“Andijon viloyatidagi “Gulbahor 1K” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-1052-son)
02.02.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi Investitsiya dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 2-oktabrdagi PQ-969-sonli Qaroriga muvofiq hamda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo mamlakatlar uchun Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumati tomonidan beriladigan kredit mablagʻlaridan foydalangan holda moliyalashtiriladigan investitsiya loyihasini oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan “China National Machinery Import & Export Corporation” korporatsiyasi oʻrtasida “Andijon viloyatidagi “Gulbahor 1K” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida uskunalar, ehtiyot qismlar yetkazib berish, shef-montajni amalga oshirish, sozlash va oʻqitish boʻyicha qiymati 5,76 mln. AQSH dollari miqdoriga teng shartnoma tuzilgan;
mazkur shartnomani moliyalash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga, XXR Eksimbankining 5 yillik imtiyozli davrni ham hisobga olgan holda, 20 yil muddatga berilgan 5,76 mln. AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarini qayta moliyalash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
2. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va loyihani samarali amalga oshirish uchun javobgar boʻlgan ijro etuvchi agentlik, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti boʻyicha qarz oluvchi hisoblanadi;
asosiy qarzni uzish, kreditga xizmat koʻrsatish va moliyalashni tashkil etish bilan bogʻliq foizlar, komissiyalar va xarajatlarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Andijon viloyatidagi “Gulbahor 1K” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari uning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan 1-ilovaga muvofiq;
loyihani amalga oshirish uchun investitsiyalarni amalga oshirish jadvali 2-ilovaga muvofiq;
XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini uzish, loyiha boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mazkur loyihani moliyalash uchun XXR Eksimbanki bilan yakka tartibdagi qarz bitimini hamda XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini qayta moliyalash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan kredit shartnomasini tuzsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining XXR Eksimbanki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan kafolat berishga vakil etib tayinlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yakka tartibdagi qarz bitimida nazarda tutilgan shaklda Oʻzbekiston Respublikasining kafolati boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. Mazkur loyihani amalga oshirish doirasida:
XXR Eksimbanki — Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi toʻlov manbaidan undiriladigan foyda soligʻi toʻlashdan;
XXR Hukumatining kredit liniyasi mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan tovarlar boʻyicha — bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yigʻimlari undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin, ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 2-fevral,
PQ-1052-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 2-fevraldagi PQ-1052-son qaroriga 1-ILOVA
“Andijon viloyatidagi “Gulbahor 1K” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Jami shu jumladan: Budjet mablagʻlari XXR krediti 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSH dollari 9082,87* 3323,04 5759,83 shu jumladan: investitsiya davridan keyin kredit uchun foizlar toʻlash ming AQSH dollari 1238,36 1238,36 — investitsiya davridan keyin bank marjasi ming AQSH dollari 123,84 123,84 — 2. Kapital qoʻyilmalar summasi, jami ming AQSH dollari 7726,67 1960,84 575933 2.1 Erkin muomaladagi valyutadagi xarajatlar, jami ming AQSH dollari 5909,73 149,90 575933 shundan: uskunalar, sugʻurta, yuklash oldi nazorati va yuk tashuvlar ming AQSH dollari 5180,02 — 5180,02 ehtiyot qismlar ming AQSH dollari 399,94 — 399,94 shef-montaj, sozlash va oʻqitish ming AQSH dollari 179,87 — 179,87 qurilish davrida kredit uchun foizlar toʻlash ming AQSH dollari 112,32 112,32 — qurilish davrida bank marjasi ming AQSH dollari 11,23 11,23 — majburiyat uchun komissiya 9,07 9,07 — boshqaruv uchun komissiya ming AQSH dollari 17,28 17,28 — 2.2 Milliy valyutadagi xarajatlar (ekvivalent), jami ming AQSH dollari 1810,94 1810,94 — shundan: qurilish-montaj ishlari ming AQSH dollari 1386,40 1386,40 — ichki yuk tashuvlar ming AQSH dollari 11,52 11,52 — buyurtmachining boshqa xarajatlari ming AQSH dollari 209,66 209,66 — qoʻshimcha qiymat soligʻi (QQS) ming AQSH dollari 261,28 261,28 — bojxona deklaratsiyasi va bojxona rasmiylashtiruvi ming AQSH dollari 22,08 22,08 — 3. Tashkil etiladigan asosiy jamgʻarmalar qiymati ming AQSH dollari (ekv) 7 170,83 4. Korxona quvvati: Nasos stansiyalaridan suv yetkazib berish sekundiga kub m 6,4 sugʻoriladigan maydon ming.ga 5,5 5. Band qilinadigan ishchilarning taxminiy soni kishi 15 6. Loyiha qoplanishining hisoblab chiqilgan muddati yil 5,6 7. Investitsiya davrining davomiyligi oylar 24 8. Kreditni soʻndirish muddati yil 20 shu jumladan imtiyozli davr yil 5
