflariga;
b) emitentning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgarganda;
v) aksiyalarni joylashtirish muddatining qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar doirasida uzaytirilganda;
g) agar bunday oʻzgarishlar va (yoki) qoʻshimchalarni kiritish Hukumat qarorlari sababli amalga oshirilsa.
851. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish natijalari boʻyicha bildirishnoma topshirilgandan keyin qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish faqat quyidagi holatlarda emitentning yozma arizasi asosida amalga oshiriladi:
a) emitentning firma nomi oʻzgarganda, shu jumladan kirill harflaridan lotin harflariga;
b) toʻliq joylashtirilmaganda;
v) emitentning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgarganda;
g) jamiyat ustav kapitalini kamaytirish maqsadida aksiyalar umumiy soni qisqartirilganda.
d) bitta chiqarilishdagi AQQ qisman ayirboshlanganda.
86. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror va (yoki) risolaga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar emitent boshqaruv organining qaroriga koʻra kiritiladi.
87. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror va emissiya risolaga ushbu hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar yoki texnik tavsifga ega xatolar topilganda, shuningdek, emitent tomonidan qimmatli qogʻozlar emissiyasi jarayonida qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar talablari buzilgan taqdirda oʻzgartirishlar kiritishni talab qilishi mumkin.
88. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror va qimmatli qogʻozlar risolasiga qoʻshimchalar va (yoki) oʻzgartirishlar qimmatli qogʻozlarni joylashtirish muddatini, shuningdek, ushbu qaror bilan belgilangan va risolada koʻrsatilgan bir dona qimmatli qogʻoz boʻyicha huquqlar hajmi qismini qisqartirish maqsadlarida kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
89. Chiqarishlarga kiritilgan barcha oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan mazkur bob talablariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror va (yoki) risolaga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzgartirishlar kiritiladigan hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazilgan joyda emitentning vakolatli organi tomonidan bunday oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida, agar qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror va (yoki) risolaga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish emitent taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritishga asoslangan boʻlsa — emitentning taʼsis hujjatlariga kiritilgan tegishli oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida taqdim etilishi lozim.
91. Avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga kiritilgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun emitent roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
a) avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarishlariga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganligini tasdiqlovchi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, shuningdek sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan koʻchirma, avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarishlariga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilgan taqdirda esa — yigʻilish bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, sharifi koʻrsatilgan holda;
b) mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shaklda tuzilgan avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarishlariga kiritilgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ariza;
v) mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shaklda avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarishlariga kiritilgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalarning matni, shuningdek mazkur Qoidalarning 85-bandida nazarda tutilgan holatlarda risolaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar matni, mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq shaklda uch nusxada;
d) davlat roʻyxatiga olish uchun taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati.
Agarda:
ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan qaror yagona aksiyador tomonidan qabul qilingan boʻlsa, tegishli aksiyador qarorining nusxasi taqdim etiladi;
oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar avval chiqarilgan AQQni ayirboshlash bilan bogʻliq boʻlsa, qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun topshiriladigan hujjatlar bilan bir vaqtda mazkur bandning “b” va “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek ayirboshlash amalga oshirilayotgan AQQ egalarining emitent tomonidan tasdiqlangan arizalari nusxalari (mavjud boʻlgan taqdirda) taqdim etiladi.
92. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ mazkur Qoidalarga muvofiq, hujjatlar olingan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror va (yoki) risolaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirishi yoki ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan qaror qabul qilishi shart.
Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror va (yoki) risolaga kiritilgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ emitentga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror va (yoki) risolaga kiritilgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalarning nusxasini beradi.
XV. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini toʻxtatib turish, qimmatli qogʻozlar chiqarilishini amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topish, shuningdek, obligatsiyalarni soʻndirish
94. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishi:
a) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan toʻxtatib qoʻyish;
b) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan haqiqiy emas deb topilishi;
v) mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan holatlarda YADRdan chiqarilishi;
g) sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
95. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ quyidagi holatlarda emitentlar qimmatli qogʻozlari emissiyasi va muomalasini toʻxtatib qoʻyishga haqlidir:
a) qimmatli qogʻozlar chiqarish shartlari ularni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorga nomuvofiqligi aniqlanganda;
b) amalda roʻyxatga olinganidan ortiq hajmdagi qimmatli qogʻozlar joylashtirilganda;
v) emitent tomonidan belgilangan muddatlarda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qonuniy talablari bajarilmaganda;
g) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning hisobotlarni taqdim etish va axborotni oshkor etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalari bajarilmaganda (faqat joylashtirish muddati davomida);
g1) qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan axborot va hisobotlar bir yil ichida ikki va undan ortiq marotaba oʻz vaqtida oshkor etilmagan taqdirda (bartaraf etilguniga qadar);
d) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bank faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziya chaqirib olinganda (tijorat banklari uchun);
e) qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror va risola bilan tanishib chiqish joyi va tartibi boʻyicha maʼlumotlar nashr qilinmaganda (faqat joylashtirish muddati davomida);
j) chiqarish shartlarini oʻzgartiradigan notoʻgʻri yoki chalgʻituvchi maʼlumotlar aniqlanganda;
z) tegishli sud qarori mavjud boʻlganda;
i) emitent tomonidan qimmatli qogʻozlar emissiyasi jarayonida qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar talablari buzilganda.
96. Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va muomalasi toʻxtatib qoʻyilganda ushbu qimmatli qogʻozlarni keyinchalik joylashtirilishi va muomalasi taqiqlanadi.
Qimmatli qogʻozlar emissiyasining toʻxtatib qoʻyilishi emitent tomonidan keyingi qimmatli qogʻozlar joylashtirilishining vaqtinchalik taqiqini va ushbu chiqarishdagi qimmatli qogʻozlarni joylashtirish boʻyicha reklama kompaniyasini vaqtinchalik toʻxtatib turilishini anglatadi.
Qimmatli qogʻozlar muomalasini toʻxtatib qoʻyish ushbu qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar tuzish boʻyicha vaqtinchalik taqiqni anglatadi.
Qimmatli qogʻozlar reklamasi tarqatuvchilari va savdosini tashkilotchilarini joylashtirish va muomalasini toʻxtatib qoʻyish boʻyicha maʼlum qilish vazifasi emitentga yuklanadi.
97. Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va muomalasini toʻxtatib qoʻyishga asoslar aniqlanganda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ qimmatli qogʻozlar emissiyasi va (yoki) muomalasini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ shu kabi qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan emitentga qarorni va qonun buzishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmani, shuningdek, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga qimmatli qogʻozlar harakatini blokirovka qilish toʻgʻrisida koʻrsatmani joʻnatadi.
Emitent tegishli qonun buzishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma olgan vaqtdan boshlab qimmatli qogʻozlarning joylashtirilishini toʻxtatib qoʻyishi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan belgilangan muddatlarda aniqlangan qonun buzishlarini bartaraf etishi shart.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning tegishli koʻrsatmasini olgan kundan boshlab Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi oʻrnatilgan tartibda qimmatli qogʻozlar harakatini blokirovka qilish shart.
Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish muddati toʻxtatib qoʻyish davriga uzaytirilmaydi.
98. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va muomalasining tiklanishi toʻxtatib qoʻyishiga sabab boʻlgan qonun buzishlari emitent tomonidan bartaraf etilganidan keyin roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
99. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishi amalga oshmagan deb topilganligi toʻgʻrisidagi qaror roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan qabul qilinadi. Bunda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ shu kabi qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan emitentga ushbu qarorni joʻnatadi. Emitent qimmatli qogʻozlar chiqarilishini amalga oshmagan deb topish toʻgʻrisidagi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ qarorini olgan vaqtdan boshlab ikki ish kuni mobaynida bu toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etishi shart.
Qimmatli qogʻozlar chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda ushbu chiqarilishdagi qimmatli qogʻozlari emitentga qaytarilishi lozim, emitent tomonidan ularni joylashtirishdan olingan mablagʻlar esa, ularni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan tartibda investorlarga qaytariladi. Bunda, qimmatli qogʻozlar chiqarilishi qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga berilgan davlat roʻyxat raqamini bekor qilish orqali YADRdan chiqariladi.
100. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini YADRdan chiqarish qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga avval berilgan davlat roʻyxat raqamini bekor qilish orqali quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) chiqarish amalga oshmagan deb topilganda;
b) emitent qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda;
v) tegishli sud qarori mavjud boʻlganda;
g) mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan holatlarda qimmatli qogʻozlarning yangi chiqarilishida;
d) obligatsiyalar chiqarilishi soʻndirilganda.
e) bitta chiqarilishdagi barcha AQQ ayirboshlanganda.
101. Emitent qimmatli qogʻozlar chiqarilishini (chiqarishlarini) YADRdan chiqarishga asoslar paydo boʻlgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida tegishli sabablarni, qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga (chiqarishlariga) berilgan, YADRdan chiqarilishi lozim boʻlgan davlat roʻyxat raqamini koʻrsatgan va kerakli hujjatlarni ilova qilgan holda bu haqda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yozma arizani taqdim etishi shart.
