Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1181-2-son)
25.05.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 25-mayda 1181-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotnomasi, 1996-yil, 9-son, 142-modda) 5-moddasiga asosan va “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotnomasi, 2001-yil, 1-2-son, 8-modda) 23-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1992-yil, 12-son, 37-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 9-sentabrdagi 103-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha Yoʻriqnoma”ga (roʻyxat raqami 1181, 2002-yil 23-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 20-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-aprel,
46-son
