58-modda. Davlat yer kadastri va uni yuritish tartibi
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Davlat yer kadastri yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil etish, yer munosabatlarini, yer tuzilishini tartibga solish, yer uchun toʻlanadigan haq miqdorini asoslash, xoʻjalik faoliyatiga baho berish maqsadida oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari va hokimiyat idoralarini, manfaatdor korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarni yer toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlashga moʻljallangandir.
Davlat yer kadastri yerlarning huquqiy tartibi, ularni yerga egalik qiluvchilarga, yerdan foydalanuvchilarga, yer kategoriyalariga qarab taqsimlash toʻgʻrisidagi, yerlarning sifat xarakteristikasi va xalq xoʻjalik qiymati toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar va hujjatlar sistemasidan iborat.
Davlat yer kadastrini yuritish topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, neobotanika va boshqa tekshiruvlari hamda izlanishlari, yerga egalik qilish va yerdan foydalanuvchilarni roʻyxatga olish, yerlarni hisobga olish va ularga baho berish bilan taʼminlanadi.
Davlat yer kadastrini yer tuzish idoralari butun respublika uchun yagona tartib asosida davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiradilar.
Davlat yer kadastrini yuritish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