Emitent tomonidan qimmatli qogʻozlar chiqarilishining (chiqarishlarining) davlat roʻyxat raqamini bekor qilinishiga, shuningdek qimmatli qogʻozlar chiqarilishini (chiqarishlarini) YADRdan chiqarilishiga sabab boʻladigan qimmatli qogʻozlarning yangi, qoʻshimcha yoki birlamchi chiqarishlari amalga oshirilgan taqdirda emitentlar qimmatli qogʻozlarning yangi, qoʻshimcha yoki birlamchi chiqarishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlar bilan bir qatorda tegishli sabablarni, YADRdan chiqarilishi lozim boʻlgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishining (chiqarishlarining) davlat roʻyxat raqamini koʻrsatgan holda va kerakli hujjatlarni ilova qilgan holda bu haqda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yozma arizani taqdim etishi shart.
102. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini YADRdan chiqarish uchun emitent roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
a) chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda:
qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror va risola, shuningdek, ularga kiritilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning (oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda) asli. Koʻrsatilgan hujjatlarning asli yoʻqotilgan taqdirda yoʻqotish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalaridagi eʼlon nusxasi taqdim etiladi;
ommaviy axborot vositalaridagi qimmatli qogʻozlar chiqarilishini amalga oshmagan deb topish va ushbu chiqarilishdagi joylashtirilgan qimmatli qogʻozlarga toʻlangan mablagʻlar qaytarilishi toʻgʻrisidagi eʼlon nusxasi;
emitentning depo hisobvaragʻida ushbu chiqarilishning barcha qimmatli qogʻozlari mavjudligini tasdiqlovchi emitentning depo hisobvaragʻidan koʻchirma;
mablagʻlarni investorlarga qaytarilganligi toʻgʻrisidagi emitentning yozma tasdigʻi, mablagʻlar toʻlov agenti vazifasini bajaruvchi tijorat banklari orqali qaytarilgan taqdirda esa shuningdek, emitent tomonidan chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha investorlar bilan hisob-kitoblar toʻliq amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi toʻlov agentining yozma tasdigʻi;
b) tegishli sud qarori mavjud boʻlgan taqdirda:
qimmatli qogʻozlar chiqarilishini (chiqarishlarini) haqiqiy emas deb topilganligi toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori, shuningdek, ushbu qaror boʻyicha berilgan ijro varaqasi;
qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror (qarorlar) va risola (risolalar), shuningdek, ularga kiritilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning (oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda) asli (asllari). Koʻrsatilgan hujjatlarning asllari yoʻqotilgan taqdirda yoʻqotish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalaridagi eʼlon nusxasi taqdim etiladi;
qimmatli qogʻozlar chiqarilishini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalaridagi eʼlon nusxasi;
emitentning depo hisobvaragʻida ushbu chiqarilishning barcha qimmatli qogʻozlari mavjudligini tasdiqlovchi emitentning depo hisobvaragʻidan koʻchirma;
v) tugatilgan taqdirda:
tugatish toʻgʻrisidagi emitent boshqaruv organi yoki sud qarorining nusxasi;
qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror (qarorlar) va risola (risolalar), shuningdek, ularga kiritilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning (oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda) asli (asllari). Koʻrsatilgan hujjatlarning asllari yoʻqotilgan taqdirda yoʻqotish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalaridagi eʼlon nusxasi taqdim etiladi;
emitentning tugatilishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalaridagi eʼlon nusxasi;
tugatish balansining nusxasi;
g) obligatsiyalar chiqarilishi soʻndirilgan taqdirda:
qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror (qarorlar) va risola (risolalar), shuningdek, ularga kiritilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning (oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda) asli (asllari). Koʻrsatilgan hujjatlarning asllari yoʻqotilgan taqdirda yoʻqotish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalaridagi eʼlon nusxasi taqdim etiladi;
emitentning depo hisobvaragʻida ushbu chiqarilishning barcha qimmatli qogʻozlari mavjudligini tasdiqlovchi emitentning depo hisobvaragʻidan koʻchirma;
emitent tomonidan obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan obligatsiyalar boʻyicha barcha oʻz majburiyatlarini bajarganligi toʻgʻrisida emitentning yozma tasdigʻi, obligatsiyalar boʻyicha emitentning majburiyatlari toʻlov agenti vazifasini bajaruvchi tijorat banklari orqali bajarilgan taqdirda esa shuningdek, chiqarilishi (chiqarishlari) soʻndirilgan (soʻndirilayotgan) obligatsiyalar boʻyicha emitent tomonidan barcha majburiyatlarning bajarganligi toʻgʻrisida toʻlov agentining yozma tasdigʻi;
d) qayta tashkil etilgan taqdirda:
emitent boshqaruv organining qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi;
qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror (qarorlar) va risola (risolalar), shuningdek, ularga kiritilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning (oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda) asli (asllari). Koʻrsatilgan hujjatlarning asllari yoʻqotilgan taqdirda yoʻqotish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalaridagi eʼlon nusxasi taqdim etiladi;
emitentni qayta tashkil etilishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalaridagi eʼlon nusxasi;
unga muvofiq aksiyalarni boshqa emitentlar aksiyalariga yoki yuridik shaxslarning ulushlariga (paylariga) ayirboshlanishi amalga oshiriladigan emitent aksiyadorlari reyestrining nusxasi;
e) yangi chiqarilish amalga oshirilgan taqdirda:
qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror (qarorlar) va risola (risolalar), shuningdek ularga kiritilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning (oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda) asli (asllari). Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning asllari yoʻqotilgan taqdirda yoʻqotish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalaridagi eʼlon nusxasi taqdim etiladi.
j) bitta chiqarilishdagi barcha AQQni ayirboshlash amalga oshirilgan taqdirda:
AQQ chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror (qarorlar) va risola (risolalar), shuningdek ularga kiritilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning (oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda) asli (asllari). Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning asllari yoʻqotilgan taqdirda yoʻqotish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalaridagi va Korporativ axborot yagona portalidagi eʼlonlarning nusxalari taqdim etiladi;
barcha AQQ egalarining ularga tegishli boʻlgan AQQni ayirboshlash toʻgʻrisidagi arizalarining emitent tomonidan tasdiqlangan nusxalari (mavjud boʻlgan taqdirda).
103. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishi (chiqarishlari) davlat roʻyxat raqamini bekor qilish, shuningdek, YADRga yozuvlar kiritish mazkur Qoidalarning 102-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ olgan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha holat nazarda tutilmagan boʻlsa.
104. Mazkur Qoidalarning 100-bandida nazarda tutilgan holatlarda qimmatli qogʻozlar chiqarilishi (chiqarishlari) davlat roʻyxat raqamini bekor qilish, shuningdek, YADRga yozuvlar kiritish, emitent tomonidan mazkur Qoidalarning 102-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilganda, qimmatli qogʻozlarning yangi, qoʻshimcha yoki birlamchi chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan birgalikda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning tegishli qarori emitentga va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuboriladi.
XVI. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini, shuningdek, avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishga kiritilgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish
105. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ quyidagi holatlarda qimmatli qogʻozlar chiqarilishini, shuningdek, avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga kiritilgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi:
a) qimmatli qogʻozlar chiqarilishini (avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlarni) davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar va ularda mavjud maʼlumotlarning qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiqligi;
b) mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan hujjatlarni toʻliq taqdim etilmaganligi;
v) emitent tomonidan qimmatli qogʻozlar chiqarilishi (avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi) toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish tartibiga rioya etilmaganligi;
g) mazkur Qoidalarning XII bobida nazarda tutilgan yigʻimlarning toʻlanmaganligi;
d) qimmatli qogʻozlar chiqarilishini amalga oshiruvchi yuridik shaxsning ularni chiqarishga boʻlgan huquqining mavjud emasligi.
106. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qimmatli qogʻozlar chiqarilishini, shuningdek, avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi xabari roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan emitentga rad etish sababini oʻz ichiga olgan yozma bildirishnomani joʻnatish orqali yetkaziladi.
107. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qimmatli qogʻozlar chiqarilishini, shuningdek, avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
108. Rad etish sababini oʻz ichiga olgan yozma bildirishnomani olgan kundan boshlab uch oy mobaynida emitent roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga faqat oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilgan hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega. Koʻrsatilgan hujjatlar mazkur Qoidalarda belgilangan nusxalar sonida ilova xat va taqdim etilayotgan hujjatlar roʻyxati bilan birgalikda taqdim etiladi.
Bu holatda qoʻshimcha va (yoki) qayta ishlangan hujjatlarni taqdim etish sanasi qimmatli qogʻozlar chiqarilishini hamda ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlar taqdim etilgan sana deb hisoblanadi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan koʻrsatilgan muddat ichida qayta murojaat etilgan taqdirda, yangitdan taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklardan tashqari yangi asoslarga koʻra emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
XVII. Yakunlovchi qoidalar
109. Mazkur Qoidalarning talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
110. Avval roʻyxatdan oʻtkazilgan risolalar, chiqarilishlar anketalari va chiqarilishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qimmatli qogʻozlar chiqarilishlari toʻgʻrisidagi qarorlar deb hisoblanadi.
111. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 6-iyul
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 6-iyul
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga 1-ILOVA
* Baholovchi tashkilot majburiy tarzda jalb etilgan xollar uchun.
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga 1a-ILOVA
* Obligatsiyalar uchinchi shaxsning taʼminoti ostida chiqarilgan taqdirda.
** Baholovchi tashkilot majburiy tarzda jalb etilgan xollar uchun.
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga 1b-ILOVA
“TASDIQLANGAN”“ROʻYXATDAN OʻTKAZILGAN”______________________________________________________________________________(emitentning nomi)(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi)________________________________________________________________________________________(jamiyat kuzatuv kengashi raisining yoki boshqa vakolatli shaxsning F.I.O. va imzosi)(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ vakolatli shaxsining lavozimi, F.I.O., imzo)________________________________-son_________________________________-son(sana)(sana)M.Oʻ.OBLIGATSIYA DASTURI_____________________________________________________________________________________________________(Obligatsiya dasturining davomiyligi koʻrsatiladi)_____________________________________________________________________________________________________(obligatsiyalar dasturi doirasida joylashtiriladigan obligatsiyalarning turlari)Obligatsiya dasturining tartib raqami ____________________________________________.Tasdiqlangan _____________________________________________________________________________________(emitentning obligatsiya dasturini chiqarish haqidagi qarorni tasdiqlagan organi koʻrsatiladi)“___” __________ 20___ y. Bayonnoma № ____ asosida ___________________________________________________(emitentning obligatsiya dasturini chiqarish haqidagi qarorni qabul qilgan organi koʻrsatiladi)Emitentning joylashgan manzili, pochta manzili va muloqot telefonlari: _____Emitent rahbari: _____________________________________________________________________________ (F.I.O., imzo)Bosh buxgalter: ___________________________________________________________ (F.I.O., imzo)Sana1. Joylashtiriladigan obligatsiyalar nominal qiymatlari va ularning umumiy summasi:______________________________________________________________________________________________________________________(Obligatsiya dasturi doirasida joylashtiriladigan obligatsiyalarning nominal qiymatlari va ularning umumiy summasi koʻrsatiladi.)2. Obligatsiya dasturining amal qilish muddati:__________________________________________________________________________________________________________________(Obligatsiya dasturi doirasida obligatsiyalar joylashtirilishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi.)3. Obligatsiyalarning muomala muddati:__________________________________________________________________________________________________________________Obligatsiya dasturi doirasida joylashtirilgan obligatsiyalarning muomala muddati koʻrsatiladi.4. Obligatsiya dasturi doirasida joylashtirilishi mumkin boʻlgan obligatsiyalar egalarining huquqlari:_________________________________________________________________________________________________________________4.1. Emitentning ixtiyoriga koʻra, obligatsiya egasining emitentdan belgilangan muddatda obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mol-mulk ekvivalentini olish huquqi koʻrsatiladi, shuningdek obligatsiya boʻyicha foiz yoki boshqa mol-mulkni olish huquqi ham koʻrsatilishi mumkin.Obligatsiya dasturi doirasida joylashtiriladigan obligatsiyalarga taʼminot berilgan hollarda, ushbu taʼminotdan kelib chiqadigan obligatsiya egalari huquqlari koʻrsatiladi. Shuningdek, obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, taʼminlangan obligatsiya boʻyicha huquqlar egasiga (sotib oluvchiga) garov taʼminotidan kelib chiqadigan barcha huquqlar oʻtishi va taʼminotdan kelib chiqqan huquqlarni obligatsiyaga boʻlgan huquqlarni oʻtkazmasdan turib berish haqiqiy emasligi koʻrsatiladi.4.2. Agar obligatsiyalar muomalasida boshqa cheklovlar mavjud boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda ushbu obligatsiyalarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish va ularning oʻtishi bilan bogʻliq xususiyatlar koʻrsatiladi.5. Obligatsiyalar boʻyicha toʻlovlar va daromadlarni toʻlash tartibi hamda shartlari:_________________________________________________________________________________________________________________5.1. Obligatsiyalarni soʻndirish shakli:Obligatsiyalarni qaytarish shakli (naqd pul, mol-mulk), shuningdek obligatsiya egalariga qaytarish shaklini tanlash imkoniyati va shartlari koʻrsatiladi. Agar obligatsiyalar mulk bilan qaytarilsa, bu mulk haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.5.2. Obligatsiyalarni soʻndirish tartibi va shartlari:Emitentning vakolatli boshqaruv organi qaroriga asosan obligatsiya dasturi doirasida chiqariladigan obligatsiyalarni soʻndirish boʻyicha toʻlovlar tartibi va shartlari belgilanishida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:obligatsiyalarni soʻndirish muddati (sanasi) va uni aniqlash tartibi;obligatsiyalarni soʻndirish tartibi va shartlari;5.3. Har bir obligatsiya boʻyicha toʻlanadigan daromadni aniqlash tartibi.Daromad miqdori va uni aniqlash tartibi, jumladan har bir kupon boʻyicha toʻlanadigan daromad miqdori va uni aniqlash tartibi koʻrsatiladi.Agar obligatsiyalar boʻyicha daromad belgilangan davrlar (kupon davrlari) boʻyicha toʻlanishi nazarda tutilayotgan boʻlsa, qoʻshimcha ravishda bunday davrlar va ularni aniqlash tartibi, shuningdek har bir yoki alohida kupon boʻyicha toʻlanadigan daromad miqdori va uni aniqlash tartibi koʻrsatiladi.5.4. Obligatsiyalar boʻyicha daromadni toʻlash tartibi va muddati.Obligatsiyalar boʻyicha daromadni toʻlash muddati va uni aniqlash tartibi koʻrsatiladi.Agar obligatsiyalar boʻyicha daromadni puldan oʻzga vositalar bilan toʻlash koʻzda tutilgan boʻlsa, obligatsiyalar boʻyicha daromadlarni pulsiz toʻlash (oʻtkazish) tartibi ham koʻrsatilishi mumkin.5.5. Obligatsiyalarni muddatidan oldin qaytarib sotib olish tartibi va shartlari.Obligatsiyalarni muddatidan oldin qaytarib sotib olish shartlari (qiymatni aniqlash tartibi), obligatsiyalarni emitent tomonidan yoki obligatsiya egalari tomonidan ertaroq toʻlash talabini oʻz ichiga olgan arizalarni yoʻllash (muddatni belgilash tartibi), emitent tomonidan obligatsiyalarni muddatidan oldin qaytarib sotib olish shartlari va natijalari haqida axborotni oshkor qilish (taqdim etish) tartibi, shuningdek emitentning yoki obligatsiya egalari talabiga binoan muddatidan oldin amalga oshirish holatiga koʻra belgilangan boshqa shartlar koʻrsatiladi.5.6. Obligatsiyalar boʻyicha toʻlov agentlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.Toʻlov agentlari haqidagi maʼlumotlar (shu jumladan, emitent tomonidan qoʻshimcha toʻlov agentlarini tayinlash va bunday tayinlashlarni bekor qilish imkoniyati, shuningdek bunday harakatlar haqidagi maʼlumotlarni oshkor etish tartibi) koʻrsatiladi.Agar obligatsiyalar boʻyicha qaytarish va (yoki) daromadlarni toʻlash (oʻtkazish) uchun toʻlov agentlarini jalb qilish koʻzda tutilgan boʻlsa, har bir toʻlov agentlari boʻyicha quyidagilar koʻrsatiladi:toʻlov agentlarining toʻliq va qisqartirilgan (agar mavjud boʻlsa) tashkilot nomlari, joylashuvi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami;toʻlov agentining emitent bilan tuzilgan shartnoma asosidagi majburiyatlari.6. Obligatsiyalar dasturi doirasida joylashtirilgan obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlashga doir maʼlumotlar:_________________________________________________________________________________________________________________6.1. Obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun taʼminot bergan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.Agar obligatsiya dasturi obligatsiyalarni joylashtirish doirasida taʼminot taqdim etilishini nazarda tutayotgan boʻlsa, har bir taʼminot beruvchi shaxs boʻyicha ularning toʻliq va qisqartirilgan (agar mavjud boʻlsa) nomlari (notijorat tashkilotlari uchun — nomi) va joylashgan manzili, shuningdek jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash manzili koʻrsatiladi.Obligatsiyalar boʻyicha taʼminot beruvchi shaxsning moliyaviy va xoʻjalik faoliyati haqidagi maʼlumotlarni oshkor etish majburiyati mavjudligi koʻrsatiladi.6.2. Obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarni bajarishni taʼminlash shartlari.7. Obligatsiyalar dasturi doirasida chiqariladigan obligatsiyalarni joylashtirish shartlari:_________________________________________________________________________________________________________________Obligatsiyalar dasturida doirasida chiqariladigan obligatsiyalarni joylashtirish shartlarida obligatsiyalar joylashtirish usuli, obligatsiyalarni joylashtirish tartibi, narxi va obligatsiyalarni joylashtirish narxini aniqlash tartibi, obligatsiyalar toʻlovining shartlari va tartibi qoʻshimcha ravishda koʻrsatiladi.8. Boshqa maʼlumotlar:_________________________________________________________________________________________________________________
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga 2a-ILOVA
* Aylanma mablagʻlarni toʻldirish, uskunalar xarid qilish va hokazo)
