43-modda. Tabiatni muhofaza qilishga moʻljallangan yerlar
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Tabiatni muhofaza qilishga moʻljallangan yerlar jumlasiga belgilangan tartibda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga maxsus maqsadlar uchun berilgan davlat qoʻriqxonalari, milliy va dendrologiya bogʻlari, botanika bogʻlari, zakazniklar (ovchilikka moʻljallangan yerlar bundan mustasno), tabiatning moʻʼjizaviy yerlari kiradi.
Bu yerlardan oʻzga maqsadlarda foydalanish man etiladi.
Davlat qoʻriqxonalari, milliy va dendrologiya bogʻlari, botanika bogʻlari, zakazniklar (ovchilikka moʻljallangan yerlar bundan mustasno), tabiatning moʻʼjizaviy yerlari rejimini taʼminlash uchun muhofaza zonalari taʼsis etilib, ushbu zonalarning yerlarida ularning rejimiga rioya etilishini taʼminlashga zararli taʼsir etadigan faoliyat taqiqlab qoʻyiladi.
Tabiatni muhofaza qilishga moʻljallangan yerlardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilab qoʻyiladi.
