37-modda. Shaharlar va shahar posyolkalaridagi qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlar
Yer toʻgʻrisida (97-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Shaharlar va posyolkalaridagi qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq xoʻjalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining mulki boʻlgan haydaladigan yerlar, bogʻlar, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlar, polizlar, pitomniklar, yaylovlar, sugʻorish va yoʻl tarmogʻi, imoratlar, hovlilar, maydonlar egallab turgan va boshqa yerlar kiradi.
Shaharlar va posyolkalari doirasidagi qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq xoʻjalik hamda oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari uy-joylar, madaniy-maishiy hamda ishlab chiqarish imoratlarini hokimiyatning shahar idoralari yoki posyolka oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari bilan kelishilgan holda joylashtiradilar.
