9-modda. Pochta aloqasi xizmatlari
“Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-211-son) · Sana: 22.04.2009 · Amalda
Pochta aloqasi xizmatlari pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan pochta va kuryerlik xizmatlari tarzida koʻrsatiladi.
Pochta xizmatlari quyidagilardir:
pochta joʻnatmalarini, shu jumladan xalqaro pochta joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish);
pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini, shu jumladan pul mablagʻlarining xalqaro pochta oʻtkazmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish);
pochta joʻnatmalarini, shu jumladan xalqaro pochta joʻnatmalarini tezkor pochta rejimida joʻnatish va yetkazib berish (topshirish).
Kuryerlik xizmatlari kuryerlik joʻnatmalarini, shu jumladan xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berishdir (topshirishdir).
