Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining davlat axborot resurslarini hamda interaktiv davlat xizmatlarini hisobga olishni takomillashtirishga oid ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (239-son)
20.08.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat axborot resurslarini hamda interaktiv davlat xizmatlarini hisobga olishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
tegishli davlat axborot resurslari hamda interaktiv davlat xizmatlari shakllantirilishini, ulardan foydalanilishini va ularning oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlanishini va yangilanishini taʼminlasinlar;
zaruriyatga koʻra davlat organlarining ishlatilayotgan axborot tizimlarini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-avgust,
239-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-avgustdagi 239-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda):
a) 2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga keyinchalik Roʻyxatga kiritish uchun yil mobaynida shakllantirilgan davlat axborot resurslari boʻyicha axborot kiritsinlar”;
b) 3-banddagi “har yili 1-fevralgacha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatida:
4-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 4-1 — 4-3-pozitsiyalar qoʻshilsin:
36-1-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 36-2-pozitsiya qoʻshilsin:
39-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 39-1-39-2-pozitsiyalar qoʻshilsin:
quyidagi mazmundagi 51-2-pozitsiya qoʻshilsin:
83-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 83-1 — 83-3-pozitsiyalar qoʻshilsin:
quyidagi mazmundagi 116 — 123-pozitsiyalar qoʻshilsin:
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
