Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi huzurida manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 2-martdagi 76-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (167-son)
17.06.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi huzuridagi Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazini moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi huzurida Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 2-martdagi 76-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi hamda uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning faoliyati xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar, oʻrmon xoʻjaligi tadbirlariga budjetdan ajratilgan mablagʻlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 17-iyun,
167-son
