Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla va un sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (1627-1-son)
19.08.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 19-avgustda 1627-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi PQ-1083-sonli “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 154-modda) va 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-sonli “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 155-modda) qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-martdagi 89-sonli “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 158-modda) va 2009-yil 31-martdagi 90-sonli “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 159-modda) qarorlariga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya va Markaziy bankining 2006-yil 19-sentabrda 82, 281-V-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla va un sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1627, 2006-yil 5-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 404-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 31-iyul,
78-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 31-iyul,
20/4-son