** Shu jumladan muddati oʻtkazib yuborilgan
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga 2b-ILOVA
1-bob. Jamiyat toʻgʻrisida maʼlumot
1. Jamiyati nomi.
(Jamiyatning toʻliq va qisqargan nomi, jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli)
2. Jamiyatning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(Koʻrsatiladi:
a) birlamchi davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi va raqami;
b) davlat roʻyxatidan qayta oʻtish sanasi va raqami (qayta roʻyxatdan oʻtish amalga oshirilgan boʻlsa);
v) nomi oʻzgargan boʻlsa, avvalgi barcha qisqargan va toʻliq nomlari, shuningdek, oʻzgartirilgan sanalar koʻrsatiladi;
d) agar jamiyat yuridik shaxs (shaxslar)ni qayta tashkil etish natijasida tashkil topgan boʻlsa, qayta tashkil etilgan shaxslar va (yoki) jamiyatlarning vorisi ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Maʼlumotlar xronologik tartibda keltiriladi)
3. Jamiyatning joylashgan joyi, telefon va faks raqamlari, rasmiy veb-sayt va elektron pochta maʼlumotlari.
4. Jamiyatning bank rekvizitlari.
(Agar jamiyat tijorat banki boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida uning vakillik hisobvaragʻi koʻrsatiladi)
5. Jamiyatning soliq organi nomi va STIR.
6. Davlat statistika organi tomonidan berilgan kodlar.
7. Reytinglar mavjudliligi haqidagi maʼlumotlar.
(Jamiyatga reyting(lar) berilgan taqdirda, jamiyatga berilgan har bir reyting boʻyicha soʻnggi _____ tugallangan hisobot yillari uchun quyidagilar koʻrsatiladi:
a) reyting berilgan obyekt (jamiyat, jamiyat qimmatli qogʻozlari);
b) hujjatlarni roʻyxatga olish uchun roʻyxatga oluvchi organga taqdim etish sanasigacha boʻlgan soʻnggi _____ tugallangan hisobot yillari uchun reyting baholarining oʻzgarish tarixi;
v) reytingni bergan tashkilotning toʻliq va qisqargan nomi, yuridik va pochta manzillari;
g) reyting toʻgʻrisida jamiyat bildirishni maʼqul topgan boshqa maʼlumotlar.
Boʻsh katakda jamiyat necha yillik maʼlumotlarni taqdim etayotganligi koʻsatiladi)
8. Jamiyat filiallari hamda vakilliklari toʻgʻrisida maʼlumot.
(Ularning toʻliq nomlari, joylashgan manzillari va bogʻlanish uchun maʼlumotlar)
9. Shuʼba va (yoki) tobe yuridik shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot (mavjud boʻlgan taqdirda).
(Har bir shunday yuridik shaxs boʻyicha quyidagi axborot taqdim etiladi:
toʻliq nomi, soliq toʻlovchining individual raqami, joylashgan manzillari va bogʻlanish uchun maʼlumotlar;
yuridik shaxsni jamiyatga nisbatan shuʼba va (yoki) tobe deb topish uchun asos;
shuʼba va (yoki) tobe yuridik shaxs ustav kapitalida jamiyat ishtiroki ulushi, shuʼba va (yoki) tobe yuridik shaxs aksiyadorlik jamiyati boʻlgan taqdirda — bunday aksiyadorlik jamiyatining jamiyatga tegishli ovoz beruvchi aksiyalari ulushi)
10. Jamiyatning Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida joylashgan sanoat, bank, moliyaviy guruhlar, xoldinglar, konsernlar, uyushmalar, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilariga tegishliligi, tovar, valyuta, fond, boshqa birjalardagi aʼzoligi, ularning toʻla nomlari va manzillari koʻrsatilgan holda.
(Agar jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyati natijalari ushbu tashkilotlar bilan bogʻliq boʻlsa, bunday bogʻliqlik xarakteri toʻgʻrisida batafsil bayon qilinadi)
11. Jamiyatning tashkiliy tuzilmasi.
(Maʼlumotlar mazkur risolaga ilovada koʻrsatilishi mumkin.)
12. Ishchilarning oxirgi _____yil uchun oʻrtacha yillik soni (odamlar):
(Maʼlumot sonlar kesimida oshkor qilinadi:
jamiyatning asosiy faoliyati boʻyicha band boʻlgan xodimlar;
maʼmuriy-boshqaruv xodimlari.
Boʻsh katakda jamiyat necha yillik maʼlumotlarni taqdim etayotganligi koʻrsatiladi)
13. Jamiyat ustav kapitalining 5 va undan ortiq foiziga ega boʻlgan tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ushbu ilovaning 11-bandida koʻrsatilgan yuridik shaxslar bundan mustasno).
(Har bir yuridik shaxs boʻyicha quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
toʻliq nomi, soliq toʻlovchining individual raqami, joylashgan manzillari va bogʻlanish uchun maʼlumotlar;
jamiyatning ustav kapitalidagi ulushi, bunday tashkilot aksiyadorlik jamiyati boʻlsa — jamiyatga tegishli ovoz beruvchi aksiyalar ulushi)
14. Korporativ boshqaruv kodeksining jamiyat tomonidan qabul qilingan sanasi (agar Nizomda uni qabul qilish koʻzda tutilgan boʻlsa).
15. Jamiyat qimmatli qogʻozlarini xarid qilish haqida qaror qabul qilish uchun oshkor qilinishi muhim deb bilgan boshqa maʼlumotlar.
2-bob. Kelgusi qimmatli qogʻozlar chiqarilishini muomalaga kiritish shartlari
16. Kelgusi aksiyalar chiqarilishi shartlari.
a) chiqarilishdagi aksiyalar turi (oddiy va/yoki imtiyozli);
b) chiqarilishdagi aksiyalar miqdori;
(Raqam va yozuv bilan koʻrsatiladi)
v) chiqarilishdagi aksiyaning nominal qiymati, soʻmda;
(Raqam va yozuv bilan koʻrsatiladi)
g) chiqarilishning umumiy hajmi, soʻmda;
(Raqam va yozuv bilan koʻrsatiladi)
d) aksiyalarni joylashtirish muddati va tartibi;
(Aksiyalarni joylashtirishni boshlash va yakunlash sanasi yoki aksiyalarni joylashtirish sanasini belgilash tartibi koʻrsatiladi.
Aksiyalarni joylashtirish muddati aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish sanasi bilan bogʻliq ravishda belgilansa, bunday axborotni ochiqlash tartibi ham koʻrsatiladi)
e) toʻlov usuli va joylashtiriladigan aksiyalar narxi (qiymati);
(Bundan tashqari, aksiyalarni joylashtirish narxini belgilash tartibi koʻrsatilishi mumkin.
Aksiyalar pul mablagʻlari bilan toʻlanmasa, aksiyalar toʻlanishi mumkin boʻlgan mol-mulk roʻyxati koʻrsatiladi)
j) aksiyalarni toʻlash shartlari va tartibi;
(Aksiyalarni toʻlash shartlari va tartibi, shu jumladan, hisob-kitoblarning shakli, aksiyalar toʻlanishiga kelib tushadigan pul vositalari koʻchirilishi lozim boʻlgan bank hisobvaraqlari koʻrsatiladi)
z) ushbu chiqarilishning aksiyalarini sotib olishga boʻlgan cheklovlar;
(Cheklovlar koʻrsatilayotganda, cheklov oʻrnatishga asos boʻlgan hujjat(lar) va (yoki) qonunchilik hujjatlari koʻrsatiladi)
i) investor tomonidan sotib olingan aksiyalar boʻyicha olinadigan daromadni soliqqa tortish toʻgʻrisidagi maʼlumot;
k) aksiyalarni chiqarishdan maqsad;
l) aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda aksiyalar toʻlovi sifatida jamiyat olgan mablagʻlarni qaytarish tartibi;
(Ushbu aksiyalar chiqarilishini amalga oshmagan deb topish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilish tartibi ham koʻrsatiladi)
m) avvalgi aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(Koʻrsatiladi:
davlat roʻyxatidan oʻtish sanasi va raqami, chiqarishning identifikatsiya raqami;
joylashtirishni boshlash sanasi;
joylashtirishni yakunlash sanasi;
muomalaga chiqish sanasi;
aksiyalarning nominal qiymati, soʻmda;
aksiyalar chiqarilishinig umumiy xajmi, soʻmda;
chiqarilgan aksiyalarning umumiy soni, dona;
chiqarilgan aksiyalarning turi va ularning turlari boʻyicha miqdori (oddiy aksiyalar, dona, imtiyozli aksiyalar, dona);
umumiy chiqarilish ichidan joylashtiriladigan aksiyalar foizi, toʻliq joylashtirmaslik sababi (toʻliq joylashtirilmagan taqdirda);
aksiyalarni chiqarishdan maqsad.
