Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxatini tasdiqlash haqida (1990-son)
29.07.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 29-iyulda 1990-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1996-y., 1-son) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-sentabrdagi 207-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 377-modda) qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxati yangi tahrirda ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2001-yil 30-maydagi 7, 1-son bilan tasdiqlangan “Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlar roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi qarori (2001-yil 9-iyun, roʻyxat raqami 1040) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 26-iyun,
33Q/B-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A.IKRAMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 26-iyun,
13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2009-yil 26-iyundagi 33Q/B; 13-sonli qaroriga ILOVA
Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari
ROʻYXATI
Mazkur Roʻyxat Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2009-yil 19-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-iyun
