10-modda. Ovoz berishni oʻtkazish komissiyalari va uchastkalari. Saylovchilarning roʻyxatlari
Oʻzbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi toʻgʻrisida (229-I-son) · Sana: 26.04.1996 · Amalda
Deputatni chaqirib olish boʻyicha ishni tashkil etish tegishli okrug komissiyasi zimmasiga yuklatiladi.
Deputatni chaqirib olish masalasi boʻyicha ovoz berishni tashkil etish va oʻtkazish uchun ovoz berishga kechi bilan yigirma besh kun qolganida ovoz berish uchastkalari tashkil etiladi va kechi bilan yigirma kun qolganida uchastka komissiyalari tuziladi.
Saylovchilarning roʻyxatlari ovoz berish kuniga kechi bilan oʻn kun qolganida hamma tanishishi uchun taqdim qilinadi.
Uchastkalarni hamda komissiyalarni tuzish, komissiyalarning vakolatlari, saylovchilarning roʻyxatlarini tuzish “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Okrug va uchastka komissiyalarining vakolat muddatlari deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berish yakunlari chiqarilganidan keyin tugaydi.