* Koʻrsatkichlarning yakuniy qiymati oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari, qurilish ishlarini batafsil rejalashtirish natijalariga koʻra, shuningdek, qarz mablagʻlarining haqiqiy oʻzlashtirish summasi va sanasiga bogʻliq ravishda aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 2-fevraldagi PQ-1052-son qaroriga 2-ILOVA
“Andijon viloyatidagi “Gulbahor 1K” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish”loyihasini bajarish uchun investitsiyalar kiritish
JADVALI
ming AQSH dollari Kapital xarajatlar 2009-yil 2010-yil Jami Jami shu jumladan: Jami shu jumladan: Jami shu jumladan: XXR kredit hisobiga budjet mablagʻlari hisobiga XXR kredit hisobiga budjet mablagʻlari hisobiga XXR kredit hisobiga budjet mablagʻlari hisobiga Erkin muomaladagi valyutadagi xarajatlar Uskunalar sotib olish (Uskunalarni yetkazib berish, ehtiyot qismlar, yuklash oldi nazorati, yuk tashuvlar, sugʻurta, shef-montaj, sozlash va oʻqitish) 3743,89 3743,89 — 2015,94 2015,94 — 5759,83 5759,83 — Investitsiya davrida kredit uchun foizlar toʻlash 17,28 — 17,28 95,04 — 95,04 112,32 — 112,32 Investitsiya davrida bank marjasi 1,73 — 1,73 9,50 — 9,50 11,23 — 11,23 Majburiyat uchun komissiya 6,05 — 6,05 3,02 — 3,02 9,07 — 9,07 Boshqaruv uchun komissiya 17,28 — 17,28 0,00 — 17,28 — 17,28 Jami 3786,23 3743,89 42,34 2123,50 2015,94 107,56 5909,73 5759,83 149,90 Milliy valyutadagi xarajatlar (ekvivalent) Qurilish-montaj ishlari 587,88 — 587,88 718,52 — 718,52 1306,40 — 1306,40 Uskunalarning ichki yuk tashuvlari 7,49 — 7,49 4,03 — 4,03 11,52 — 11,52 Buyurtmachining boshqa xarajatlari 138,87 — 138,87 70,79 — 70,79 209,66 — 209,66 Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) 117,58 — 117,58 143,70 — 143,70 261,28 — 261,28 Jami (QQS bilan birga) 851,82 — 851,82 937,04 — 937,04 1788,86 — 1788,86 Bojxona deklaratsiyasi va bojxona rasmiylashtiruvi 14,35 — 14,35 7,73 — 7,73 22,08 — 22,08 Jami 866,17 — 866,17 944,77 — 944,77 1810,94 — 1810,94 Umumiy xarajatlar 4652,40 3743,89 908,51 306 2015,94 1052,33 7720,67 5759,83 1960,84
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 2-fevraldagi PQ-1052-son qaroriga 3-ILOVA
XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini uzish, “Andijon viloyatidagi “Gulbahor 1K” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi boʻyicha foizlar va komissiyalar toʻlash
JADVALI
1. Kredit summasi 5 759,83 ming AQSH dollari 2. Kreditdan foydalanish muddati, 20 yil shu jumladan, imtiyozli davr 5 yil 3. Foiz stavkasi yillik 2 foiz 4. Bank marjasi yillik 0,2 foiz 5. Majburiyat uchun komissiya kredit summasidan 0,3 foiz 6. Boshqaruv uchun komissiya kredit summasidan yillik 0,3% foiz Yillar Yarim yillik Qarzdorlik Asosiy qarzni uzish* Foizlar toʻlovi** Bank marjasi Majburiyat uchun komissiya Boshqaruv uchun komissiya Jami toʻlanadigan summa 2009 1 1727950 — — — — 17279 17279 2 3743890 — 17280 1728 6048 — 25055 2010 1 5759830 — 37439 3744 3024 — 44207 2 5759830 — 57598 5760 — — 63358 2011 1 5759830 — 57598 5760 — — 63358 2 5759830 — 57598 5760 — — 63358 2012 1 5759830 — 57598 5760 — — 63358 2 5759830 — 57598 5760 — — 63358 2013 1 5759830 — 57598 5760 — — 63358 2 5759830 — 57598 5760 — — 63358 2014 1 5567836 191994 57598 5760 — — 255352 2 5375842 191994 55678 5568 — — 253240 2015 1 5183848 191994 53758 5376 — — 251128 2 4991854 191994 51838 5184 — — 249016 2016 1 4799860 191994 49919 4992 — — 246904 2 4607866 191994 47999 4800 — — 244792 2017 1 4415872 191994 46079 4608 — — 242681 2 4223878 191994 44159 4416 — — 240569 2018 1 4031884 191994 42239 4224 — — 238457 2 3839890 191994 40319 4032 — — 236345 2019 1 3647896 191994 38399 3840 — — 234233 2 3455902 191994 36479 3648 — — 232121 2020 1 3263908 191994 34559 3456 — — 230009 2 3071914 191994 32639 3264 — — 227897 2021 1 2879920 191994 30719 3072 — — 225785 2 2687926 191994 28799 2880 — — 223673 2022 1 2495932 191994 26879 2688 — — 221561 2 2303938 191994 24959 2496 — — 219449 2023 1 2111944 191994 23039 2304 — — 217337 2 1919950 191994 21119 2112 — — 215225 2024 1 1727955 191995 19200 1920 — — 213114 2 1535960 191995 17280 1728 — — 211003 2025 1 1343965 191995 15360 1536 — — 208891 2 1151970 191995 13440 1344 — — 206779 2026 1 959975 191995 11520 1152 — — 204667 2 767980 191995 9600 960 — — 202555 2027 1 57985 191995 7680 768 — — 200443 2 383990 191995 5760 576 — — 198331 2028 1 191995 191995 3840 384 — — 196219 2 0 191995 1920 192 — — 194107 Jami 5 759 836 1356 681 135 068 9 072 17 279 7 271930
* Asosiy qarzni toʻlashning dastlabki sanasi kredit shartnomasi kuchga kirish sanasiga bogʻliq.
** Komissiyalar va foizlar kreditning haqiqiy summasi, yetkazish (tanlab olish) sanasi hamda kredit shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq.
*** Kreditni tanlab olish davri prognoz hisoblanib, kredit shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq.
