Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1915-son)
07.03.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi qoshidagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 7-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1915]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 29-30-son, 278-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-yil, 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Bosh direktor K.TALIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 11-fevral,
2009-12-son
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 11-fevraldagi 2009-12-sonli buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom qonunchilik hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining (keyingi oʻrinlarda professional ishtirokchi deb yuritiladi) qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
arxiv hujjatlari — mazkur Nizom va qonunchilik hujjatlari bilan nazarda tutilgan tegishli ekspertiza asosida arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan turli moddiy ashyolardagi hujjatlar;
professional ishtirokchining idoraviy arxivi (keyingi oʻrinlarda idoraviy arxiv deb yuritiladi) — professional ishtirokchining arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmasi;
professional ishtirokchi — qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
qimmatli qogʻozlar bozorida operatsiyalar va bitimlarni hisobga olish — qimmatli qogʻozlar bozorida professional ishtirokchi tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobga olishni tashkil etish va yuritish;
qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.
2. Professional ishtirokchi mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazarda tutilgan holatlar boʻyicha qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarining, shu jumladan ish yuritish, mehnat munosabatlari, buxgalteriya faoliyati va moliyaviy hisobot boʻyicha hujjatlarning hisobini yuritadi, saqlash, himoya va hujjatlarning tiklanishini taʼminlaydi.
II. Professional ishtirokchining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlari boʻyicha hujjatlarni hisobga olish va saqlash
3. Professional ishtirokchi tasdiqlangan nomenklaturaga muvofiq hujjatlarni hisobga olish va saqlashni tashkil etish uchun mazkur Nizomga berilgan ilovaga (keyingi oʻrinlarda — Ilova) muvofiq shakl boʻyicha tasdiqlangan yigʻmajildlar nomenklaturasiga ega boʻlishi shart.
4. Professional ishtirokchi har yili 15-dekabrdan kechiktirmasdan kelgusi yildagi ish yuritishni tashkil etish uchun yigʻmajildlar nomenklaturasini tasdiqlaydi.
6. Professional ishtirokchining hujjatlarini tasdiqlangan yigʻmajildlar nomenklaturasiga muvofiq hisobga olish quyidagi maxsus jurnallarda qogʻozli va (yoki) elektron koʻrinishlarda amalga oshiriladi:
kelgan va ketgan xat-xabarni hisobga olish;
mijozlar bilan tuzilgan shartnomalarni roʻyxatga olish;
buyurtmalarni roʻyxatga olish;
professional ishtirokchining qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiy nashrlarini hisobga olish;
professional ishtirokchining alohida qimmatli hujjatlari yoʻqotilgan yoki yaroqsizlangan taqdirda hujjatlarni tiklash uchun nazarda tutilgan zaxira nusxalarni hisobga olish;
operatsiyalar va bitimlar boʻyicha hujjatlarni elektron shaklda hisobga olish;
7. Professional ishtirokchi quyidagi operatsiyalar va bitimlar boʻyicha alohida qimmatli hujjatlarning zaxira nusxalariga ega boʻlishi va zaxira fondi tashkil etishi kerak:
qonunchilik hujjatlariga muvofiq yirik bitimlar deb topilgan bitimlar;
bitimlar tuzishdan manfaatdorlik boʻladigan bitimlar;
professional ishtirokchining xohishiga koʻra alohida muhim deb topilgan boshqa operatsiyalar va bitimlar.
8. Professional ishtirokchi faoliyatida vujudga keladigan barcha hujjatlar Ilovada koʻrsatilgan yigʻmajildlarning namunaviy nomenklaturasiga muvofiq yigʻmajildlarda shakllantirilishi shart.
9. Professional ishtirokchining operatsiyalar va bitimlarini hisobga olishga talablar uning amalga oshirayotgan professional faoliyatiga koʻra qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
10. Professional ishtirokchining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlari boʻyicha hujjatlarni idoraviy arxivda hisobga olish hujjatlar saqlanishini taʼminlash va ularning mavjudligi ustidan nazoratning vositalaridan biri boʻlib hisoblanadi.
11. Idoraviy arxivda saqlanayotgan barcha hujjatlar, shu jumladan roʻyxatga olinmagan va mazkur idoraviy arxiv uchun shakli mos kelmaydigan alohida qimmatli hujjatlarning nusxalari va yigʻmajildlar roʻyxati hisobga olinishi kerak.
12. Professional ishtirokchining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlari boʻyicha hujjatlarni idoraviy arxivda hisobga olish ish yuritishdagi hujjatlarni hisobga olgan holda markazlashtirish va taalluqlilik tamoyillariga rioya etishga asoslanadi.
13. Professional ishtirokchi tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshirilgan operatsiyalar va bitimlarga doir hujjatlarni idoraviy arxivda hisobga olish quyidagi hujjatlar boʻyicha yuritiladi:
kelib tushgan va chiqib ketgan hujjatlarni idoraviy arxivda hisobga olish uchun hisobga olish kitobida;
shaxsiy tarkib boʻyicha yigʻmajildlar roʻyxatida;
doimiy saqlanadigan yigʻmajildlar roʻyxatida;
vaqtinchalik saqlanadigan yigʻmajildlar roʻyxatida;
fond yigʻmajildida;
fond varagʻida.
