Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasini tasdiqlash haqida (1944-son)
20.04.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 20-aprelda 1944-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 9-son, 142-modda), “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, 4-5-son, 65-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 30-noyabrdagi 26/5-sonli “Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasini tasdiqlash haqida”gi qarori (2003-yil 27-mart, roʻyxat raqami 1227 — Meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 5-6-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 14-mart,
6/4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 14-martdagi 6/4-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari
REJASI
I. Hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
Mazkur Hisobvaraqlar rejasi Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda), “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 65-modda) qonunlariga muvofiq kredit uyushmalarida amalga oshiriladigan xoʻjalik, kredit, depozit va boshqa operatsiyalarni buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida buxgalteriya hisobi tamoyillari asosida aks ettirish tartibini belgilaydi.
Kredit uyushmalari tomonidan buxgalteriya hisobi, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab, qayta tashkil etilguncha yoki tugatilgunga qadar, uzluksiz ravishda yuritiladi.
Mazkur Hisobvaraqlar rejasiga barcha kredit uyushmalari tomonidan rioya etilishi majburiydir.
Hisobvaraqlar rejasi kredit uyushmalari operatsiyalari hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qoʻllanadigan Bosh buxgalteriya kitobi hisobvaraqlari roʻyxatidan iboratdir.
Kredit uyushmalarining hozirgi vaqtda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan barcha operatsiyalari turi ushbu Hisobvaraqlar rejasiga kiritilgan. Kredit uyushmalari tomonidan Hisobvaraqlar rejasi faqat qonun hujjatlari va Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlari doirasidagi operatsiyalarni aks ettirish uchun foydalanilishi kerak.
Bosh kitobda balans hisobvaraqlarini kodlashtirilish tizimi quyidagi beshta belgidan iborat sxemasi boʻyicha qabul qilingan:
Yordamchi kitobda shaxsiy hisobvaraqlar quyidagi sxema boʻyicha kodlashtiriladi:
Yordamchi kitoblarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, kredit uyushmalari boshqarmalari, shuningdek, operatsiyalarni boshqarish maqsadida kredit uyushmalari menejmenti (boshqarishi) uchun zarur boʻlgan muayyan axborotlar bilan taʼminlovchi qoʻshimcha maʼlumotlar kiritiladi.
Hisobvaraqlar rejasida har bir hisobvaraq uchun u aktiv yoki passiv boʻlishi, aktiv — passiv qoldiqlarga ega boʻlishi mumkin boʻlgan ruxsat etilgan ayrim hisobvaraqlardan tashqari aniq belgilab qoʻyilgan. Aktiv hisobvaraqlarga “Aktivlar”, “Xarajatlar” va “Koʻzda tutilmagan holatlar” boʻlimlaridagi balans hisobvaraqlari, passiv hisobvaraqlarga “Majburiyatlar”, “Kapital” va “Daromadlar” boʻlimlaridagi balans hisobvaraqlari taalluqlidir.
Aktivlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida “Aktivlar” boʻlimiga kontr-aktiv hisobvaraqlari kiritilgan.
“Koʻzda tutilmagan holatlar” boʻlimiga operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv uslubi boʻyicha aks ettirish va amalga oshirilgan operatsiyalarning toʻgʻriligini qoʻshimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr-aktiv hisobvaraqlar kiritilgan.
Baʼzi hisobvaraqlardan tashqari “Aktivlar” likvidlilik, “Majburiyatlar” esa muddatlilik tamoyillariga muvofiq tasniflangan.
Ushbu Hisobvaraqlar rejasida har bir ikkinchi tartibli balans hisobvaragʻi uchun hisobvaraq maqsadi berilgan boʻlib, unda hisobvaraqning debeti va krediti boʻyicha qanday operatsiyalarni aks ettirish hamda tahliliy hisobni yuritish tartibi koʻrsatilgan. Batafsil tahliliy hisob yuritish uchun kredit uyushmalarida shaxsiy hisobvaraqlardan tashqari hisob va reyestrlarning qoʻshimcha jurnali yuritilishi mumkin.
“Daromadlar” va “Xarajatlar” boʻlimlari uchun tahliliy hisob koʻrsatilmagan, chunki ushbu boʻlimlardagi hisobvaraqlar kredit uyushmalari ichki hisobvaraqlari hisoblanib, ularning oʻzlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki talablari va ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan holda ushbu hisobvaraqlarda tahliliy hisobni qanday yuritishni belgilaydilar.
II. Hisobvaraqlar roʻyxati
III. Hisobvaraqlar tavsifi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 216-modda)
