Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan, yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (161-son)
12.06.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 188-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan, yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 12-iyun,
161-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-iyundagi 161-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan, yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. “Andijon viloyati” boʻlimiga quyidagi mazmundagi 6—8-satrlar qoʻshilsin:
2. “Buxoro viloyati” boʻlimiga quyidagi mazmundagi 4-satr qoʻshilsin:
3. “Jizzax viloyati” boʻlimiga quyidagi mazmundagi 14-15-satrlar qoʻshilsin:
4. “Navoiy viloyati” boʻlimiga quyidagi mazmundagi 6-satr qoʻshilsin:
5. “Samarqand viloyati” boʻlimiga quyidagi mazmundagi 14—23- satrlar qoʻshilsin:
6. “Sirdaryo viloyati” boʻlimiga quyidagi mazmundagi 7-8-satrlar qoʻshilsin:
7. “Toshkent viloyati” boʻlimiga quyidagi mazmundagi 26—35-satrlar qoʻshilsin:
8. “Fargʻona viloyati” boʻlimiga quyidagi mazmundagi 37—39-satrlar qoʻshilsin:
9. “Toshkent shahri” boʻlimiga quyidagi mazmundagi 44—55-satrlar qoʻshilsin:
10. Oxirgi xatboshidagi “194” raqami “238” raqami bilan almashtirilsin.
