Vazirlar Mahkamasining “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 9-apreldagi 105-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (249-son)
24.08.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi turar joy kompleksining chegaralari oʻzgarishi va yer maydoni koʻpayishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 9-apreldagi 105-son qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 28-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Navoiy viloyati hokimligi:
Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi “Doʻstlik” agrofirmasining 300, 302, 303, 313, 314, 317, 318, 319, 329, 336, 337, 338, 343, 344 konturlarida joylashgan, doimiy egalik qilinadigan 120,96 gektar yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratsin hamda turar joy kompleksi qurish uchun Koreyaning “KOREAN AIR” kompaniyasiga doimiy foydalanishga bersin;
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-avgust,
249-son
