“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻR AQ-61) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1349-4-son)
26.06.2009
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1349-4]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni IKAO standartlari va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2004-yil 26-martdagi 49-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalariga (OʻRAQ-61) (2004-yil 7-may, roʻyxat raqami 1349 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 212-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
