Qishloq va suv xoʻjaligi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlarini tasdiqlash haqida (1991-son)
29.07.2009
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 29-iyulda 1991-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Qishloq va suv xoʻjaligi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritiladi.
Vazir v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 30-iyun,
35/B-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 30-iyundagi 35/B-sonli buyrugʻiga ILOVA
Qishloq va suv xoʻjaligi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning
NAMUNAVIY MEʼYoRLARI
Yakuniy qoida
Mazkur Namunaviy meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-iyun
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2009-yil 5-iyun