Kelib tushgan va chiqib ketgan hujjatlarni idoraviy arxivda hisobga olish uchun hisobga olish kitobida:
hujjatning nomi;
hujjatning roʻyxat raqami va sanasi;
hujjatning professional ishtirokchidagi roʻyxat raqami va sanasi, uning qayerdan kelib tushganligi va kelib tushgan sanasi;
hujjatning qayerga va kimga berilganligi va idoraviy arxivdan berilgan sanasi;
hujjatning qisqacha mazmuni;
hujjatning varaqlari, matnli betlari va ilovalari soni;
hujjat matni holatining qisqacha tavsifi majburiy tartibda koʻrsatiladi.
III. Professional ishtirokchining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlari boʻyicha hujjatlarni idoraviy arxivda saqlash, tayyorlash, tanlab olish va yoʻq qilish
15. Professional ishtirokchi mazkur Nizom va qonunchilik hujjatlariga muvofiq arxiv hujjatlarining hisobini yuritishi va saqlashni taʼminlashi shart.
16. Professional ishtirokchining ijroiya organi rahbari tomonidan arxiv ishini tashkil qilish uchun oʻz tarkibida alohida boʻlinma tuziladi yoki masʼul xodim tayinlanadi.
17. Professional ishtirokchi arxiv fondining hujjatlari uning mulki hisoblanadi.
18. Professional ishtirokchi arxiv ishini tashkil etish uchun har yilning 1-fevralidan kechiktirmasdan faoliyatida vujudga kelgan arxiv hujjatlarining roʻyxatini aniqlash uchun tegishli ekspertiza oʻtkazishni tashkil etadi.
19. Professional ishtirokchi oʻz arxiv hujjatlarini tasdiqlangan yigʻmajildlar nomenklaturasida nazarda tutilgan muddatlarga muvofiq saqlashni taʼminlaydi.
20. Professional ishtirokchi depozitar faoliyati toʻxtatilgan holda qayta tashkil etilgan yoki u tugatilgan taqdirda qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqining boshqa shaxsga oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat arxiviga topshirilishi lozim.
Bunda, elektron shakldagi qimmatli qogʻozlarga doir birjadan tashqari bitimlarning hisob registri arxivlanishi va professional ishtirokchini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin besh ish kuni mobaynida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga topshirilishi lozim.
21. Agar professional ishtirokchining alohida operatsiyalar va bitimlariga tegishli hujjatlar uchun saqlash muddati mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur hujjatlarni bunday operatsiyalar va bitimlar boʻyicha daʼvo muddatiga teng muddat davomida saqlash taʼminlanadi.
22. Hujjatlarni idoraviy arxivda saqlashning optimal sharoitlarini taʼminlash uchun quyidagi ishlar kompleksi oʻtkazilishi kerak:
hujjatlarni saqlashning optimal sharoitlarini yaratish;
hujjatlarni saqlash xonalariga joylashtirish;
yigʻmajildlarni idoraviy arxivdan berish tartibiga rioya etish;
hujjatlarni hisobga olish, ularning borligi va ahvolini tekshirish;
alohida qimmatli hujjatlar tarkibini aniqlash va ularga fondini yaratish;
hujjatlarning fizik-kimyoviy saqlanishini taʼminlash.
23. Professional ishtirokchi tomonidan mazkur Nizomning 22 va 25-bandlarida nazarda tutilgan ishlarni amalga oshirishning imkoniyati boʻlmaganda u arxiv ishi boʻyicha ixtisoslashgan tashkilotni yollashi shart.
24. Hujjatlarni saqlashning optimal sharoitlari:
professional ishtirokchi tomonidan idoraviy arxiv uchun bino ajratish yoki qurish yoxud idoraviy arxiv binolarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash;
idoraviy arxiv binosini oʻt oʻchirish, qoʻriqlash va yongʻinga qarshi signalizatsiya vositalari bilan jihozlash;
idoraviy arxiv binosida optimal (meʼyoriy) harorat-namlik, yorugʻlik, sanitariya-gigiyena va qoʻriqlash rejimlarini tashkil etish uchun maxsus texnik vositalarni qoʻllash;
hujjatlarni saqlash va tashishning maxsus vositalarini (stellajlar, shkaflar, seyflar, qutilar va shu kabilar) hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (axborotni muhofaza etgan holda serverlar, magnit manbalari va shu kabilar) qoʻllash bilan taʼminlanadi.
25. Idoraviy arxivga saqlanayotgan yigʻmajildlar hajmi va tarkibiga muvofiq alohida bino ajratiladi.
Idoraviy arxivlarni tashkil etish uchun arxiv hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanish talablariga javob beradigan moddiy-texnik baza, shu jumladan bino (xonalar), zarur jihozlar, muhofaza vositalari hamda yongʻinga qarshi vositalar boʻlishi shart.
Maxfiy idoraviy arxivlar tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
26. Idoraviy arxivning saqlash xonalari yongʻindan xavfsiz boʻlishi, toshqindan kafolatlanishi va ehtiyot chiqish joylariga ega boʻlishi kerak.
27. Idoraviy arxiv binosining tashqi eshiklari ishdan tashqari vaqtda muhrlanadigan (tamgʻalanadigan) mustahkam qulfga ega metall tabaqlar bilan qoplangan boʻlishi va muhr (tamgʻa) kalitlar bilan arxiv xodimida saqlanishi kerak.
28. Idoraviy arxiv binosi qoʻriqlash signalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak, joylashishi tashqaridan kirish imkonini beruvchi derazalarga tamgʻa bilan muhrlangan qulfli tabaqali metall panjaralar oʻrnatiladi.
