1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Budjet tizimi toʻgʻrisida (158-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Ushbu Qonun:
Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslarini;
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) tuzish prinsiplari va uning tuzilmasini;
Davlat budjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;
Davlat budjetining daromadlarini shakllantirish va uning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;
Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni;
Davlat budjeti mablagʻlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartibini belgilaydi.
