Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 11-martdagi 131-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida (185-son)
03.07.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2009-yil 19-maydagi 141-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 11-martdagi 131-son qarorida:
1-ilova III boʻlim 10-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
2-ilovaning 2-bandi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 3-iyul,
185-son