29. Hujjatlar bilan ishlash uchun saqlash xonalari yongʻinga qarshi signalizatsiya bilan jihozlanishi kerak.
30. Professional ishtirokchi har besh yilda kamida bir marta, shuningdek professional ishtirokchining rahbari oʻzgarganda yoki idoraviy arxivda saqlanayotgan hujjatlar koʻchirilganda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda arxiv ishi boʻyicha mutaxassislarni jalb etgan holda arxiv hujjatlarining mavjudligi va ularning jismoniy holati yuzasidan tekshirish oʻtkazishi shart.
31. Hujjatlar saqlanish muddatining hisobi ularning ish yuritishi tugallangan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan amalga oshiriladi.
32. Maxfiy axborotni aks ettirgan hujjatlar mustahkam qulfga ega boʻlishi va ishdan tashqari vaqtda muhrlanishi (tamgʻalanishi) lozim boʻlgan metall shkaflar va (yoki) seyflarda saqlanishi lozim.
Maxfiy axborotni aks ettirgan hujjatlarni, ushbu turdagi hujjatlarning saqlanishi uchun moʻljallanmagan boshqa joylarda saqlash taqiqlanadi.
33. Professional ishtirokchi hujjatining asli yoʻqotilgan yoki yaroqsizlangan taqdirda professional ishtirokchining yigʻmajildlar nomenklaturasida nazarda tutilgan hujjatlarning nusxalari saqlanadi.
34. Tasdiqlangan yigʻmajildlar nomenklaturasi boʻyicha hisobda turgan yigʻmajildlar mavjud boʻlmaganligi aniqlangan taqdirda, professional ishtirokchi 2 ish kunidan kechiktirmasdan bu toʻgʻrida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga bildirishi va yigʻmajildlarning qidiruvi boʻyicha choralar koʻrishi kerak.
35. Hujjatning asli yoʻqotilgan yoki yaroqsizlangan taqdirda professional ishtirokchi yoʻqotilish yoki yaroqsizlanish sabablari koʻrsatilgan tegishli dalolatnoma tuzishi kerak.
36. Hujjatning asli yoʻqotilgani yoki yaroqsizlanganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma professional ishtirokchining boshqaruv organi rahbari tomonidan, buxgalteriya hisobi, buxgalteriya hisoboti hujjatlari yoʻqotilgan yoki yaroqsizlangan taqdirda esa — shuningdek professional ishtirokchining bosh hisobchisi tomonidan tasdiqlanadi.
37. Saqlanishi lozim boʻlgan hujjatlar ularni idoraviy arxivga topshirilguniga qadar oxirgi ikki yil mobaynida professional ishtirokchining boshqaruv organi joylashgan joyda ish xonalarida saqlanishi kerak, ushbu muddat tugaganidan soʻng idoraviy arxivga topshiriladi.
38. Professional ishtirokchining idoraviy arxivda saqlanishda turgan hujjatlari ularning toʻliq saqlanishini taʼminlaydigan, hujjatlarni changdan va quyosh nuri taʼsiridan himoyalaydigan metall stellajlar va qulflanadigan shkaflarga joylashtirilishi kerak.
Bunda, professional ishtirokchining elektron koʻrinishdagi arxiv hujjatlarini saqlash ushbu maqsadlarda qoʻllanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining texnik tavsifidan kelib chiqib va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda axborotning kriptografik himoya vositalarini qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
39. Hujjatlarni professional ishtirokchining xodimlariga (professional ishtirokchi bilan fuqarolik-huquqiy yoki mehnat munosabatlarida boʻlgan shaxslarga) berish professional ishtirokchining boshqaruv organi rahbari yoki u tomonidan vakolatlangan shaxs ruxsati bilan tilxat olib amalga oshiriladi.
40. Hujjatlar professional ishtirokchining xodimlariga boshqaruv organi rahbari tasdiqlagan roʻyxat boʻyicha bir oydan oshmagan muddatga vaqtinchalik foydalanish uchun beriladi. Belgilangan muddat oʻtganidan soʻng hujjat uning saqlanadigan joyiga qaytarilishi kerak.
41. Idoraviy arxivdan berilgan har bir hujjatga hujjatning nomi, hujjatning roʻyxat raqami va sanasi, hujjatning professional ishtirokchidagi roʻyxat raqami va sanasi, hujjat tikilgan yigʻmajild indeksi, hujjatning varaqlari, matnli betlari va ilovalari soni, hujjatning holati va rekvizitlarining qisqacha tavsifi, uning berilgan sanasi, hujjat berilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning qaytarilgan sanasi koʻrsatilgan, shuningdek hujjatni olish va qabul qilishga tilxatlar uchun ustun nazarda tutilgan oʻrinbosar-karta yuritiladi.
Arxiv hujjatlari vakolatli organlar tomonidan talab qilib olingan taqdirda organ nomi va ushbu organlarning manfaatlarini ifoda etuvchi shaxslar mazkur hujjatga muvofiq professional ishtirokchining arxiv hujjatlarini talab qilayotgan hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Agar yigʻmajild ip oʻtkazib tikilgan va varaqlari raqamlangan boʻlsa, yigʻmajild toʻlaligicha beriladi. Bunda, ip oʻtkazib tikilmagan yigʻmajild yigʻmajild hujjatlarining ichki roʻyxatiga ega boʻlishi lozim.
Yigʻmajilddan ajratib olingan hujjatlar berilgan taqdirda oʻrinbosar-kartada, shuningdek, yigʻmajild indeksi yoki matnli betlar raqamlari koʻrsatiladi.
