Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 17-iyuldagi 328-son qarorining 4-bandini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (117-son)
21.04.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari” toʻgʻrisida 1992-yil 17-iyuldagi 328-son qarorining 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 7-son, 19-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel,
117-son