Maʼlumot kamida oxirgi uch yil ichidagi har bir chiqarilish boʻyicha koʻrsatiladi. Agar jamiyat faoliyatni uch yildan kamroq muddat ichida amalga oshirayotgan boʻlsa, faoliyat yuritgan davri mobaynidagi har bir chiqarilish boʻyicha maʼlumot koʻrsatiladi)
n) soʻnggi _____ yil uchun hisoblangan va toʻlangan dividendlar toʻgʻrisida maʼlumot;
(Boʻsh katakda jamiyat maʼlumotni oshkor qiladigan yillar koʻrsatiladi.
Maʼlumot kamida soʻnggi uch yil uchun koʻrsatiladi. Agar jamiyat faoliyatni uch yildan kamroq muddat ichida amalga oshirayotgan boʻlsa, faoliyat yuritgan davri mobaynidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi)
o) mavjud aksiyalarni birlashtirish yoki taqsimlash sanasi va sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(Maʼlumot bunday holat yuz berganda koʻrsatiladi)
p) oxirgi yil uchun aksiyalar narxlarining taqsimlanishi, birja yoki birjadan tashqarida savdolarda rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgan yuqori va pastki narxlar koʻrsatilgan holda;
r) aksiyalar realizatsiya qilinadigan joylar (qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisining nomi va uning maʼlumotlari).
17. Kelgusi obligatsiyalar chiqarilishi shartlari.
a) obligatsiyalar chiqarilishi haqida maʼlumotlar:
obligatsiyalar turi;
obligatsiyaning nominal qiymati, soʻmda;
(Agar bir dona obligatsiyaning nominal qiymati indeksatsiya qilingan miqdor boʻlsa, qoʻshimcha ravishda bir dona obligatsiyaning nominal qiymati hisoblash tartibi koʻrsatiladi. Raqamlar va soʻzlar bilan koʻrsatiladi)
obligatsiyalar soni;
(Raqamlar va soʻzlar bilan koʻrsatiladi)
obligatsiyalar chiqarilishining umumiy hajmi;
(Raqamlar va soʻzlar bilan koʻrsatiladi)
toʻlov usuli va joylashtiriladigan obligatsiyalar narxi (qiymati).
(Undan tashqari, obligatsiyalarni joylashtirish narxini belgilash tartibi koʻrsatilishi mumkin.
Agar ushbu chiqarilish ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarilishi boʻlsa, qoʻshimcha ravishda ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalarni olish imtiyozli huquqiga ega boʻlgan shaxslarga obligatsiyalar narxi va joylashtirish narxini belgilash tartibi koʻrsatiladi)
b) obligatsiyalar boʻyicha daromad olish:
obligatsiyalar boʻyicha mukofotni aniqlash tartibi;
(Agar obligatsiyalar boʻyicha mukofotni aniqlash tartibi indeksatsiya qilingan miqdor boʻlsa, qoʻshimcha ravishda bunday miqdorni hisoblash tartibi koʻrsatiladi)
obligatsiyalar boʻyicha mukofotni toʻlash davriyligi va (yoki) obligatsiyalar boʻyicha mukofotni toʻlash sanasi;
obligatsiyalar boʻyicha mukofotni toʻlashni boshlash sanasi;
obligatsiyalar boʻyicha mukofotni toʻlash tartibi va usullari, obligatsiyalar boʻyicha mukofotni olish usullari;
v) obligatsiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari:
joylashtirish usuli;
ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalarni sotib olishga boʻlgan cheklovlar;
(Cheklovlar koʻrsatilayotganda, cheklov oʻrnatishga asos boʻlgan hujjat(lar) va (yoki) qonunchilik hujjatlari koʻrsatiladi)
obligatsiyalarni joylashtirish muddati va tartibi;
(Obligatsiyalar joylashtirilishining boshlanish va tugash sanasi yoki joylashtirish sanasini belgilash tartibi koʻrsatiladi.
Agar obligatsiyalarni joylashtirish muddati obligatsiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi har qanday maʼlumot oshkor qilingan sana koʻrsatilishi bilan belgilansa, bunday maʼlumotlarni oshkor qilish tartibi ham koʻrsatiladi)
obligatsiyalar realizatsiya qilinadigan joylar (qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisining nomi va uning maʼlumotlari);
g) obligatsiyalar muomalasi tartibi va shartlari;
(Obligatsiyalar muomalasiining boshlanish va tugash sanasi yoki muomala sanasini belgilash tartibi koʻrsatiladi)
d) obligatsiyalarni soʻndirish tartibi va shartlari:
obligatsiyalarni soʻndirish sanasi;
obligatsiyalarni soʻndirish usuli;
(Agar obligatsiyalarni soʻndirishda mukofot va nominal qiymati toʻlovini amalga oshirish obligatsiyalarni chiqarilish risolasiga muvofiq boshqa mulkiy huquqlar bilan amalga oshirilsa, ushbu huquqlarning tavsiflari, ularni saqlash usullari, ularni baholash tartibi va ushbu huquqlarni baholash uchun vakolatli shaxslar koʻrsatiladi)
e) obligatsiyalarni muddatidan oldin soʻndirish imkoniyati va shartlari;
(Muddatidan oldin soʻndirish narxi (qiymati) (yoki muddatidan oldin soʻndirish narxini (qyimatini) belgilash tartibi), obligatsiyalar muddatidan oldin soʻndirish uchun taqdim etilishi mumkin boʻlgan muddat, shuningdek, jamiyat tomonidan muddatidan oldin soʻndirish toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish tartibi koʻrsatiladi)
j) qimmatli qogʻozlar chiqarilishi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, jamiyat tomonidan obligatsiyalar uchun toʻlov sifatida olingan mablagʻlarni qaytarish tartibi;
(Ushbu obligatsiyalar chiqarilishini amalga oshmagan deb topish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilish tartibi ham koʻrsatiladi)
z) ayirboshlanadigan obligatsiyalar toʻgʻrisida maʼlumot;
(Ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarilganda qoʻshimcha ravishda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar turi, soni va joylashtirilish narxini aniqlashning tartibi, ushbu aksiyalar boʻyicha huquqlar;
obligatsiyalarni ayirboshlash tartibi va shartlari;
ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan joylashtirilgan obligatsiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi.
Ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan joylashtirilgan obligatsiyalarni sotib olishda imtiyozli huquq berilgan taqdirda:
ushbu imtiyozli huquqqa ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati tuzilgan sana (sanani aniqlash tartibi);
shu tarzda joylashtirilgan obligatsiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisida xabardor qilish tartibi;
shu tarzda joylashtirilgan obligatsiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi;
obligatsiyalarni ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlash tartibi koʻrsatiladi)
i) ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar boʻyicha taʼminot;
(Koʻrsatiladi:
taʼminot turi;
taʼminotning puldagi qiymati;
taʼminotni taqdim etgan yuridik shaxsga — toʻliq firma nomi, jumladan, uning tashkiliy-huquqiy shakli, soliq toʻlovchining individual raqami;
soliq toʻlovchining F.I.O., yashash manzili va individual raqami (taʼminotni taqdim etgan jismoniy shaxs uchun.
Taʼminot ikkita yoki undan ortiq obyekt, taʼminot turi bilan, shuningdek, ikkita yoki undan ortiq shaxs tomonidan taqdim etilgan boʻlsa, har biri boʻyicha axborot alohida koʻrsatiladi)
k) garov sifatida taqdim etilgan mol-mulkni baholashda qatnashgan baholovchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(Koʻrsatiladi:
toʻliq nomi, shu jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli;
joylashgan manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlar;
tashkilotga professional faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziya raqami va sanasi;
garov sifatida taqdim etilgan mol-mulkni baholash uchun jalb qilingan tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaning sanasi va raqami)
l) bank kafolatini taqdim etgan bank toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(Koʻrsatiladi:
toʻliq nomi, jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli;
joylashgan manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlar;
kafolat shartnomasi raqami va sanasi, shuningdek, kafolatning muddati va shartlari)
m) obligatsiyalarning ushbu chiqarilishi boʻyicha jamiyatning majburiyatlarini sugʻurtalagan sugʻurta tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumotlar;
(Koʻrsatiladi:
toʻliq nomi, jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli;
joylashgan manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlar;
sugʻurta polisi va sugʻurta shartnomasi raqami va sanasi)
n) obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan pullardan foydalanishning maqsadi;
(Jamiyatning obligatsiyalarni joylashtirishdan oladigan pullardan foydalanishining aniq maqsadlari koʻrsatiladi.)
