“Tayyor toʻqimachilik mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (1576-1-son)
28.04.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 28-aprelda 1576-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotaomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” PQ-815-son qaroriga (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2008-yil, 10-II-son, 58-modda; “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi”, 2008-yil, 3-son, 163-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2006-yil 12-maydagi 43 va 2006-27-son bilan tasdiqlangan “Tayyor toʻqimachilik mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (Adliya vazirligida 2006-yil 31-mayda 1576-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 22-son, 198-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel,
45-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel,
2009-18-son
