Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1974-son)
24.06.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1974]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–330-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 17-son, 138-modda) va 2006-yil 29-avgustdagi “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida”gi PQ–456-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 36-son, 359-modda) qarorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qoʻmitasining 2006-yil 12-maydagi 44 va 2006-26-son “Paxta tolasini Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi orqali respublika korxonalariga sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2006-yil 15-iyun, roʻyxat raqami 1583 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 24-son, 222-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qoʻmitasining 2006-yil 7-dekabrda 99 va 2006-48-son “Paxta tolasini Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi orqali respublika korxonalariga sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (2006-yil 25-dekabr, roʻyxat raqami 1583-1 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 51-52-son, 521-modda).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-may,
50-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-may,
2009-19-son
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 1-maydagi 50, 2009-19-son qaroriga ILOVA
Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-330-son “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 17-son, 138-modda) va 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 36-son, 359-modda) qarorlariga muvofiq paxta tolasi va lintni respublika korxonalariga va Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari orqali eksportga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Paxta tolasi va lintni (keyingi oʻrinlarda paxta tolasi deb ataladi) eksportga va paxta tolasini qayta ishlovchi respublika korxonalariga (keyingi oʻrinlarda respublika korxonalari deb ataladi) realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari (keyingi oʻrinlarda TIAISV kompaniyalari deb ataladi) va Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi valyuta maydonchasi (keyingi oʻrinlarda OʻzRTXB deb ataladi) orqali chet el valyutasida amalga oshiriladi.
Respublikaning ayrim tarmoqlaridagi korxonalariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra paxta tolasi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari (keyingi oʻrinlarda “Paxtasanoat” HAB deb ataladi) bilan tuziladigan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha realizatsiya qilinishi mumkin.
2. Paxta tolasini eksportga va respublika korxonalariga TIAISV kompaniyalari va OʻzRTXB orqali realizatsiya qilish va paxta tolasi uchun hisob-kitoblar respublika korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 36-son, 359-modda) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
II. Paxta tolasini “Paxtasanoat” HABga realizatsiya qilishda paxta tozalash zavodlari tomonidan hisobvaraq- fakturalarda qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini aks ettirish tartibi
3. Paxta tozalash zavodlari tomonidan paxta tolasini “Paxtasanoat” HABga realizatsiya qilish konditsion ogʻirlikda ulgurji preyskurant narxlarda:
respublika korxonalariga realizatsiya qilish uchun moʻljallangani — qoʻshilgan qiymat soligʻining 20 % stavkasi qoʻllanilgan holda;
eksportga realizatsiya qilish uchun moʻljallangani — qoʻshilgan qiymat soligʻini nol darajali stavkasi qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi.
4. Hisobvaraq-fakturalar paxta tozalash zavodlari tomonidan paxta tolasi boʻyicha “Paxtasanoat” HABning naryadlari asosida yoziladi.
Keyinchalik respublika korxonalariga realizatsiya qilish uchun moʻljallangan paxta tolasi boʻyicha va keyinchalik eksportga realizatsiya qilish uchun moʻljallangan paxta tolasi boʻyicha hisobvaraq-fakturalarni paxta tozalash zavodlari tomonidan toʻldirish shakllari va misollari mazkur Nizomning 1 va 1a-ilovalarida keltirilgan.
5. Paxta tozalash zavodlariga paxta tolasini eksportga yetkazib berishda nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarib berish Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomda (2008-yil 16-may, roʻyxat raqami 1807 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 20-21-son, 180-modda) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda, paxta tolasini eksportga realizatsiya qilinganligi tasdigʻi sifatida paxta tozalash zavodlari “Paxtasanoat” HABning naryadini va ushbu naryad asosida yozilgan hisobvaraq-fakturani taqdim etadilar.
III. Respublika korxonalariga paxta tolasini realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB tomonidan hisobvaraq-fakturalarda qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini aks ettirish tartibi
6. Paxta tolasini respublika korxonalariga realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB qoʻshilgan qiymat soligʻini qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini oʻz ichiga oluvchi vositachilik haqidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi.
