Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (122-son)
28.04.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-apreldagi PQ-847-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi:
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun ilgari berilgan litsenziyalar boʻyicha litsenziya bitimlariga 2010-yil 1-iyulgacha belgilangan tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin;
koʻrsatib oʻtilgan muddat tugagandan keyin ushbu qaror talablariga muvofiq boʻlmagan telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻrsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-aprel,
122-son
