“2008-yilda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1818-1-son)
17.06.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 17-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1818-1]
Budjetdan tashqari daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik tafovutlarni qoplash uchun oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy koʻmak berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2008-yil 28-maydagi 60, 152-1-sonli “2008-yilda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1818, 2008-yil 29-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 22-23-son, 212-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-iyun,
63-son.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-iyun,
196-son.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2009-yil 10-iyundagi 63, 196-sonli qaroriga ILOVA
2008-yilda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Nomi va 1-bandidagi “2008-yilda” soʻzlari “2008 va 2009-yillarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
nomi va soʻz boshidagi “2008-yilda” soʻzlari “2008 va 2009-yillarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “2008-yilda” soʻzlari “tegishli ravishda 2008 va 2009-yillarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilova mazkur oʻzgartirishlarning 1-ilovasiga muvofiq tahrir etilsin;
2-ilova mazkur oʻzgartirishlarning 2-ilovasiga muvofiq tahrir etilsin.
“2008-yilda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
“2008 va 2009-yillarda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
“2008-yilda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
“2008 va 2009-yillarda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
* daromadlarga talabalar tomonidan 20__/20__ oʻquv yilda oʻqitishning toʻliq qiymatini oʻz vaqtida toʻlamaganlik yuzasidan tushishi kutilayotgan mablagʻlar, shuningdek boshqa tushumlar ham kiritilishi lozim.
** jami daromad (ayiruv) jami kassa.
*** jami daromad (ayiruv) jami haqiqiy xarajatlar (ayiruv) 20__ yil 1-yanvar holatiga kreditor qarzdorlik.
**** kassa (ayiruv) haqiqiy xarajatlar (ayiruv) 20__ yil 1-yanvar holatiga kreditor qarzdorlik.
