Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida (149-son)
25.05.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etayotgan mutaxassislarning lavozim maoshlarini ular tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga muvofiqlashtirish hamda ijro ishini yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga quyidagi mazmundagi 24a-ilova qoʻshilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 24a-ILOVA
Tuman (shahar) sud ijrochilari boʻlimlari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari
2. Ushbu qaror 2009-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 25-may,
149-son
