3-modda. Deputatlikka nomzod koʻrsatgan organning Oliy Majlis deputatini chaqirib olish zarurligi toʻgʻrisidagi qarori
Oʻzbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi toʻgʻrisida (229-I-son) · Sana: 26.04.1996 · Amalda
Ushbu Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, deputatlikka nomzod koʻrsatgan tegishli organ, yaʼni siyosiy partiyaning oliy organi yoki u vakolat bergan organ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari, viloyat, Toshkent shahar Kengashi Oliy Majlis deputatini chaqirib olish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Mazkur qaror bayonnoma bilan yoki bayonnomadan koʻchirma bilan birga Oliy Majlis Kengashiga yuboriladi.
Deputatni chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif asosli boʻlsa, hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida Oliy Majlis Kengashi deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berishni oʻtkazish zarurligi haqida qaror qabul qiladi va uning Oliy Majlisga saylov oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasiga yuboradi.
Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Kengashining qarori olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida deputatni chaqirib olish boʻyicha okrug komissiyasini tuzadi, ovoz berish kunini tayinlaydi va bu haqda Oliy Majlis Kengashiga maʼlum qiladi.
