6-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-210-son) · Sana: 16.04.2009 · Amalda
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi ommaviy shartnomadir.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi yuz berganda ish beruvchiga va (yoki) jabrlanuvchiga yoxud naf oluvchiga xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga sugʻurta summasi doirasida qoplash majburiyatini oladi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi ish beruvchi bilan sugʻurtalovchi oʻrtasida tuziladi. Mazkur shartnomani tuzish uchun ish beruvchining yozma yoki elektron shakldagi arizasi asos boʻladi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari va uni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilishi lozim boʻlgan shartlarning toʻliq emasligi uchun javobgarlik sugʻurtalovchi zimmasida boʻladi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Agar ish beruvchining faoliyati bir yildan kam boʻlgan muddatga amalga oshiriladigan boʻlsa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi ish beruvchi mazkur faoliyatni amalga oshiradigan muddat uchun tuziladi.
