Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 24.04.1997 · Amalda
Qonun hujjatlariga muvofiq yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer soligʻi oʻrniga budjetga ijara haqi toʻlaydilar.
Ijara haqi taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi, lekin bu haq qonun hujjatlarida belgilangan yer soligʻining bir stavkasidan kam va uch stavkasidan koʻp boʻlmasligi, yerlardan qishloq xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan taqdirda esa—bir stavkasi miqdorida boʻlishi lozim.
Yagona soliq toʻlovi toʻlaydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan yer uchastkalari uchun budjetga ijara haqi toʻlashdan ozod qilinadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-152637
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 100-modda. Ijaraga berilgan yer uchastkalariga soliq solishning xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-147172/100 (lex.uz/docs/-152637)