Yigʻmajild vaqtinchalik foydalanish uchun professional ishtirokchining xodimlariga berilgan taqdirda roʻyxatga olish yigʻmajildlarni berish jurnalida amalga oshiriladi.
Yigʻmajildlar vakolatli organlarga berilgan taqdirda yigʻmajildlarni vaqtinchalik foydalanishga berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi (ikki nusxada, yozma soʻrovnoma taqdim etish sharti bilan) va yigʻmajildlarni berish jurnalida roʻyxatga olinadi.
42. Professional ishtirokchining faoliyati toʻxtatilgan taqdirda doimiy muddatga saqlanadigan va shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar Davlat arxiviga topshiriladi.
43. Idoraviy arxivning bosh vazifalari quyidagilardan iborat:
idoraviy arxivni tarkibi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan butlash;
idoraviy arxivda saqlanayotgan hujjatlarning saqlanishi, hisobi, ishlov berish sifati, tanlab olinishi va foydalanishini taʼminlash;
professional ishtirokchining ish yuritishida hujjatlarni tashkil etish ahvolini tekshirishni amalga oshirish.
44. Idoraviy arxiv oʻzining bosh vazifalarini bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
professional ishtirokchining hujjatlarini saqlashga qabul qiladi;
idoraviy arxivga qabul qilingan hujjatlarni hisobga oladi va saqlanishini taʼminlaydi;
professional ishtirokchining rahbariyati va xodimlariga idoraviy arxiv hujjatlarining tarkibi va mazmuni toʻgʻrisida axborot beradi;
professional ishtirokchining rahbariyati topshirigʻi boʻyicha idoraviy arxivda saqlanayotgan hujjatlarning inventarizatsiyasini amalga oshiradi;
idoraviy arxivda saqlanayotgan hujjatlardan foydalanish hisobini yuritadi.
45. Doimiy va vaqtinchalik saqlanadigan yigʻmajildlar idoraviy arxivga topshirishdan oldin ilova davomiga muvofiq roʻyxatga olinadi.
46. Saqlanish muddatlaridan kelib chiqib, yigʻmajildlarni toʻliq yoki qisman rasmiylashtirish oʻtkaziladi. Yigʻmajildlarni toʻliq rasmiylashtirishga rasmiylashtirish boʻyicha quyidagi harakatlarni nazarda tutadigan doimiy, vaqtinchalik (10 yildan ortiq) saqlanadigan va shaxsiy tarkib boʻyicha yigʻmajildlar kiradi:
tikish yoki muqovalash;
varaqlarni raqamlash;
tasdiqlovchi ustxatni tuzish;
zarur holatlarda hujjatlarning ichki roʻyxatini tuzish.
47. Ish papkalarida saqlanishiga yoʻl qoʻyiladigan vaqtinchalik (10 yilgacha) saqlanadigan yigʻmajildlar qisman rasmiylashtiriladi, varaqlari raqamlanmaydi va bu yigʻmajildlar boʻyicha hisob ustxati tuzilmaydi.
48. Professional ishtirokchi faoliyatida vujudga kelgan hujjatlarning muhimlik qiymati ekspertizasini oʻtkazish va tashkil etish, ularni keyinchalik saqlash yoki yoʻq qilishni amalga oshirish uchun tanlab olish uchun ekspert komissiyasi tuziladi (keyingi oʻrinlarda — EK).
49. Professional ishtirokchining rahbari ekspert komissiyasining raisi boʻlib hisoblanadi.
50. EK qarorlari va u tomonidan koʻrib chiqilgan hujjatlar loyihalari faqat ularni professional ishtirokchining rahbari tasdiqlaganidan soʻng kuchga kiradi.
51. Hujjatlarning muhimlik qiymati ekspertizasini oʻtkazilayotganda doimiy va uzoq muddatga saqlanadigan yigʻmajildlarni idoraviy arxivga topshirish uchun, shuningdek professional ishtirokchining yigʻmajildlari nomenklaturasiga tegishli yilda professional ishtirokchining rahbari tomonidan tasdiqlangan va saqlash muddati tugagan yigʻmjildlarni yoʻq qilishga ajratish uchun tanlab olinishi amalga oshiriladi.
52. Hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnoma yigʻmajildlar roʻyxatlari bilan birga idoraviy arxivda fond yigʻmajildida saqlanadi.
IV. Professional ishtirokchining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlari boʻyicha hujjatlarini tiklash
53. Halokat yuz bergan taqdirda professional ishtirokchining hujjatlarini qayta tiklash professional ishtirokchining axborot xavfsizligi reglamentini belgilovchi hujjatlar umumiy paketining bir qismi boʻlgan maxsus tiklash rejasini ishlab chiqishni talab qiladi.
54. Maxsus tiklash rejasi mazkur Nizomga muvofiq professional ishtirokchining axborot xavfsizligi tartibotiga rioya etish uchun zarur boʻlgan harakatlarni belgilaydi.
55. Avariyalar va halokatlar oʻzining taʼsir natijalari boʻyicha quyidagicha tasniflanadi:
global — professional ishtirokchining binosini buzuvchi;
lokal — bino ichidagi qisman buzilishlarga olib keladigan (aloqa uzilishi, kompyuterlarning ishdan chiqishi, operatorlarning xatolari, elektr taʼminotining uzilishi va boshqalar).
56. Professional ishtirokchi faoliyatining butunlay toʻxtatib qoʻyilishiga olib kelgan falokat yoki halokat yuz bergan taqdirda muayyan tiklash chora-tadbirlarini oʻtkazish zarur.