o) obligatsiyalar egasiga beriladigan huquqlar;
(Koʻrsatiladi:
jamiyatdan obligatsiyaning nominal qiymatini olish yoki obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda (emissiya risolasida) nazarda tutilgan boshqa mol-mulkka teng boʻlgan huquqni, shuningdek, obligatsiya nominal qiymatining belgilangan foiz ulushini yoki obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda (emissiya risolasida) nazarda tutilgan boshqa mulk huquqini olish huquqi;
amalga oshirish shartlari, tartibi va muddatlari koʻrsatilgan holda, shu jumladan, jamiyatning oʻz kapitali miqdori kamayganida va uning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgarganida, jamiyat tomonidan obligatsiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi. Bunda, jamiyatning oʻz kapitalining kamayishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oshkor qilish tartibi koʻrsatilishi kerak;
boshqa huquqlar)
p) investor tomonidan sotib olingan obligatsiyalar boʻyicha olingan daromadni soliqqa tortish toʻgʻrisidagi maʼlumot;
r) roʻy berishi oqibatida jamiyatning obligatsiyalari boʻyicha majburiyatlar bajarilmasligi ehtimoli boʻlgan hodisalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(Koʻrsatiladi:
roʻy berishi oqibatida jamiyatning obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarini bajarilmasligi ehtimoli boʻlgan hodisalar roʻyxati;
obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish imkonsiz boʻlgan taqdirda jamiyat tomonidan koʻriladigan choralar, jumladan, obligatsiyalar boʻyicha foizlarni toʻlash majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda obligatsiya egalarining huquqlarini himoya qilish tartib-taomillari, shu jumladan, majburiyatlarni restrukturizatsiya qilish tartibi va shartlari;
jamiyat tomonidan obligatsiyalar egalariga, shu jumladan, bajarilmagan majburiyatlarning miqdori, majburiyatlarning bajarilmaganligi sabablari, obligatsiyalar egalarining oʻz talablarini qondirish boʻyicha mumkin boʻlgan xatti-harakatlari roʻyxati, obligatsiyalar egalari tomonidan jamiyatga, jamiyat zimmasidagi majburiyatlar jamiyat tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari boʻyicha solidar yoki subsidiar javobgar boʻlgan shaxslarga daʼvo bilan murojaat qilish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yetkazilish tartibi, muddatlari va usullari;
obligatsiyalar boʻyicha jamiyat zimmasidagi majburiyatlar jamiyat tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari boʻyicha solidar yoki subsidiar javobgar boʻlgan shaxslar bilan tuzilgan shartnoma sanasi va raqami, ushbu shaxslarning toʻliq nomi, shuningdek ularning davlat roʻyxatiga olingan sanasi (mavjud boʻlgan taqdirda)
s) jamiyat obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgan taqdirda, obligatsiyalar egalari harakatlarining tavsifi;
(Obligatsiyalar boʻyicha daromadlarni qaytarish va toʻlash boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilish tartibi, bunda bajarilmagan majburiyatlar miqdori, majburiyatlarning bajarilmasligining sababi, shuningdek, obligatsiyalar egalarining oʻz talablarini qondirish boʻyicha mumkin boʻlgan harakatlari roʻyxati koʻrsatiladi)
t) jamiyatning toʻlov agenti toʻgʻrisidagi maʼlumot (mavjud boʻlgan taqdirda);
(Koʻrsatiladi:
toʻlov agentining toʻliq nomi;
joylashgan manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlar;
jamiyat va toʻlov agenti oʻrtasidagi shartnomaning sanasi va raqami.
Agar obligatsiyalar chiqarilishida obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarning naqd pulda toʻlanishi koʻzda tutilgan boʻlsa, maʼlumotlar majburiy ravishda oshkor qilinadi)
171. Mazkur chiqariluv asos uchun boʻlgan seriyali obligatsiyalar dasturi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (obligatsiya dasturi doirasida ilgari chiqarilgan va joylashtirilgan obligatsiyalar soni, umumiy hajmi, roʻyxatdan oʻtgan sana, raqami va hokazo):________
3-bob. Emissiya toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar
18. Ushbu qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan jamiyat organi va qaror qabul qilingan sana.
19. Ushbu chiqarilish boʻyicha jamiyat tomonidan jalb qilingan qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari haqida maʼlumot.
(Koʻrsatiladi:
toʻliq nomi, jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli;
joylashgan manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlar;
tashkilot professional faoliyat yuritishi uchun berilgan litsenziya raqami va sanasi. Jamiyat tomonidan investitsiya maslahatchisi jalb qilingan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga faoliyat boshlanishi toʻgʻrisida xabarnoma yuborganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi;
jamiyat va qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi oʻrtasida tuzilgan shartnomasi sanasi va raqami)
20. Mustaqil auditor toʻgʻrisidagi axborot.
(Koʻrsatiladi:
soʻngi tugallangan _____ moliya yilida jamiyat moliya hisoboti auditini amalga oshirgan auditorlik tashkilotining toʻliq rasmiy nomi (auditor F.I.O.);
joylashgan manzili va aloqa maʼlumotlari;
Boʻsh katakda jamiyat necha yillik maʼlumotlarni taqdim etayotganligi koʻsatiladi)
201. Obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni Milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiq ishlatish maqsadi toʻgʻrisida maʼlumot (yashil korporativ obligatsiyalar uchun).
202. Milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablari doirasida erishiladigan rejalashtirilgan natijalar (KPI) toʻgʻrisida maʼlumot (yashil korporativ obligatsiyalar uchun).
203. Yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi, shuningdek, bunday sertifikatni bergan tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yashil korporativ obligatsiyalar uchun).
21. Mazkur chiqarilish bilan bogʻliq tegishli xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzilgan yuridik va moliya masalalari boʻyicha maslahatchilarning toʻliq nomi.
22. Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi tashqilotlar toʻgʻrisida maʼlumot.
(Koʻrsatiladi:
toʻliq nomi, jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli;
joylashgan manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlar;
qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma sanasi va raqami)
23. Roʻyxatga olingan obligatsiyalar chiqarilishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(Koʻrsatiladi:
har bir chiqarilishdagi obligatsiyalarning umumiy miqdori, turi va nominal qiymati, obligatsiyalar har bir chiqarilishining davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi, har bir chiqarish boʻyicha joylashtirilgan obligatsiyalar miqdori, shuningdek, obligatsiyalarni joylashtirishda jalb etilgan mablagʻlarning umumiy miqdori, har bir obligatsiya chiqarilishi boʻyicha hisoblangan va toʻlangan mukofot miqdori, qayta sotib olingan obligatsiyalar miqdori;
joylashtirilmagan obligatsiyalar foizi, joylashtirmaganlik sababi (agar bunday holat boʻlsa);
jamiyatning obligatsiyalar egalari oldidagi majburiyatlarini bajarmasligi holatlari boʻyicha maʼlumotlar (obligatsiyalar boʻyicha mukofotlarni toʻlamaslik (toʻlovning kechiktirilishi), jumladan, bajarilmagan majburiyatlar hajmi va qancha muddatga kechiktirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisoblangan, ammo toʻlab berilmagan mukofot miqdori (tur va chiqarishlar boʻyicha alohida);
maʼlum bir obligatsiyalar chiqarilishini joylashtirish yoki muomalaga chiqarish toʻxtatilgan (tiklangan) boʻlsa, bunday qarorni qabul qilgan davlat organi, asos va qaror qabul qilingan sana koʻrsatiladi.
Maʼlumotlar ushbu obligatsiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanagacha jamiyatning barcha roʻyxatga olingan obligatsiyalari toʻgʻrisida xronologik tartibda beriladi.
Jamiyatning soʻndirilmagan ayirboshlanadigan obligatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar alohida koʻrsatiladi)
4-bob. Jamiyatning boshqaruv va ijro organlari toʻgʻrisidagi maʼlumot
24. Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(Koʻrsatiladi:
kuzatuv kengashi raisi va aʼzolarining F.I.O. (kuzatuv kengashida mustaqil aʼzo(lar) boʻlsa, ular ham koʻrsatiladi);
kuzatuv kengashi aʼzolari saylangan sana va ularning soʻnggi _____ yil ichidagi va hozirgi vaqtdagi mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi xronologik tartibdagi maʼlumotlar;
kuzatuv kengashi har bir aʼzosiga tegishli jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarining jamiyat ustav kapitalidagi ovoz beruvchi aksiyalarning umumiy hajmiga foiz nisbati.
Boʻsh katakda jamiyat necha yillik maʼlumotlarni taqdim etayotganligi koʻsatiladi.
