Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan radioaloqani tashkil etish uchun ruxsat etuvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1388-1-son)
10.07.2009
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 10-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1388-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 16-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 215-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 19-son, 220-modda) hamda 2005-yil 16-avgustdagi “Matbuot, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 200-son qarorlariga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 32-33-son, 255-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan radioaloqani tashkil etish uchun ruxsat etuvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 1388, 2004-yil 21-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 340-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-iyul,
204-son