57. Tiklash chora-tadbirlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun quyida koʻrsatilgan bir qator dastlabki harakatlarni bajarish talab etiladi:
professional ishtirokchining axborot muhiti obyektini zaxiraviy nusxalash;
uzluksiz elektr taʼminoti manbalari bilan taʼminlash.
58. Agar yoʻl qoʻyilgan xatolar natijasida professional ishtirokchi tomonidan uning mijozlariga, soliq va boshqa organlarga jarima toʻlash koʻrinishida zarar yetkazilsa, aybdorlar mehnat qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartib va miqdorda moddiy javobgar boʻladi.
V. Yakunlovchi qoidalar
59. Mazkur Nizom talablariga rioya etish ustidan nazoratni Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
60. Professional ishtirokchining rahbari arxiv ishi va ish yuritish ahvoli ustidan javobgar boʻladi.
61. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
62. Hujjatlarni hisobga olish va saqlash masalalari boʻyicha professional ishtirokchilar va boshqa shaxslar oʻrtasidagi nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
63. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” Agentligi bilan kelishilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” Agentligi Bosh direktori A. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-fevral
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Professional ishtirokchisining nomi“TASDIQLAYMAN” YIGʻMAJILDLARNING NAMUNAVIYNOMENKLATURASI____________________________________________ _____________-son(professional ishtirokchining rahbari F.I.O.)_____________________________________________________(tuzilgan joyi)(imzo)_________________ yilgaM.J. ________________________________________(boʻlimning nomi)
Yigʻma jild indeksiYigʻmajild nomiYigʻmajild soni (jildlar)Yigʻmajild saqlanish muddati*Eslatma1234501 — Rahbariyat01-01Ustav, taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror va shartnoma, professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaDoimiy,31a, 32, 40-moddalar 01-02Professional ishtirokchining ichki hujjatlari (ichki nazorat toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma, professional ishtirokchining axborot xavfsizligi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma va shu kabilar)Doimiy1,27a-moddaBir davlat arxiviga kirim qilinganda hujjatlarning saqlanishi rahbar organidan qabul qilinadi01-03Professional ishtirokchining filiallari yoki vakolatxonalari toʻgʻrisidagi nizomlariDoimiy,34-modda01-04Yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma)Doimiy,33-modda01-05Professional ishtirokchi boshqaruv organlari yigʻilishlarining bayonnomalariDoimiy2,18a, j-modda2Maʼlumot uchun yuborilgani — zarurati oʻtgunga qadar 01-06Professional ishtirokchining asosiy faoliyatga doir buyruqlariDoimiy1,25a-modda 1Maʼlumot uchun yuborilgani zarurati oʻtgunga qadar 01-07Professional ishtirokchining maʼmuriy-xoʻjalik masalalariga doir buyruqlari5 yil,25g-modda01-08Professional ishtirokchining mijozlarini lozim darajada tekshirishga doir hujjatlar5 yil11Qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ishlar munosabatlari tugatilganidan soʻng01-09Mulkiy sugʻurta shartnomalari5 yil1,377-modda1Shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng01-10Professional ishtirokchining saqlashga topshirilgan, doimiy saqlanadigan yigʻmajildlari roʻyxatiDoimiy1,129a-modda1Tasdiqlanmaganlari — zarurati oʻtgunga qadar01-11Professional ishtirokchining saqlashga topshirilgan, vaqtinchalik saqlanadigan yigʻmajildlari roʻyxati5 yil2,129b-modda1Yigʻmajildlar yoʻq qilinganidan soʻng01-12Ichki hujjatlarni (buyruq, nizom, yoʻriqnoma, ustav va shu kabilarni) hisobga olish jurnallariDoimiy1,120a-modda1Tashkilotlarda saqlanadi. Agarda ilmiy-maʼlumotnoma apparati sifatida foydalanishi mumkin boʻlsa, davlat arxiviga qabul qilinishi lozim. 01-13Kiruvchi va chiquvchi xat-xabarni hisobga olish jurnallari5 yil01-14Kelib tushgan va chiqib ketgan hujjatlarni idoraviy arxivda hisobga olish uchun hisobga olish kitoblariDavlat saqlashiga berilmaydi,tashkilotda saqlanadi,137-modda01-15Idoraviy arxivdan berilgan hujjatlarni hisobga olish kartochka-oʻrinbosarlari5 yil11Yigʻmajildni qaytarish sharti bilan01-16Xodimlarning shaxsiy yigʻmajildlari (arizalar, tarjimai hollar, buyruqlar nusxalari, buyruqlardan koʻchirmalar, tavsifnomalar, anketalar)75 yil ETK,588b-modda01-17Malaka talablariga rioya etilishini tasdiqlovchi hujjatlar (malaka sertifikati, ish staji)Talab qilib olinguniga qadar1, 593-modda1Talab qilib olinmaganlari kamida 50 y.01-18Professional ishtirokchining shaxsiy tarkibga doir buyruqlari75 yil ETK,25b-modda 01-19Shaxsiy tarkibga doir buyruqlarga asos boʻluvchi hujjatlar (arizalar, tushuntirish xatlari va shu kabilar)5 yil,587-modda01-20Shaxsiy yigʻmajildlar tarkibiga kirmagan mehnat shartnomalari (kontraktlar) va kelishuvlari75 yil ETK,589-modda01-21Xodimlarning (shu jumladan vaqtinchalik ishlayotgan xodimlarning) shaxsiy kartochkalari75 yil ETK,590-modda01-22Mehnat daftarchalari va ularning ilovalarini berish kitoblari (jurnallari)75 yil ETK,616d-modda01-23Fondlar yigʻmajildlari (fondlarga tarixiy maʼlumotnomalar, yigʻmajildlar