7. Paxta tolasini OʻzRTXB orqali va toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalari boʻyicha respublika korxonalariga realizatsiya qilishda, shuningdek paxta tolasini TIAISV kompaniyalari orqali respublika korxonalariga realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB tomonidan yozib beriladigan hisobvaraq-fakturalarni toʻldirish shakllari va misollari mazkur Nizomning 2 va 2a-ilovalarida keltirilgan.
“Paxtasanoat” HAB yozib berilayotgan hisobvaraq-fakturada paxta tolasi qiymatini va qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini tegishincha ajratib koʻrsatgan holda vositachilik haqi summasini alohida satrlarda ajratib koʻrsatadi.
Bunda, hisobvaraq-fakturalar mazkur Nizomga muvofiq qatʼiy amal qilgan holda maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
8. TIAISV kompaniyalari paxta tolasini respublika korxonalariga realizatsiya qilishda hisobvaraq-fakturada “Paxtasanoat” HAB hisobvaraq-fakturalarida koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini, shuningdek kompaniyaning vositachilik haqidagi qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ajratib koʻrsatadilar.
Paxta tolasini respublika korxonalariga realizatsiya qilishda TIAISV kompaniyalari tomonidan hisobvaraq-fakturalarni toʻldirish shakli va misoli mazkur Nizomning 2b-ilovasida keltirilgan.
9. TIAISV kompaniyalari tomonidan yoziladigan hisobvaraq-fakturada ajratib yozilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 218-moddasida nazarda tutilgan tartibda respublika korxonalari tomonidan hisobga olinadi.
IV. Paxta tolasini eksportga realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB tomonidan hisobvaraq-fakturalarda qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini aks ettirish tartibi
10. “Paxtasanoat” HAB tomonidan paxta tolasini eksportga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini oʻz ichiga oluvchi oʻzining vositachilik haqi summasidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
11. Paxta tolasini eksportga TIAISV kompaniyalari orqali realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB tomonidan hisobvaraq-fakturalarni toʻldirish shakli va misoli mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan.
12. “Paxtasanoat” HAB tomonidan OʻzRTXB va TIAISV kompaniyalari orqali eksportga realizatsiya qilingan paxta tolasi hajmiga belgilangan tartibda jahon narxlarida qoʻshilgan qiymat soligʻisiz invoys yozib beriladi.
V. Paxta tozalash zavodlari tomonidan qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobini tuzishning oʻziga xos xususiyatlari
13. Paxta tozalash zavodlari Hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi hisob-kitobida (Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq hisoboti shakllarining 2-ilovasi) (2008-yil 21-yanvar, roʻyxat raqami 1760 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 3-4-son, 15-modda):
4-ustunning 01031 va 01033-satrlarini, shuningdek 3-ustunning 01034-satrini toʻldirmaydilar;
5-ustunning 05031-satrida 5-ustunning 0503-satridagi qiymatini takrorlaydilar.
Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Paxta tolasini keyinchalik respublika korxonalariga realizatsiya qilish uchun “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga realizatsiya qilishda paxta tozalash zavodlari tomonidan hisobvaraq-fakturani toʻldirish
MISOLI
Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1a-ILOVA
Paxta tolasini keyinchalik eksportga realizatsiya qilish uchun “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga realizatsiya qilishda paxta tozalash zavodlari tomonidan hisobvaraq-fakturani toʻldirish
MISOLI
Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Paxta tolasini OʻzRTXB orqali va toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha respublika korxonalariga realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB tomonidan hisobvaraq-fakturani toʻldirish
MISOLI
Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2a-ILOVA
Paxta tolasini TIAISV kompaniyalari orqali respublika korxonalariga realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB tomonidan hisobvaraq-fakturani toʻldirish
MISOLI
Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2b-ILOVA
Paxta tolasini respublika korxonalariga realizatsiya qilishda TIAISV kompaniyalari tomonidan hisobvaraq-fakturani toʻldirish
MISOLI
Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Paxta tolasini TIAISV kompaniyalari orqali eksportga realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB tomonidan hisobvaraq-fakturani toʻldirish
MISOLI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 307-modda)
