Oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz respublika sport musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisida (181-son)
29.06.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqib joriy etilgan uch bosqichli yagona sport oʻyinlari tizimi — “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalari yosh avlodni sogʻlom turmush tarzi tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning sportga qiziqishini, milliy gʻurur va iftixor tuygʻusini oshirish borasida beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.
Oʻtgan davr mobaynida bu musobaqalar yoshlarimiz hayotining ajralmas qismiga aylandi hamda ular uchun tajriba va mahorat maktabi boʻlib xizmat qilmoqda.
Bu sport oʻyinlarining aniq dastur asosida yurtimizning barcha hududlarida muntazam oʻtkazib kelinayotganligi, joylarda zamon talablariga javob beradigan, yangicha qiyofadagi muhtasham sport maskanlari, stadionlar, suzish havzalarining barpo etilishi qishloq va shaharlarning yanada obod boʻlishida alohida ahamiyat kasb etayotganligini qayd etish lozim.
Yoshlarda sportga boʻlgan havas va intilishni, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini kuchaytirish, oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb etish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining “Umid nihollari”, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining “Barkamol avlod” hamda oliy taʼlim muassasalari talabalarining “Universiada” respublika sport musobaqalarining final bosqichini davriy ravishda oʻtkazish tizimi shakllanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan shakllantirilgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” respublika sport musobaqalarining final bosqichlarini oʻtkazish rejasi 1-ilovaga, ushbu musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitalar tarkiblari 2 — 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tashkiliy qoʻmitalarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur sport musobaqalarini oʻtkazish yuzasidan alohida dasturlar ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklansin.
Ushbu dasturlarda quyidagilar nazarda tutilsin:
sport musobaqalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga sport va jismoniy tarbiya tadbirlariga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, shuningdek, homiylarning mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etgan holda oʻtkazilishi;
sport musobaqalarining respublika final bosqichlari boʻlib oʻtadigan hududlar va u erda joylashgan infratuzilma obyektlarini talab darajasida tayyorlash va zamonaviy asosda jihozlash;
sport musobaqalari davomida har qaysi ishtirokchining qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kamol toptirish, buyuk ajdodlarimizning mardlik va jasurlik anʼanalarini munosib davom ettirishga qodir insonlar boʻlib yetishishiga xizmat qiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturini amalga oshirish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatiga sport musobaqalari, madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtadigan hamda qatnashchilar yashaydigan joylarda jamoat va transport harakati xavfsizligini taʼminlash vazifasi yuklansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi sport musobaqalari ishtirokchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va musobaqalar davrida tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etsin, sportchilarning dam olish, ovqatlanish joylarida sanitariya va gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasin.
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi Tashkiliy qoʻmitalar buyurtmasiga binoan sport musobaqalari ishtirokchilari va ijodiy guruh aʼzolarini imtiyozli tariflar asosida chiptalar bilan taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish jarayonini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-iyun,
181-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻquvchi va talaba yoshlarning “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining hududlarda respublika final bosqichlarini oʻtkazish
REJASI
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga 2-ILOVA
Umid nihollari” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
Shermatov Sh.X. — xalq taʼlimi vaziri, hamrais Kuranbayev K.K. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiraisi Kasimov O.O. — jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Axmatdjanov U.M. — Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi Rafikov Q.M. — Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Ergashev R.M. — ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Lavozimiga koʻra — Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari Nuritdinov X.B. — Oʻzbekiston milliy teleradio kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari Yusupaliyev B.Q. — sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Niyazov R.S. — “Vatanparvar” tashkiloti raisi Nazarbekov O.A. — madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Koʻchimov A.K. — Milliy axborot agentligi bosh direktori Xusanov U.A. — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari v.b. Sagdullayev F.F. — “Oʻzbekistontemiryoʻllari” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Inomova S.T. — “Sogʻlomavloduchun” xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi Lavozimiga koʻra — Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori Javlonov Sh.S. — Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Bakiyev Z.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼul xodimi Bayazitov K.F. — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Jismoniy tarbiya va sport shuʼbasi mudiri Toirov T.A. — Xalq taʼlimi vazirligi “Yoshlik” koʻngilli sport jamiyati markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, masʼul kotib.
Izoh: “Umid nihollari” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi oʻtkaziladigan mintaqalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari musobaqa Tashkiliy qoʻmitasining hamraisi hisoblanadi.
Tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiruvchi shaxslar boshqa ishga oʻtgan taqdirda tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga 3-ILOVA
“Barkamol avlod” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
Madjidov I.U. — oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, hamrais Xolmuxamedov M.M. — oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, rais oʻrinbosari Kuranbayev K.K. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Kasimov O.O. — jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Axmatdjanov U.M. — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi Rafikov Q.M. — Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Ergashev R.M. — ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Lavozimiga koʻra — Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari Nuritdinov X.B. — Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari Yusupaliyev B.Q. — sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Niyazov R.S. — “Vatanparvar” tashkiloti raisi Nazarbekov O.A. — madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Koʻchimov A.K. — Milliy axborot agentligi bosh direktori Xusanov U.A. — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari v.b. Sagdullayev F.F. — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Inomova S.T. — “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi Lavozimiga koʻra — Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori Bakiyev Z.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼul xodimi Bayazitov K.F. — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Jismoniy tarbiya va sport shuʼbasi mudiri Qodirov E.I. — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi” raisining birinchi oʻrinbosari, masʼul kotib
Izoh: “Barkamol avlod” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi oʻtkaziladigan mintaqalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari musobaqa Tashkiliy qoʻmitasining hamraisi hisoblanadi.
Tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiruvchi shaxslar boshqa ishga oʻtgan taqdirda tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga 4-ILOVA
“Universiada” sport musobaqalarining respublika final bosqichini oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
I.U. Madjidov — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, hamrais K.K. Quronboyev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi O.O. Qosimov — Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari U.M. Axmatdjanov — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi Q.M. Rafiqov — Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi R.M. Ergashev — Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Lavozimi boʻyicha — Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinb�sari X.B. Nuritdinov — Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari B.Q. Yusupaliyev — Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Niyazov — “Vatanparvar” tashkiloti raisi O.A. Nazarbekov — Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari A.K. Koʻchimov — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori U.A. Husanov — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari v.b. F.F. Sagdullayev — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Lavozimi boʻyicha — Oliy taʼlim muassasalari rektorlar kengashining raisi Z.A. Bakiyev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼul xodimi K.F. Bayazitov — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Jismoniy tarbiya va sport shuʼbasi mudiri E.I. Qodirov — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi” raisining birinchi oʻrinbosari, masʼul kotib
Izoh: “Universiada” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi oʻtkaziladigan mintaqalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari musobaqa Tashkiliy qoʻmitasining hamraisi hisoblanadi.
Tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiruvchi shaxslar boshqa ishga oʻtgan taqdirda tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar Tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.