Axborot jamiyatning Kuzatuv kengashi mavjud boʻlsa oshkor etiladi)
25. Jamiyat kuzatuv kengashi qoʻmitalari toʻgʻrisidagi axborot.
(Qoʻmita nomi, uning vazifa va funksiyalari, shuningdek, tarkibi koʻrsatiladi. Maʼlumot jamiyat kuzatuv kengashi qoʻmitasi mavjud boʻlgan taqdirda oshkor qilinadi)
26. Jamiyatning kollegial (yakka) ijroiya organi toʻgʻrisida maʼlumotlar.
(Koʻrsatiladi:
ijroiya organi vazifasini yakka bajaruvchi shaxsning F.I.O. yoki kollegial ijroiya organi rahbari va aʼzolarining F.I.O;
ijroiya organi vazifasini yakka bajaruvchi shaxs saylangan sana, uning yoki kollegial ijroiya organi aʼzolari vakolatlari, soʻnggi _____ yil ichidagi va hozirgi vaqtdagi mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi xronologik tartibdagi maʼlumotlar;
jamiyat ijroiya organi vazifasini yakka bajaruvchi shaxs yoki jamiyat kollegial ijroiya organiga tegishli ovoz beruvchi aksiyalarning jamiyat ustav kapitalidagi ovoz beruvchi aksiyalar umumiy hajmiga foiz nisbati.
Boʻsh katakda jamiyat necha yillik maʼlumotlarni taqdim etayotganligi koʻrsatiladi)
27. Jamiyat ijroiya organining vazifasi topshirilgan tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumot.
(Koʻrsatiladi:
boshqaruv tashkilotining toʻliq nomi, jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili va aloqa maʼlumotlari;
boshqaruv tashkilotining ijroiya organi vazifalarini yakka tartibda bajaradigan shaxsning F.I.O., yoki boshqaruv tashkilotining kollegial ijroiya organi aʼzolari va kuzatuv kengashi aʼzolarining F.I.O;
boshqaruv tashkilotining ijroiya organi vazifalarini yakka tartibda bajaradigan shaxsga yoki boshqaruv tashkilotining kollegial ijroiya organi aʼzolari va kuzatuv kengashi aʼzolariga tegishli boʻlgan boshqaruv tashkilotining ovoz beruvchi aksiyalari (ustav kapitalidagi ulushlari) boshqaruvchi tashkilotning ovoz beruvchi aksiyalarining (ustav kapitalidagi ulushlarning) umumiy soniga foiz nisbati;
Maʼlumot ijroiya organning vakolatlari boshqaruv tashkilotiga topshirilgan taqdirda oshkor qilinadi)
28. Mukofot hamda ish haqining umumiy miqdori, shuningdek, soʻnggi _____ yil uchun mazkur Risolaning 24, 26 va 27-bandlarida koʻrsatilgan jamiyatning shaxslariga berilgan va toʻlangan imtiyozlar.
(Boʻsh katakda jamiyat necha yillik maʼlumotlarni taqdim etayotganligi koʻsatiladi)
29. Jamiyatning 5 va undan ortiq foiz aksiyalari (ulushi)ga ega boʻlgan aksiyadorlari (ishtirokchilari).
(Koʻrsatiladi:
aksiyadorning/ishtirokchining F.I.O., soliq toʻlovchining individual raqami (jismoniy shaxs uchun);
toʻliq nomi, soliq toʻlovchining individual raqami, joylashgan manzili (yuridik shaxslar uchun;
kuzatuv kengashi har bir azosiga tegishli jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarining jamiyat ustav kapitalidagi ovoz beruvchi aksiyalarning umumiy hajmiga foiz nisbati;
taʼsischi yoki yirik aksiyador (ishtirokchi) jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarining 5 va undan ortiq foiziga yoki ustav kapitalidagi ishtirok etish ulushiga egalik qilishni boshlagan sana)
30. Jamiyatning boshqa affillangan shaxslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
5-bob. Jamiyatining moliyaviy-iqtisodiy faoliyati koʻrsatkichlari
31. Jamiyat faoliyati turlari.
asosiy faoliyat turi va ishlab chiqariladigan mahsulotlar (xizmatlar) turlari;
jamiyatning litsenziyalari (patentlari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
32. Jamiyatning bozordagi ulushi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
33. Sohaning kelajakdagi taraqqiyoti borasidagi prognozlar va ushbu sohadagi jamiyatning oʻrni.
34. Soʻnggi _____ yil ichida yoki jamiyatning rasmiy faoliyati davrida sotilgan mahsulotlar (bajarilgan ish, xizmatlar) hajmi.
(Boʻsh katakda jamiyat necha yillik maʼlumotlarni taqdim etayotganligi koʻsatiladi.)
35. Jamiyatning oʻz mahsulotlari (ishlari, xizmatlari)ni sotishni tashkil etish boʻyicha faoliyati.
(Koʻrsatiladi:
jamiyat isteʼmol qiladigan tovarlar (ish, xizmat) umumiy hajmining 10 va undan ortiq foiziga toʻgʻri keladigan yetkazib beruvchilar nomi va joylashgan manzili;
jamiyat ishlab chiqaradigan tovarlar (ish, xizmat) umumiy hajmining 10 va undan ortiq foizini isteʼmol qiladigan isteʼmolchilar nomi va joylashgan manzili)
36. Jamiyat faoliyatiga taʼsir qiladigan omillar:
a) jamiyat faoliyati asosiy turlari boʻyicha savdo (ish, xizmat) daromadliligiga ijobiy va salbiy taʼsir qiladigan omillar;
b) jamiyatning sud jarayonlaridagi ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(Jamiyat faoliyatining toʻxtatilishi xavfi yoki oʻzgarishi, jamiyat aktivlari umumiy hajmining 10 (oʻn) va undan ortiq foizi miqdoridagi pul va boshqa majburiyatlarning undirilishi bilan bogʻliq sud jarayonlaridagi ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatish kerak.
Jamiyat qimmatli qogʻozlarini xarid qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishda muhim deb bilgan boshqa sud jarayonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ham oshkor qilishi mumkin)
v) vakolatli davlat organlari va (yoki) sud tomonidan soʻnggi _____ yil davomida jamiyatga va uning boshqaruv organi aʼzolariga nisbatan qoʻllangan barcha maʼmuriy jazolar (sanksiyalar, jumladan moliyaviy) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(Sanksiyani belgilagan organ, sana, qoʻllash sabablari, hajmi, shuningdek, ushbu sanksiyalar kimga nisbatan qoʻllangani va risola tasdiqlangan sanaga ularning bajarilishi darajasi.
Boʻsh katakda jamiyat necha yillik maʼlumotlarni taqdim etayotganligi koʻrsatiladi)
g) tavakkalchilik omillari:
jamiyat faoliyati bilan bogʻliq xavf-xatarlar;
(Jamiyat faoliyatiga xos yoki asosiy moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq xavf-xatarlar, jumladan, quyidagilar bilan bogʻliq xatarlar tavsiflanadi:
Maʼlum turdagi faoliyatni yuritish uchun yoki muomalasi cheklangan obyektlar (jumladan, tabiiy resurslar)dan foydalanish uchun litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish imkoniyatining yoʻqligi;
Uchinchi shaxslar, jumladan, jamiyatning shuʼba tashkilotlari boʻyicha jamiyat javobgarligi;
Savdo hajmi mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan olinadigan jami daromadning kamida 10 (oʻn) foiziga toʻgʻri keladigan isteʼmolchilarni yoʻqotish ehtimoli)
tarmoq xavf-xatarlari;
(Tarmoqdagi vaziyat yomonlashuvining jamiyat faoliyati va oʻz majburiyatlarini bajarishiga taʼsir qilishi mumkinligi bayon qilinadi. Jamiyat fikriga koʻra, tarmoqda boʻlishi mumkin boʻlgan eng ahamiyatli oʻzgarishlar (ichki va tashqi bozorda alohida) koʻrsatiladi.
Jamiyat oʻz faoliyatida foydalanadigan xomashyo, xizmatlar (ichki va tashqi bozorda alohida) narxlarining oʻzgarishi bilan bogʻliq xatarlar alohida bayon qilinadi.
Jamiyat mahsulotlari va (yoki) xizmatlari narxlarining oʻzgarishi bilan bogʻliq xatarlar (ichki va tashqi bozorda alohida), va ularning jamiyat faoliyatiga boʻlgan taʼsiri alohida bayon qilinadi)
moliyaviy xavf-xatarlar;
(Jamiyat moliyaviy ahvolining foiz stavkalari, xorijiy valyutani ayirboshlash kursi, shuningdek, qimmatli qogʻozlarga boʻlgan bozor narxlarining salbiy tomonga oʻzgarishiga aloqador xatarlarga bogʻliqligi bayon qilinadi.
Jamiyat moliya aktivlari va moliya majburiyatlari nomuvofiqligi (jumladan, jamiyatning bir yoki bir necha kontragentlari moliya majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmasligi oqibatida) va (yoki) kutilmaganda jamiyat moliya majburiyatlarini zudlik bilan bir vaqtning oʻzida amalga oshirish zarurati yuzaga kelishi oqibatida jamiyat oʻz majburiyatlarini toʻla bajara olmasligi bilan bogʻliq xatarlar alohida bayon qilinadi.
Moliya xatarlari taʼsirida moliya hisobotining qaysi koʻrsatkichlari oʻzgarishga koʻproq moyilligi, ularning paydo boʻlish ehtimoli va hisobotda oʻzgarishi xarakteri koʻrsatiladi)
huquqiy xavf-xatarlar;
operatsion xavf-xatarlar;
jamiyat qimmatli qogʻozlarini xarid qilish haqida qaror qabul qilish uchun muhim deb bilgan boshqa xavf-xatarlar.
