56-modda. Yerlardan foydalanish va ularning muhofaza ustidan davlat nazoratni amalga oshirish vazifalari va tartibi
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Yerlardan foydalanish va ularning muhofazasi ustidan davlat nazoratining vazifalari — barcha davlat va jamoat idoralarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek fuqarolar tomonidan — yerdan samarali foydalanish va uni muhofaza qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Yer toʻgʻrisidagi qonunlarining talablariga rioya etilishini taʼminlashdan iborat.
Yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini hokimiyat va oʻzini oʻzi boshqaruv mahalliy idoralari, shuningdek bu ishga maxsus vakil qilingan idoralar amalga oshiradilar.
Kasaba soyuzlari, yoshlar tashkilotlari, tabiatni muhofaza qilish jamiyatlari, ilmiy jamiyatlar va boshqa jamoat tashkilotlari, shuningdek fuqarolar yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishda davlat idoralariga yordam beradilar.
Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilanadi.
