Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (1802-2-son)
30.08.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 30-avgustda 1802-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son Farmonining 5-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 11-son, 96-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 2-maydagi 52, 46, EG-01/19-2784 va 01-02/8-38-son qarori (roʻyxat raqami 1802, 2008-yil 3-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 19-son, 163-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri S. BEKENOV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-avgust,
80-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-avgust,
84-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-avgust,
EG-v-01/10-5247-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-avgust,
01-02/20-21-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 15-avgustdagi 80, 84, EG-v-01/10-5247, 01-02/20-21-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. “TIF TN kodi (2007-yil versiyada)” grafasida:
18-qatorda “8421” sonlari “8421 ***” sonlari bilan almashtirilsin;
39-qatorda “8443 (8443 31 — 8443 99 dan tashqari)” soʻzlari “8443*** (8443 31 —8443 99 dan tashqari)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
40-qatorda “8444 00” sonlari “8444 00 ***” sonlari bilan almashtirilsin;
41-qatorda “8445” sonlari “8445 ***” sonlari bilan almashtirilsin;
42-qatorda “8446” sonlari “8446 ***” sonlari bilan almashtirilsin;
43-qatorda “8447” sonlari “8447 ***” sonlari bilan almashtirilsin;
44-qatorda “8448” sonlari “8448 ***” sonlari bilan almashtirilsin;
45-qatorda “8449 00 000 0” sonlari “8449 00 000 0 ***” sonlari bilan almashtirilsin;
46-qatorda “8451” sonlari “8451 ***” sonlari bilan almashtirilsin;
47-qatorda “8452 21 000 0, 8452 29 000 0” sonlari “8452 21 000 0 ***, 8452 29 000 0 ***” sonlari bilan almashtirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 841 i 842-qatorlar bilan toʻldirilsin:
3. Quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“*** Import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovi boʻyicha imtiyozlar, shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilgan yili 3 yildan ortiq boʻlgan toʻqimachilik sohasi korxonalarini tashkil etish, modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalari uchun korxonalar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya hisobiga korxona ustav fondiga ulush sifatida keltiriladigan texnologik uskunalarga qoʻllaniladi.
Imtiyozlarni qoʻllash uchun quyidagilar asos boʻladi:
“Oʻzbekyengilsanoat” DAK va “Oʻzengsanloyiha” MChJning keltirilayotgan uskunaning zamonaviy texnologiyalar talablariga va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlashi toʻgʻrisidagi ekspert xulosasi;
import qilinayotgan uskunalar oʻrnatiladigan korxonaning, ushbu uskunalarni korxona ustav fondiga ulush sifatida kiritilishini koʻrsatadigan taʼsis hujjatlari.
Koʻrsatib oʻtilgan xulosalar (hujjatlar) uskunalarni erkin muomalaga chiqarish rejimida bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida BYuD bilan birga taqdim etilishi zarur”.
