Isteʼmol bozorini yozuv daftarlari bilan taʼminlashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (234-son)
18.08.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika isteʼmol bozorini, shu jumladan taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalarini “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga hamda milliy maʼnaviyatimiz va qadriyatlarimizga mos sifatli yozuv daftarlari bilan taʼminlash ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika taʼlim muassasalarini yozuv daftarlari bilan taʼminlashni takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur, deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Dasturda belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida, sifatli bajarilishi uchun tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari shaxsan masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
3. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Dasturning bajarilishi yuzasidan tegishli monitoring oʻrnatsin va amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Aripov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-avgust,
234-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 234-son qaroriga 1-ILOVA
Respublika taʼlim muassasalarini yozuv daftarlari bilan taʼminlashni takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar
DASTURI
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 234-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimcha
Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga quyidagi tahrirdagi 40-1 pozitsiya qoʻshilsin:
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 371-modda)
