8-modda. Ushbu Bitim bajarilishi
Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 19.06.2008 · Amalda
1. Ushbu Bitim bajarilishi Tomonlar davlatlarining qonunchiligi va xalqaro majburiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Ushbu Bitimni ijro etish maqsadida idoralararo xalqaro bitimlar tuzilishi mumkin.
3. Ushbu Bitim Tomonlarning boshqa xalqaro majburiyatlarini ijro etishlariga toʻsqinlik qilmaydi.
4. Ushbu Bitimga muvofiq olingan axborot va hujjatlar taqdim etgan Tomon iltimosiga koʻra maxfiy saqlanadi hamda oʻsha Tomon belgilagan maqsadlarda ishlatiladi.
Ushbu Bitim doirasida olingan hujjatlar va axborot uni taqdim etgan Tomonning oldindan yozma roziligisiz uchinchi tomonga taqdim etilmaydi.
5. Ushbu Bitim qoidalarini talqin etish va qoʻllashda yuzaga keladigan bahsli masalalar Tomonlar davlatlarining manfaatdor vakolatli organlari tomonidan xalqaro huquq qoidalariga muvofiq maslahatlashuvlar yoki muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi.
