13-modda. Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishdagi imtiyozlar va afzalliklar
“Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-211-son) · Sana: 22.04.2009 · Amalda
Qonunchilikda foydalanuvchilarning ayrim toifalari uchun pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda imtiyozlar belgilanishi mumkin.
Foydalanuvchilarning ayrim toifalariga pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda belgilangan imtiyozlar berilishi munosabati bilan pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlarining mablagʻlarini kompensatsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilarning ayrim toifalari uchun pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar belgilanishi mumkin. Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalari roʻyxati hamda ushbu xizmatlarni koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
