9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida (O‘RQ-213-son) · Sana: 23.04.2009 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning xavfsizligiga doir, ularda inson hayoti va sogʻligʻi uchun zararli boʻlgan moddalar, kasallik tugʻdiruvchi organizmlarning mavjudligi, kasallik tashuvchilarning kirib kelishi yoki tarqalishining oldini olish, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika va dori vositalarini ishlab chiqarish hamda qoʻllash boʻyicha majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi shaharsozlik faoliyatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tabiiy resurslardan foydalanishda hamda atrof muhitni ifloslanish va boshqa zararli taʼsirlardan muhofaza qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va taʼminlaydi.
Ushbu moddaning birinchi—uchinchi qismlarida koʻrsatilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari oʻz vakolati doirasida:
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari va umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash yuzasidan Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga takliflar kiritadi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi hamda ularni ekspertizadan oʻtkazadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarini tuzadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertizadan oʻtkazadi;
umumiy texnik reglamentlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