37. Xatarlarni boshqarishda jamiyat siyosati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
38. Jamiyatning ustav kapitali toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(Koʻrsatiladi:
ustavga koʻra ustav kapitali hajmi, soʻmda;
hisob balansi boʻyicha ustav kapitali hajmi, soʻmda;
ustav kapitalining toʻlangan qismi miqdori, soʻmda;
Maʼlumot raqam va yozuv bilan koʻrsatiladi)
39. Jamiyatning oʻz kapitali toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, soʻmda.
(Raqam va yozuv bilan koʻrsatiladi)
40. Zaxira fondi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
(Koʻrsatiladi:
zaxira fondining Ustav boʻyicha miqdori, foizda;
qimmatli qogʻozlar chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanaga zaxira fondining asl miqdori, ming soʻm;
Qimmatli qogʻozlar chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanaga qadar zaxira fondi shakllanmagan boʻlsa, ushbu haqida maʼlumot javobda aks ettiriladi)
41. Asosiy moliyaviy koʻrsatkichlar.
(Jamiyat fikriga koʻra, qimmatli qogʻozlarni xarid qilish haqida qaror qabul qilish uchun bunday maʼlumotlarni oshkor qilish muhim boʻlgan moliyaviy koeffitsiyentlar koʻrsatiladi)
42. Jamiyatning hisob yuritish siyosati haqidagi maʼlumotlar.
43. Soʻnggi _____ tugallangan moliyaviy yil uchun daromaddan foydalanish asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ming soʻm.
(Boʻsh katakda jamiyat necha yillik maʼlumotlarni taqdim etayotganligi koʻsatiladi)
44. Mazkur Risola tasdiqlangan kungacha soʻnggi yil uchun affillangan shaxslar bilan tuzilgan yirik bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(Jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki uni boshqa shaxsga berish yoxud mol-mulkni boshqa shaxsga berish ehtimoli bilan bogʻliq bitim (shu jumladan qarz, kredit, garov, kafillik) yoki oʻzaro bogʻlangan bir nechta bitim, agar boshqa shaxsga berilayotgan mol-mulkning yoki olinayotgan mol-mulkning balans qiymati bunday bitimlarni tuzish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining 15 foizidan ortigʻini tashkil etsa, yirik bitim deb hisoblanadi, kundalik xoʻjalik faoliyatini yuritish jarayonida tuziladigan bitimlar hamda aksiyalarni va boshqa qimmatli qogʻozlarni joylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan bitimlar bundan mustasno)
45. Jamiyat aktivlari umumiy hajmining 10 va undan ortiq foizini tashkil etadigan aktivlar, har bir aktivning tegishli balans qiymati koʻrsatiladi.
46. Jamiyat aktivlari balans qiymatining 10 va undan ortiq foizi miqdoridagi debitorlik qarzi.
(Koʻrsatiladi:
jamiyat oldidagi qarzi jamiyat aktivlari balans qiymatining 10 va undan ortiq foizi miqdoridagi qarzga ega debitor nomi;
toʻlanishi lozim boʻlgan tegishli summa (yaqin 12 (oʻn ikki) oy ichida choraklar boʻyicha taqsimlanadi, qolgan summalar yillar boʻyicha alohida, qarzni uzish muddatlarini koʻrsatgan holda) va uni soʻndirish muddatlari koʻrsatiladi)
47. Jamiyatning aosiy faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq va jamiyat majburiyatlari balans qiymatining 10 va undan ortiq foizini tashkil etadigan kreditorlik qarzi.
(Koʻrsatiladi:
jamiyatning kreditorlari nomi;
toʻlanishi lozim lozim boʻlgan tegishli summa (yaqin 12 (oʻn ikki) oy ichida choraklar boʻyicha taqsimlanadi, qolgan summalar yillar boʻyicha alohida, qarzni uzish muddatlarini koʻrsatgan holda) va uni soʻndirish muddatlari koʻrsatiladi)
48. Jamiyat tomonidan asosiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan, jamiyat majburiyatlarining balans qiymatining 10 va undan ortiq foizini tashkil etadigan kreditorlik qarzi.
(Koʻrsatiladi:
jamiyatning kreditorlari nomi;
toʻlanishi lozim lozim boʻlgan tegishli summa (yaqin 12 (oʻn ikki) oy ichida choraklar boʻyicha taqsimlanadi, qolgan summalar yillar boʻyicha alohida, qarzni uzish muddatlarini koʻrsatgan holda koʻrsatiladi) va uni soʻndirish muddatlari)
49. Soʻndirilmagan kreditlar (qarzlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(Koʻrsatiladi:
kredit tashkiloti (qarz beruvchi) nomi;
kredit (qarz) shartnomasining asosiy shartlari;
kredit (qarz) shartnomasining tugash sanasi;
kredit (qarz) shartnomasining soʻndirilmagan toʻlov qismi, soʻmda)
50. Soliq toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtib ketgan qarz miqdori, soʻmda.
(Raqam va yozuv bilan koʻrsatiladi)
51. Aktivlari balans qiymatining 10 va undan ortiq foizini tashkil etgan jamiyatning investitsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(Barcha investitsiyalar miqdori jamiyat aktivlari balans qiymatining 10 foizni tashkil etganda ham, ushbu band toʻldiriladi)
6-bob. Yakuniy qoidalar
52. Mazkur Risola nusxalari va asl nusxasi bilan tanishish tartibi va joyi toʻgʻrisida maʼlumot.
53. Qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi shartlari joylashtiriladigan axborot-maʼlumot tizimlari, davriy nashrlar manzillari va nomlari.
54. Jamiyat qimmatli qogʻozlarini sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun jamiyatning fikriga koʻra oshkor etilishi zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Izohlar:
1. Kursivda berilgan matnlar bosma hujjatda aks etmaydi.
2. Jalb etilgan maslahatchilar, qimmatli qogʻozlarni joylashtirishda ishtirok etuvchi tashkilotlar, shuningdek, taʼminotni taqdim etgan shaxslar, jalb etilgan baholovchi tashkilotlar quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda risolani tasdiqlaydilar:
yuridik shaxs toʻliq nomi, jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning F.I.O.;
taʼminotni taqdim etgan jismoniy shaxsning F.I.O.;
risolani tasdiqlash sanasi.
3. Agar mazkur Risolaning bandlarini (kichik bandlarini) toʻldirishda inkor javobi berilgan boʻlsa, unda toʻliq va batafsil javob berilishi kerak.
4. Agar ushbu Risolada aksiyalar chiqarilishi nazarda tutilgan boʻlsa, unda 2-bobning 17-bandi bosma hujjatda aks ettirilmaydi.
5. Agar ushbu Risolada obligatsiyalar chiqarilishi nazarda tutilgan boʻlsa, unda 2-bobning 16-bandi bosma hujjatda aks ettirilmaydi.
6. 2-bob 17-bandining “i” — “m” kichik bandlaridagi maʼlumotlar obligatsiyalar chiqarilishi boʻyicha garov taʼminoti, bank kafolati, sugʻurta polisi va sugʻurta shartnomasi taqdim etilgan taqdirda oshkor qilinadi.
7. Prospketning sahifalari raqamlanishi lozim. Sahifalar 3-sahifadan boshlab raqamlanadi (birinchi va ikkinchi sahifalar titul sahifasi va titul sahifasining orqa qismi hisoblanadi).
8. Risola davlat organi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, mazkur risola ushbu organ muhri bilan tasdiqlanadi.
9. Risolaga:
oxirgi uch yildagi yoki, agar jamiyat faoliyatni uch yildan kamroq muddat mobaynida amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir tugallangan yil uchun buxgalteriya balanslari va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlar;
emissiya risolasi tasdiqlanishidan oldingi oxirgi choraklik yakuni holati boʻyicha jamiyatning moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisoboti va buxgalteriya balansi nusxalari;
oxirgi uch yil mobaynidagi yoki jamiyat tashkil topgan paytdan boshlab, agar bu muddat uch yildan kam boʻlsa, har bir tugallangan yil uchun auditorlik xulosalari ilova qilinadi.
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga 2v-ILOVA
(2v-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 1-avgustdagi 39-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2000-9, 29.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2022-y., 10/22/2000-9/0778-son)
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga 6-ILOVA
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2020-yil 7-maydagi 2020-08-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2000-7, 29.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y.,10/20/2000-7/0696-son)
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga 7-ILOVA
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2020-yil 7-maydagi 2020-08-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2000-7, 29.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y.,10/20/2000-7/0696-son)
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga 8-ILOVA
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2020-yil 7-maydagi 2020-08-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2000-7, 29.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y.,10/20/2000-7/0696-son)
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga 9-ILOVA
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2020-yil 7-maydagi 2020-08-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2000-7, 29.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y.,10/20/2000-7/0696-son)
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga 10-ILOVA
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2020-yil 7-maydagi 2020-08-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2000-7, 29.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y.,10/20/2000-7/0696-son)
