Xalq taʼlimi muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (139-son)
18.05.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini bajarish yuzasidan hamda xalq taʼlimi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini yanada takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy masalalarni hal etishda maktabgacha taʼlim muassasalarining mustaqilligini kengaytirish va masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalariga, ularda buxgalter lavozimini kiritgan holda ilovaga muvofiq jadvalga koʻra bosqichma-bosqich yuridik shaxs maqomi berilishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi:
bir hafta muddatda ushbu qarordan kelib chiquvchi vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar qabul qilsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda xalq taʼlimi muassasalari buxgaltyerlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlarni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
2009-2010-yillar mobaynida maktabgacha taʼlim muassasalari malakali buxgaltyerlar bilan butlanishini taʼminlasinlar;
2010-yil mobaynida tarbiyalanuvchilar soni kam boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini tartibga solish (qisqartirish) tadbirlarini amalga oshirsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq xarajatlarni 2009-yilgi Davlat budjetining tasdiqlangan xarajatlari doirasida “Taʼlim” boʻlimi boʻyicha budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda joriy yil oxirigacha idoraviy maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda maktabgacha taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-may,
139-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-maydagi 139-son qaroriga ILOVA
Maktabgacha taʼlim muassasalariga yuridik shaxs maqomini berish
jadvali
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 21-son, 251-modda)
