109-modda. Yer ostidan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 24.04.1997 · Amalda
Yuridik va jismoniy mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari shaxslar yer ostidan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisob-kitoblarni soliq organlariga oʻsib boruvchi yakun boʻyicha, soliq toʻlash uchun belgilangan muddatlarda taqdim etadilar.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar yer ostidan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisob-kitoblarni ortib boruvchi yakun bilan soliq organlariga har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etadi.
Yuridik shaxslar yer ostidan foydalanganlik uchun soliqni:
foydali qazilmalar qazib olganlik uchun va texnogen hosilalardan foydalanganlik uchun — har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning yigirmanchi kunigacha;
qolgan hollarda — yilning har choragida, yil choraklari boʻyicha va yillik hisobotlarni topshirish muddatlarida toʻlaydilar.
Jismoniy shaxslar yer ostidan foydalanganlik uchun soliqni bir yilda bir marta, keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay toʻlaydilar.