mavjudligi va holatini tekshirish dalolatnomalari, hujjatlarni davlat saqlashiga qabul qilish va topshirish dalolatnomalari, professional ishtirokchi hujjatlarini yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi, hujjatlarning yetishmasligi va tuzatib boʻlmaydigan shikastlanishlari toʻgʻrisidagi dalolatnomalar)Tashkilotlarda saqlanadi1, 127-modda1Tashkilot tugatilganda davlat saqlanishiga topshiriladi01-24Fond varagʻiDoimiy,128-modda02 — Buxgalteriya hujjatlari02-01Ustav fondining shakllanishini, professional ishtirokchining majburiy normativlar tizimi talablariga rioya etilishini tasdiqlovchi hujjatlar (yillik buxgalteriya balansi, auditor xulosalari, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli organga bildirishnomalar va shu kabilar)Doimiy,231, 310b, 80-moddalar02-02Yillik yigʻma buxgalteriya hisoboti hujjatlari (professional ishtirokchining buxgalteriya hisobotlari, balanslari, ularga tushuntirish xatlari)Doimiy,310a-modda02-03Yillik buxgalteriya hisoboti hujjatlari (professional ishtirokchining buxgalteriya hisobotlari, balanslari, ularga tushuntirish xatlari)Doimiy,310b-modda02-04Choraklik buxgalteriya hisoboti hujjatlari (professional ishtirokchining buxgalteriya hisobotlari, balanslari, ularga tushuntirish xatlari)5 yil1,310v-modda1Yillik hisobotlar mavjud boʻlmaganda — doimiy02-05Xodimlarning shaxsiy hisobvaraqlari75 yil ETK,327a-modda 02-06Hisob-kitob (hisob-kitob-toʻlov) qaydnomalari5 yil1,331-modda1Shaxsiy hisobvaraqlar mavjud boʻlmaganda — 75 y.02-07Buxgalteriya yozuvlari uchun asos boʻladigan birlamchi hujjatlar va ularga ilovalar (kassa, bank hujjatlari, bank topshiriqnomalari, pul vositalarini deponentlash toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar, banklardan koʻchirmalar, blok — hisob raqamlari, qaydnomalar, avizo, chek daftarchalarining milklari, schyot-fakturalar, ishga naryadlar, mol-mulkni qabul qilish, topshirish va hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnomalar, tabellar, kvitansiyalar, yuk xatlar, avans, tovar hisobotlari)5 yil1,326-modda1Taftishlar tugashi sharti bilan. Bahslar, tushunmovchiliklar, tergov va sud ishlari yuzaga kelgan taqdirda oxirgi qaror chiqarilguniga qadar saqlanadi02-08Professional ishtirokchi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati taftishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlar (dalolatnomalar, maʼlumotnomalar, bildirishnomalar, xulosalar)5 yil1,357-modda1Taftishlar tugashi sharti bilan. Bahslar, tushunmovchiliklar, tergov va sud ishlari yuzaga kelgan taqdirda oxirgi qaror chiqarilguniga qadar saqlanadi03 — Investitsiya vositachisining professional faoliyatiga doir hujjatlar03-01Fond birjasida sotilgan davlat aktivlariga doir bitimlar toʻgʻrisidagi hisobotlar5 yil1,369-modda1Soʻndirilgandan keyin03-02Brokerlar va dilerlarning qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha hisobotlari5 yil1,369-modda1Soʻndirilgandan keyin03-03Maʼlum sanada sotilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisobotlar5 yil1,369-modda1Soʻndirilgandan keyin03-04Amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha reyestrlar5 yil1,369-modda1Soʻndirilgandan keyin03-05Aksiyalar paketi fond birjasi savdolariga joylashtirilgan, xususiylashtirilgan korxonalar roʻyxatlariDoimiy1,280-modda1Tashkilotda hujjatlar nusxalarining asli mavjud boʻlganda — zarurati oʻtgunga qadar03-06Mijoz pul vositalarining kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjatlar (toʻlov topshiriqnomalari, banklardan koʻchirmalar, dalolatnomalar)5 yil1,326-modda1Taftishlar tugashi sharti bilan. Bahslar, tushunmovchiliklar, tergov va sud ishlari yuzaga kelgan taqdirda oxirgi qaror chiqarilguniga qadar saqlanadi03-07Tanlov savdolari bayonnomalaridan koʻchirmalar10 yil03-08Mijozlar bilan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar5 yil1 ETK,359-modda1Taftishlar tugatilishi sharti bilan shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng03-09Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga qimmatli qogʻozlarni savdoga chiqarish yoki savdodan olishga depo topshiriqnomalari15 yil03-10Fond birjasiga qimmatli qogʻozlarni savdoga chiqarish yoki savdodan olishga topshiriqnomalar15 yil04 — Depozitar operatsiyalarni amalga oshirish faoliyatiga doir hujjatlar04-01Depozitariyning mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha hisobotlari5 yil04-02Depo hisobvaragʻini tasarruf etish huquqini beruvchi ishonchnomalar5 yil04-03Yuridik shaxslar / jismoniy shaxslar depo hisobvaraqlarining anketalari, imzolar namunalari va muhr izi bilan15 yil04-04Yuridik shaxslar / jismoniy shaxslar depo hisobvaraqlarining kartochkalari, imzolar namunalari va muhr izi bilan15 yil04-05Depo hisobvaragʻini, vakillik depo hisobvaragʻini, emissiyaviy depo hisobvaragʻini va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi depo hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisidagi shartnomalar5 yil1 ETK,359, 226-moddalar1Taftishlar tugatilishi sharti bilan shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng04-06Qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar (oldi-sotdi, ayirboshlash, sovgʻa qilish, meros qoldirish, garovga qoʻyish va boshqa harakatlar) boʻyicha shartnomalar5 yil ETK1,285-modda1Shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng04-07Savdo tizimi ishtirokchilariga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi depozitar shartnomalar5 yil1,447-modda1Shartnomaning muddati tugaganidan soʻng04-08Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registriDoimiy,57-modda04-09Qimmatli qogʻozlarni saqlash uchun qabul qilishga yoki saqlashdan chiqarishga depo topshiriqnomalari15 yil04-10Qimmatli qogʻozlarni hisobga kiritishga / hisobdan chiqarishga depo topshiriqnomalari15 yil04-11Qimmatli qogʻozlarni oʻtkazishga depo topshiriqnomalari15 yil04-12Depo hisobvaraqlari anketalariga / kartochkalariga oʻzgartirishlar kiritishga depo topshiriqnomalari15 yil04-13Depo hisobvaragʻini ochishga/yopishga depo topshiriqnomalari15 yil04-14Operatorni tayinlashga depo topshiriqnomalari15 yil04-15Qimmatli qogʻozlarni blokirovka qilishga depo topshiriqnomalari15 yil04-16Qimmatli qogʻozlarni blokirovkadan chiqarishga depo topshiriqnomalari15 yil04-17Qimmatli qogʻozlarni garovga topshirishga / qimmatli qogʻozlarni garovdan qaytarib olishga depo topshiriqnomalari15 yil05 — Investitsiya fondining professional faoliyatiga doir hujjatlar05-01Investitsiya fondining qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha hisobotlariDoimiy,370a,b-modda05-02Investitsiya fondining investitsiya portfeliga tegishli hujjatlar (hisobotlar, hisobvaraq, biznes-rejalar, dalolatnomalar, emissiya risolasi)25 yil05-03Investitsiya fondining investitsiya portfeli korxonalaridagi ulushi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (hisobotlar, hisobvaraq, biznes-rejalar, dalolatnomalar, emissiya risolasi)15 yil05-04Kuzatuv kengashi aʼzolariga, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisiga, depozitariyga mukofotlar toʻlanganligiga doir hujjatlar (topshiriqnomalar, depo topshiriqnomalari, dalolatnomalar, orderlar, qaydnomalar, koʻchirmalar)5 yil1,326-modda1Taftishlar tugashi sharti bilan. Bahslar, tushunmovchiliklar, tergov va sud ishlari yuzaga kelgan taqdirda oxirgi qaror chiqarilguniga qadar saqlanadi05-05Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi bilan tuzilgan shartnomalar5 yil1 ETK,359-modda1Taftishlar tugatilishi sharti bilan shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng 06 — Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisining professional faoliyatiga doir hujjatlar06-01Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha hisobotlariDoimiy,370a,b-modda06-02Bajarilgan ishlar dalolatnomalari5 yil,337-modda06-03Investitsiya aktivlarini boshqarish toʻgʻrisidagi shartnomalar (investitsiya fondi, xususiylashtirish investitsiya fondi va boshqalarning)5 yil1 ETK,359-modda1Taftishlar tugatilishi sharti bilan shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng 06-04Depozitariyga aksiyadorlar reyestrlarini taqdim etishga depo topshiriqnomalari15 yil06-05Aksiyadorlarga dividendlar toʻlashga topshiriqnomalar (investitsiya fondi, xususiylashtirish investitsiya fondi va boshqalarga)15 yil06-06Depozitariyga qimmatli qogʻozlarni saqlash uchun qabul qilishga yoki saqlashdan chiqarishga depo topshiriqnomalari15 yil06-07Hisob-kitob-kliring palatasiga qimmatli qogʻozlarni savdoga chiqarish yoki savdodan olishga topshiriqnomalar15 yil07 — Investitsiya maslahatchisining professional faoliyatiga doir hujjatlar07-01Investitsiya maslahatchisining mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha hisobotlariDoimiy11Davlat arxivlarining butlash manbalari boʻlmagan tashkilotlarda, tashkilot tugatilgandan soʻng07-02Bajarilgan ishlar dalolatnomalari5 yil,337-modda07-03Mijozlar bilan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar5 yil1 ETK,359-modda1Taftishlar tugatilishi sharti bilan shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng07-04Professional ishtirokchilar bilan oʻzaro axborot hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomalar5 yil1447-modda1Shartnomaning muddati tugaganidan soʻng07-05Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga qimmatli qogʻozlarning emissiya risolalariga doir axborotlarni taqdim etishga depo topshiriqnomalari15 yil08 — Transfer-agentning professional faoliyatiga doir hujjatlar08-01Transfer-agentning qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha hisobotlariDoimiy11Davlat arxivlarining butlash manbalari boʻlmagan tashkilotlarda, tashkilot tugatilguniga qadar08-02Bajarilgan ishlar dalolatnomalari5 yil,337-modda08-03Mijozlar bilan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar5 yil1 ETK,359-modda1Taftishlar tugatilishi sharti bilan shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng08-04Depozitariylar bilan oʻzaro axborot hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomalar5 yil1,447-modda1Shartnomaning muddati tugaganidan soʻng08-05Depozitariyga qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni roʻyxatga olishga depo topshiriqnomalari15 yil08-06Depozitariyga qimmatli qogʻozlarni egalarining depo hisobvaraqlaridan chiqarish yoki