Tugatilayotgan korxonaning mol-mulki va majburiyatlarini inventarlashni tashkil etish va qiymatini aniqlash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida (887-2-son)
18.05.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 18-mayda 887-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi, 2003-y., № 5, 63-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ-66-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 17-18-son, 130-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi qoshidagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 29-dekabrda 17-son bilan tasdiqlangan “Tugatilayotgan korxonaning mol-mulki va majburiyatlarini inventarlashni tashkil etish va qiymatini aniqlash boʻyicha yoʻriqnoma”ga (2000-yil 3-fevral, roʻyxat raqami 887 — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 3-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-aprel,
10-son