egalarining depo hisobvaraqlariga joylashtirishga depo topshiriqnomalari15 yil08-07Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga qimmatli qogʻozlar egalari reyestrlarini taqdim etishga depo topshiriqnomalari15 yil08-08Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga qimmatli qogʻozlarning emissiya risolalariga doir axborotlarni taqdim etishga depo topshiriqnomalari15 yil09 — Qimmatli qogʻozlar savdolari tashkilotchilarining hujjatlari09-01Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisining qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha hisobotlariDoimiy11Davlat arxivlarining butlash manbalari boʻlmagan tashkilotlarda, tashkilot tugatilguniga qadar09-02Qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish topshiriqnomasiga ishlov berish toʻgʻrisidagi, majburiyatlar qaydnomasiga ishlov berish toʻgʻrisidagi, fond birjasida / birjadan tashqari savdo tizimlarida tuzilgan bitimlar kliringi boʻyicha yil�ik hisobotlarDoimiy,370a-modda09-03Qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish topshiriqnomasiga ishlov berish toʻgʻrisidagi, majburiyatlar qaydnomasiga ishlov berish toʻgʻrisidagi, fond birjasida / birjadan tashqari savdo tizimlarida tuzilgan bitimlar kliringi boʻyicha yarim yillik hisobotlar10 yil,370b-modda09-04Qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish topshiriqnomasiga ishlov berish toʻgʻrisidagi, majburiyatlar qaydnomasiga ishlov berish toʻgʻrisidagi, fond birjasida / birjadan tashqari savdo tizimlarida tuzilgan bitimlar kliringi boʻyicha choraklik hisobotlar10 yil,370b-modda09-05Qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish topshiriqnomasiga ishlov berish toʻgʻrisidagi, majburiyatlar qaydnomasiga ishlov berish toʻgʻrisidagi, fond birjasida / birjadan tashqari savdo tizimlarida tuzilgan bitimlar kliringi boʻyicha oylik hisobotlar5 yil,370v-modda09-06Savdolar yakunlari boʻyicha bitimlar reyestrlari5 yil1, 369-modda1Soʻndirilgandan keyin09-07Savdo jarayonida naqd qimmatli qogʻozlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari5 yil,337-modda09-08Fond birjasida tuzilgan bitimlarga doir majburiyatlar qaydnomalari15 yil11Majburiyatlar bajarilganidan soʻng09-09Mijozlarning qimmatli qogʻozlarni sotib olishga / sotishga buyurtmalari5 yil ETK09-10Pul vositalarining qaytarilishiga buyurtmalar (yuridik shaxs / jismoniy shaxs)5 yil09-11Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari bilan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar5 yil1 ETK,359-modda1Taftishlar tugatilishi sharti bilan shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng09-12Mijozlar bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomalar5 yil1 ETK,359-modda1Taftishlar tugatilishi sharti bilan shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng09-13Fond birjasida tuzilgan bitimlar boʻyicha qimmatli qogʻozlarni yetkazib berishga topshiriqnomalar15 yil09-14Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdo tizimlarida tuzilgan bitimlar boʻyicha hisobga kiritishga / hisobdan chiqarishga topshiriqnomalar15 yil09-15Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdo tizimlarida tuzilgan bitimlar boʻyicha depozitariylararo oʻtkazishlar uchun yetkazib berishga topshiriqnomalar15 yil09-16Qimmatli qogʻozlarning fond birjasida tuzilgan bitimlar boʻyicha depozitariylararo oʻtkazishlar uchun yetkazib berishga topshiriqnomalar15 yil09-17Bitimlar bekor qilinganidan soʻng qimmatli qogʻozlarni blokirovkadan chiqarishga topshiriqnomalar15 yil09-18Depozitariyga qimmatli qogʻozlarni savdoga blokirovkalashga elektron depo topshiriqnomalari15 yil09-19Hisob-kitob-kliring palatasiga savdolar natijalari boʻyicha bitimlarning elektron reyestrlari15 yil09-20Depozitariyga xaridorlarga — mijozlarga savdo hisobvaraqlarni ochishga elektron depo topshiriqnomalari5 yil
* Ushbu yigʻmajildlarning namunaviy nomenklaturasida koʻrsatilgan moddalar saqlash muddatlari koʻrsatilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari faoliyatida vujudga keladigan boshqaruv hujjatlarining namunaviy roʻyxatidan olingan (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” Agentligi, Toshkent, 2012-y.).
____________________________________________________(ish yuritishga javobgar xodimning F.I.Sh., lavozimi)(imzo)Sana____________________________________________________________(ish yuritish masalalarini nazorat qiluvchi rahbar oʻrinbosarining F.I.Sh., imzosi) MAʼQULLANGAN KELISHILGAN Professional ishtirokchi EKning bayonnomasiArxiv muassasasining ETK bayonnomasi__________ dagi ________-sonli__________dagi __________-sonli
Izoh: namunaviy yigʻmajildlar nomenklaturasi yigʻmajildlarining roʻyxati professional ishtirokchilarning professional faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqib toʻldirilishi mumkin.
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash toʻgʻrisidagi nizomga ILOVANING davomi
(ilovaning davomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 27-noyabrdagi 2014-31-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1915-3, 19.12.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 51-son, 618-modda)
